VI. Onalik vazifalari (xizmat ko`rsatish va parvarishlash) bolaning ijobiy ko`tarinki holatini ta`minlash, tarbiyachi pedagogga ishonib topshirilgan bolalar hayoti va sog`lig`ini muxofaza qilish, ularning normal jismoniy va psixik rivojlanishlarini ta`minlashda namoyon bo`ladi. Bolalar qanchalik yosh bo`lsalar, bu vazifa tarbiyachi faoliyatida shunchalik kuchli ifodalanadi.
Bu vaziflarning bajarilishi qo`yidagilarni:
1) bolalar hayot faoliyati jarayonlari, uyqu, ovqatlanish, shungdek, yuvinish, kiyinish, gigiyenik muolajalarni ta`minlashni; tashqi ko`rinish, har bir bola kiyimidagi tartibni ta`minlashni;
2) har bir bola uchun psixik qulay vaziyat yaratishni uni tinchitish, zo`riqishning oldini olish, quvonch va qayg`ulariga sherik bo`lish, bola kechinmalarini tushunish, ularga his etgan holda javob qaytarishni;
3) bolang xulq-atvorini oldindan ko`ra bilish, nizolarga ularning sabablarini bartaraf etib, yo`l qo`ymaslik, vaziyatni tezlikda baholash va bir qarorga kelishni;
4)har bir bola boshqalarga xalaqit bermay, o`zi uchun qiziqarli mashg`ulotni tanlab oladigan qulay va tartibli vaziyatni yaratish ko`nikmasini talab qiladi.
1-topshiriq. Jamiyatda murabbiy tarbiyachilarga qo’tilgan talablarni „Klaster“ texnologiyasi asosida yorining.
Murabbiy tarbiyachilarga qo’yilgan talablar
2-topshiriq. Tarbiyachilarning vazifaarini „baliq skleti“ texnologiyasi yordamida yorining.