1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə47/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
,,

ISBOTLASH VA UNING TARKIBI.
ISBOTLASH TURLARI
Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo‘llayotgan bilimlarning kay darajada chin bo‘lishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishiga bog‘liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko‘rsatadi, bilishda ko‘p chalkashliklarga olib keladi. SHuning uchun ham bilish jarayonida har bir fikrni to‘g‘ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan ko‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad qila bilish muhim ahamiyatga ega.
Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni hodisaning (faktning) o‘zi bilan solishtirish mumkin. Lekin ko‘p hsshiar- da bilish jarayonida natijalarning chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog‘lash orqali aniklanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlashdir. <
Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog‘langan boshkd chin xukmlar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan man- tiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil toptan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli - demonstratsiya.
Tezis - chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o‘zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat bo‘ladi.
Argumentlar - tezisning chinligani asoslash uchun kelti- rilgan xukmlar. Argumentlar bo‘lib faktlarni qayd qiluvchi xukmiar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar qamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning moxiyatiga aloqador bo‘lishi lozim.
Ta’riflar ham chin xukmlar bo‘lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «Harakat - bu har qanday o‘zgarishdan iborat», degan ta’rif chin xukmdir.
Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zvdan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab kilmaydigan fikrlardir. Inson tajribassda ko‘p martalab takrorlanganligi uchun xam ularni isbotlash zarur emas.
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin.
Isbotlash usuli - demonstratsiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo‘ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifa­tida mantiqan keltirib chiqariladi.
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chin- ligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‘lgan hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «Uzbekistan - mustaqil davlatdir», degan xukm (tezis)ning chinligi «O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etshshshi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlaщsa esa tezisning chinligi unta zvd bo‘lgan hukmning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga kdrab apashgik isbotlash va ayiruvchi isbotlash fark kilinadi. Apagogik isbotlaщsa tezis (a) va antitezis (a) o‘rtasidash munosabatga asoslaniladi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud emas», degan hukmning chinligini asoslash uchun unta zid bo‘l!an «Materiya harakatsiz mavjud», degan xukm olinadi.
Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘nfa bu nati- jalarning xatoligi ko‘rsatilatsi (3-bosqich) va demak, te­zisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud», degan xukm chin bo‘lsa, «Moddiy predmetlar struk- turasiz mavjud», degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) xam chin bo‘ladi. Bizga ma’lumki, moddiy predmet­lar tarkibsiz (uni tashkil kiluvchi elementlar va ularning o‘zaro aloqasisiz) mavjud emas. Demak, «Materiya harakat- siz mavjud», degan fikr xato, shu tariqa «Materiya hara- katsiz mavjud emas», degan fikrning chinlish asoslanadi.
Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi hukmning (kuchli diz’yunksiyaning) bir a’zosi bo‘lib, uning chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Masalan, “Jinoyatni yo A, yo V, yo S shaxslar sodir etgan», degan fikr tekshirshshb, «Jinoyatni V shaxe xam, S shaxe ham sodir etmagan”ligi anikdanadi va shu tariqa «Jinoyatni A shaxe sodir qilgan», degan hukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi - qatiy sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi bo‘yicha qurilg‘an:
a V V s; l s
a
Bunda barcha muqobil variantlar to‘liq olingandagina xulosa chin bo‘ladi, ya’ni tezis isbotlanadi.
Raddiya - isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.
Birorta fikrning chinligani rad etish ayn i paytda unta zvd bo‘lgan fikrning xatolishni ko‘rsatishdan i borat bo‘lganliga uchuy raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb xisoblash mumkiщ Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad kilinishi lo- zim bo‘lgan xukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi xukmlar) va demonstratsiyadan (rad etish usudi) dan tashkil toptan bo‘la- di. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni bahs, munozara jarayonvda uchraydi. Bax,s kdtnashchsharvdan biri ma- lum bir tezisni ilgari surib, uni xdmoya kilsa (proponent), boshkdsi unta kdrshi chikddi (opponent). Hal kdlinmagan, mu- nozarali masalalar bo‘yicha olib boriladigan bahslar pole­mika xdsoblanib, uvda kdrama-kdrshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tankdaiy analiz ham kdlinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:

  1. tezisni rad etish;

  2. argumentlarni rad etish;

  3. demonstratsiyani rad etish.

I. Tezisni rad etish.
Tezisni rad etishning kuyidagi usullari mavjud:

  1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bo‘lib o‘tgan voqealarga, statistik ma’lumotlarga ^soslanib tezis rad etiladi. Masalan, «Sovet davrida Uzbekistan to‘lakonli mustaqil respublika bulgan», degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. O‘sha davrda respublika rahbariyati birorta muhim masalani Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad etamiz.

  2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoli- gini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul «bema’nilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. CHin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu bema’nilik bo‘ladi. «Bema’nilikka olib kelish» usulining formulasi quyidagicha:

(a —> ) —> ((a —» ) —> a)

  1. Tezisni antiteziszsh isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotshn tezisga zid bo‘lgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chikariladi. Masalan, Prezidentimiz IA.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli makolasvda «Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lzan va yovuzliklar kilgai», degaz tezisni shutsday rad egadi: «Inson bir payshing o‘zida xam bunyodkor, xam yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oliy koshonalarni kurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, Kur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo‘lmaydi. Qonxo‘r odam «Kuch - adolatda», deyishi mumkinmi?»1

Darhaqiqat, Sohibkiron Amir Temur xomiyligida, uning ko‘rsatmasiga binoan yaratilgan bog‘lar, kurilgan imoratlar uning bunyodkor shaxe ekanligini yakkol isbotlaydi.
I. Argumentlarni rad etish.
Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan kelti- rilgan arzumentlar tanqid qilizzib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun etarli emasligi anikdaiadi.
Arzumentlarninz xatoligi tezisning xam xato ekan­ligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bo‘lishi xam mumkin:
R -> d, R
EHTIMOL, YA
Arzumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlan- maganligi asoslab beriladi.
SH.Isbotlash usulini taщid qilish orqali rad etish.
Rad etishning bu usulida isbotlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar anizedanadi. Bunda rad etilayotgan tezis chinlizi- ning uzzing asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida yo‘l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab zeilinadi.
Rad etishning yukorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birgalikda, bir-birini to‘ldirgan holda ko‘llaniladi.
I.A. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘k. “Mulokot”, 1998, №5, 8-6.


Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin