1-topshiriq. Tarbiyaga doir buyuk adiblar fikrlarini noananaviy usullarda ifodalang.
“Ikki sahifalik kundalik” texnologiyasi asosida yorining
Buyuk adiblar fikrlari
Fikr
Izohlar
2-topshiriq. Ta`lim va tarbiyaning bog`liqligini “VEN diogrammasi” texnologiysi asosida yoriting.
“VEN diogrammasi”
3-topshiriq. Tarbiyaga usullari nomli “klaster” tuzing va “Toifalash jadvali” texnologiysi asosida yoriting.
Tarbiyaga usullari
TOIFALASH JADVALI
TARBIYA USULLARI
9-Mavzu: Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o`rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo`naltirilgan hamkorlik jarayon. Amaliy mshg`ulot reja: 1. Tarbiyaning tarixiy va milliy asoslari.
2. Shaxs kamolotiga ta`sir etuvchi omillar.
3. Bolalarning har tomonlama rivojlanishida faoliyatning ro`li.
Amaliy mashg`ulotning maqsadi: Talabalarga tarbiyaning tarixiy va milliy asoslari, shaxs kamolotiga ta`sir etuvchi omillar, bolalarning har tomonlama rivojlanishida faoliyatning ro`lini o`rgatish
Talimning vositalari: tayanch matn, markerlar, ekspert topshiriqlar.
Talimning metodlari: aqliy hujum, blits- so`rov, qarama-qarshi munosabat metodi
Kutilayotgan natija: talabalar tarbiyaning tarixiy va milliy asoslari, shaxs kamolotiga ta`sir etuvchi omillar, bolalarning har tomonlama rivojlanishida faoliyatning ro`lini amaliy topshiriqlar asosida o`rganishadi.
Bajariladigan ishning mazmuni: Kichik ma’ruza: Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo`lib, u barcha tug`ma va egallagan miqdor va sifat o`zgarishlarini o`z ichigaoladi. Jismoniy rivojlanish bo`yining o`sishi, vazn va muskul kuchining ortishi, sezgi a`zolarining mukammallashishi, harakatlarni to`g`ri boshqara bilish va shunga o`xshashlar bilan bog`liqdir. Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixik sifat va belgilarning shakllanishi, emosional irodaviy, bilish jarayonida muhim o`zgarishlar yuz beradi.Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda, uning xulqida, tevarak-atrofga bo`lgan munosabatida, ayniqsa jamoa ishlarida qatnashishida namoyon bo`ladi.
Kishining rivojlanishi bu miqdor o`zgarishlarigina bo`lib qolmay, bu avvalo kishi organizmi va ruhiyatida tevarak-atrofdagi hayot ta`sirida yuzaga keluvchi sifat o`zgarishlaridir. Tashqi ta`sir ichki jarayon bilan qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi, masalan, bolaning yangi talabi bilan imkoniyati o`rtasida yuzaga kelgan qarama-qarshilik yoki nomutanosiblik uning rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Boladagi mana shunday jismoniy va ruhiy o`zgarishlarning yuz berishida, bolaning rivojlanishi, yani shaxsning shakllanishida biologik va ijtimoiy omil yetakchi rol o`ynaydi. Ma`lumki, har bir kishi faoliyatning biror turiga boshqa turlarga nisbatan ko`proq qobiliyatli bo`ladi. Inson qobiliyat va qiziqishlarini amalga oshirish uchun tevarak-atrofdagi tabiat va kishildar bilan o`zaro ta`sir etishga kirishadi. Uning tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan faol munosabati uning buyumlar bilan bo`ladigan faoliyati orqali amalgaoshiriladi.Kishi o`zining talabini qondirish uchun tevarak-atrofdagi hayot va kishilar bilan o`zaro faol ta`sirga kirishadi. Kishining dunyoga faol munosabati uning buyumlar bilan bo`ladigan faoliyatida namoyon bo`ladi. Ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish munosabatlari va ular asosida yuzaga keluvchi ijtimoiy muhit, kishining faol ma`naviy hayoti uning shaxsi mazmunini belgilaydi.Pedagogika shaxs tarixiy jarayonining obekti va subekti sifatida rivojlanadi deb uqtiradi.