III. Diagnostik vazifa. Ta`lim-tarbiyaviy ish strategiyasi va taktikasini to`gri aniqlash maqsadlarida tarbiyalanuvchilar holati hamda pedagoglik jarayonining holatini aniqlashga yo`llangan.
IV. Tarbiyachining muvofiqlashtiruvchi vazifasi ijtimoiy (bolalar bog`chasi va maktabda – darslaridagi ta`lim-tarbiya, to`garak ishi, va oilaviy tarbiya sistemasida amalga oshiriladigan bolaga pedagogik tahsir ko`rsatishning mazmun hamda yo`nalishini birlashtirish va muvofiqlashtirishga yo`llanadi).
Bu vazifalarning amalga oshirilishi qo`yidagilarni:
1) hamkasblar va oilalar bilan ishga oid aloqalarni o`rnatish, oilada, pedagoglar va o`quvchilar o`rtasida yuzaga kelgan munosabatlarni, ularning bolalarga ko`rsatayotgan ta`sirini tahlil qilishni;
2) ota-onalarga bog`chasi va maktab boshlangan ishni davom ettirishni o`rgatish; ularga ijtimoiy tarbiyaning bolada insoniy xislatlar, g`oyaviy ehtiqodi, mehnatsevarlikni tarbiyalash, uni estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadlarida uning shaxsini shakllantirishga yo`llangan mazmun va metodlarini tushuntirishni;
3) oilaviy tarbiyaning ijobiy tomonlarini ko`rish va tushunish, ulardan bolalar bog`chasi va maktabda foydalanishni;
4) ota-onalarni bolalar bog`chasi va maktab ishida faol qatnashishga undash ko`nikmalarini talab qiladi.
V. Kommunikativ. Bu vazifaning amalga oshirilishi quyidagilarni:
1) hamkasblar bilan ishga oid xayrixox aloqalarini o`rnatishni;
2) bolalar bilan pedagoglik maqsadiga muvofiq munosabatlarni o`rnatish (hujjat, talabchanlik, sabr-bardosh, xayrixoxlik va shu kabilar)ni;
3) hamkasblar va bolalarga nisbatan to`g`ri ohang va muloqot shakllarini qo`llanish, nuqsonlarini bartaraf qilishga yo`llangan qoidalarini inson shaxsini tahqirlamay mantiqiy va xayrixoxlik bilan ayta bilishni;
4) bolalar guruhidagi muloqot va munosabatni tartibga solishni;
5) tashviqotchi, targ`ibotchi bo`lish, ishonch, ishbilarmonlik, g`ayrat vash u singarilar bilan tinglovchilarni ergashtira bilish va boshqa ko`nikmalarni talab qiladi.pedagoglar va tarbiyalanuvchilar o`rtasidagi kommunikatsiya jarayonida alohida qobiliyat-pedagoglik nazokati shakllanadi.