1-Mavzu: Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari Amaliy ish rejasi



Yüklə 338,71 Kb.
səhifə4/25
tarix18.12.2023
ölçüsü338,71 Kb.
#184262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Pedagikika

Kuzatish metodi. Ma’lum bir pedagogik xodisani biror maqsadni ko‘zlab muntazam ravishda o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonining turli sharoitlarida uning rivojlanishi va o‘zgarishi kuzatib borishdir. Kuzatishdan asosiy maqsad faktlar to‘plash, uning muhim tomonlarini ajratib borishdir. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib boriladi.
Hujjatlarni va bolalarning ishlarini o‘rganish. Bolalar ishlarini o‘rganish ilmiy tadqiqotning asosini tashkil etadi. Tadqiqotchi pedagogik hujjatlarni o‘rganish orqali o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risidagi har xil ma’lumotlarni bilib oladi. Bunga maktabgacha tarbiya muassasalari mudirlari, tarbiyachilarning rejalari va hisobotlari, bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilarning rasmlari, loy va plastilindan yasalgan buyumlar va shu kabilar kiradi.
Suhbat metodi. Suhbat aniqlanishi kerak bo‘lgan masalalarni oydinlashtirish, fakt-dalillar to‘plash yoki kuzatish davomida to‘plagan materiallarga aniqlik kiritish maqsadida oldindan tuzilgan reja asosida o‘tkaziladi. Suhbat yakka tartibda hamda jamoa tarzida olib boriladi. Suhbat bolalar hayotining u yoki bu voqea- hodisalari to‘g‘risidagi qiziqishlari, tasavvurlari, mulohaza va muhokamalarni aniqlab olishga bevosita yordam beradi.
Pedagogik eksperiment va tajriba o‘rganish va umumlashtirish metodi.
Pedagogik eksperiment ta’lim jarayoniga pedagogik yangiliklarni
kiritishdir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti pedagogik eksperimentning asosiy turlari bo‘lib, ular ko‘pgina ishlarni o‘z ichiga oladi. Tabiiy eksperiment sharoitida yangi ish rejalari, dasturlari, darsliklar adabiyotlar va odatdagi ish rejalarini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment — bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning o‘tish sharoitlarini muntazam o‘zgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etiladi.
Tajriba o‘rganish va umumlashtirish metodi. Pedagogik tajriba Pedagogik eksperiment ta’lim jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritishdir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti pedagogik eksperimentning asosiy turlari bo‘lib, ularko‘pgina ishlarni o‘z ichiga oladi.

Tushunchalar tahlili” texnologiyasi







Yüklə 338,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin