5
hisoblangan o„zgaruvchi (ko„rsatkich) ikkinchi model uchun endogen hisoblanishi
mumkin.
5
Tarixda ma‟lum bo„lgan birinchi makroiqtisodiy
model mavzuning birinchi
savolida qayd etilgan “ Kene jadvali” hisoblanadi. Bu modelda F.Kene milliy
iqtisodiyot amal qilishini uch sinfning- 5 mlrd. frank qishloq xo„jalik
mahsulotlari
ishlab chiqaruvchi dehqonlar, jami 2 mlrd. frank turadigan
buyumlar yasashadigan
hunarmandlar va 2 mlrd. frank renta olishadigan yer egalarining o„zaro aloqalari
sifatida tasvirlaydi. Kene modeliga ko„ra yer egalari olgan 2 mlrd.
frank yer
rentasining 1 mlrd. frankini qishloq xo„jalik mahsulotlarini sotib olishga, qolgan 1
mlrd. frankini esa hunarmandchilik buyumlarini sotib olishga sarflaydilar.
Hunarmandlar dehqonlarga 1mlrd. franklik
buyumlarini sotadilar va
dehqonlardan o„zlari ega bo„lgan 2 mlrd. frankning 1mlrd frankiga oziq-ovqat
mahsulotlari, qolgan 1 mlrd. frankiga esa ishlab
chiqarish ehtiyojlari uchun
xomashyo sotib oladilar.
1.1-rasm. F. Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli
(keltirilgan raqamlar o„lchami mlrd.frank).
Dehqonlar yer egalariga 1 mlrd. franklik qishloq xo„jalik mahsulotlarini
sotadilar va qolgan 2 mlrd. franklik mahsulotni iste‟mol
va ishlab chiqarish
ehtiyojlari uchun o„zlarida qoldiradilar. Jami olingan 3 mlrd. franklik daromadning 1
mlrd. franki dehqonlar tomonidan hunarmandchilik buyumlari sotib olishga, yana 2
mlrd. franki esa yer rentasi to„lashga sarflanadi. Shunday
qilib makroiqtisodiy
bozorlarning balanslashishi ro„y beradi. Makroiqtisodiy ko„rsatkichlar ekzogen va
endogen o„zgaruvchilarga
guruhlanibgina qolmasdan
Dostları ilə paylaş: