1-Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari Amaliy ish rejasi



Yüklə 338,71 Kb.
səhifə18/25
tarix18.12.2023
ölçüsü338,71 Kb.
#184262
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Pedagikika

Bolalik yoshi (1-2 yosh) davri bola bir yoshda bo‘lgan davrda dastlabki so‘zlarni ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar, asosan, oila a’zolari go‘dakni to‘g‘ri parvarish qilishni yo‘lga qo‘yishlari lozim.
“Bola tushunmas ekan” deb, unga befarq bo‘lmasliklari, atrof-muhitdagi buyumlarning nomini to‘g‘ri talaffuz qilib, ularning nutqini to‘g‘ri rivojlantirish uchun keng yo‘l ochishlari kerak. Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o‘rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o‘z xoliga tashlab qo‘ymasligi, ya’ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. CHunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani o‘rganadi, kuzatadi va o‘zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o‘rganadi. Bola nimaga o‘rgatilsa, uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlash zarur, ya’ni bola kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi.
Ilk yosh guruh (2-3 yoshli (bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari). Bu davr o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o‘zgalar tomonidan aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib, o‘zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so‘z ta’siriga tez
beriladi. SHuning uchun ham xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim. Ularda kattalarga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o‘zaro muloqotga kirishish ko‘nikmalari shakllana boshlaydi. Ta’lim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko‘nikmalarni rivojlantirishta va ularni malakalarga aylantirishga yo‘naltirilmog‘i lozim.
Kichik guruh (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning og‘irligi 14-15 kg, bo‘yi 90-95 smga etadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o‘z xatti-harakatlarini idora qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo‘lib o‘ynash ko‘nikmalari shakllanadi. O‘yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda ko‘rish-yasash faoliyatining dastlabki ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati kisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o‘yin faoliyati etakchi rol uynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng yo‘l ochadigan ta’limiy mashg‘ulotlar tizimini belgilab berishga yunaltirilgan.

1-topshiriq. “Individ”, “shaxs”, “individuallik” tushunchalatini sharxlang.


Go`daklik va bolalik davrini o`ziga xos xususiyatlarini tavsiflang.




1




Yüklə 338,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin