1-Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari Amaliy ish rejasi



Yüklə 338,71 Kb.
səhifə10/25
tarix18.12.2023
ölçüsü338,71 Kb.
#184262
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Pedagikika

DAVLAT VA JAMIYAT

B


3

UZLUKSIZ TA’LIM

V




4

FAN.........





5

ISHLAB CHIQARISH








6- amaliy mashg’ulot.
6-Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
Amaliy mashg`ulot rejasi:
1.Maktabgacha pedagogika fanining asosiy tushunchalari.
2. «Tarbiya» atamasi keng qamrovli tushuncha sifatida
Amaliy mashg`ulotning maqsadi: Talabalarga maktabgacha ta’limda ta`lim kategoriyalarlarini o`rgatish.
Talimning vositalari: tayanch matn, markerlar, ekspert topshiriqlar.
Talimning metodlari: aqliy hujum, blits- so`rov, “Tushunchalar tahlili” texnologiyasi
Kutilayotgan natija: talabalar maktabgacha ta’lim ta`lim kategoriyalarlarini turlarini amaliy topshiriqlar asosida o`rganishadi.

Kichik ma’ruza:
Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Maktabgacha pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim –o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.

Yüklə 338,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin