1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti


 Argumetlash (dalillash) va ishonch-e’tiqodning shakllanishi



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə50/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59
,,

1. Argumetlash (dalillash) va ishonch-e’tiqodning shakllanishi.
Mantiq ilmida isbotlash va dalillash tushunchalari o’zaro farqlanadi. Dalillash deb, biror fikr, muloxazani yoki muloxazalar tizimini voqelikka bevosita murojaat qilish yo’li bilan (kuzatish, tajriba-eksperiment va xokazo asosida) yoki chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa muloxazalar yordamida asoslab berishga aytiladi. Dalillash bevosita yoki vositali bo’ladi. Bevosita dalillash xissiy bilishga, ya’ni ko’rish, tajriba-eksperiment orqali amalga oshiriladi. Vositali dalillash esa, chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa muloxazalarga asoslanadi va xulosa chiqarish ko’rinishida namoyon bo’ladi. Dalillashning birinchi usuli empirik, ikkinchi usuli nazariy bilimlarga asoslanadi. Nazariy va empirik bilimlarning chegarasi nisbiy bo’lganligi kabi, dalillashning yuqoridagi ikki usulga ajratilishi xam nisbiydir.

Dalillashning xususiy ko’rinishi mantiqiy isbotlashdir. Mantiqiy isbotlash deb, biror fikr, muloxazaning chinligini, chinligi avvaldan tasdiqlangan boshqa muloxazalar orqali asoslashga aytiladi. Isbotlashdan maqsad-biror fikrning chinligini aniqlash bo’lsa, dalillashdan maqsad xam fikrning chinligini aniqlash, uning axamiyatini va muayyan faoliyat uchun qo’llash mumkinligini asoslashdir. Isbotlash jarayonida qo’llaniladigan chin muloxazalar (asoslar) berilgan fikrning chinligini tasdiqlash uchun xizmat qilsa, dalillash, bundan tashqari, dalillanayotgan fikrning boshqa shu kabi fikrlardan afzalroq ekanligini asoslash uchun xam xizmat qiladi. Dalillash uchun keltirilgan argumentlar (asoslar) isbotlash uchun keltirilgan argumentlarga nisbatan rang-barang bo’ladi. Dalillash shakllari bilan isbotlash shakllari bir-biriga aynan mos tushmaydi.


Isbotlash xulosa chiqarish ko’rinishida amalga oshadi. Dalillash ko’proq suxbat (dialog) ko’rinishida bo’lib, uning ishtirokchilaridan xar biri o’z fikrining chinligini isbotlashga, raqibining fikrini rad etishga va tinglovchilarning o’zini xam fikr qilishga, o’z fikrlariga ishontirishga xarakat qiladi.

Dalilillash jarayonida retsipiyentlarga (lot - qabul qiluvchi) – tinglovchilarga biror fikrning to’g’ri yoki xatoligi asoslab beriladi va ularda shu fikrga nisbatan ishonch tuyg’usi shakllantiriladi. Dalillovchi shaxsning so’z san’atini qay darajada egallaganligi, ya’ni notiqlik maxorati tinglovchilarda ishonch-e’tiqodning shakllanishida muxim rol o’ynaydi.


Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo’ladi, kishilarda ishonch-e’tiqodni shakllantiradi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo’lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Dalillash va isbotlash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir.

Ishonch-e’tiqod bu kishilarning xulq-atvori va xatti-xarakatlarini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir.



Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin