1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti


ISBOTLASH VA RAD ETISH QOIDALARI, ULARNI BUZGAVDA KELIB CHIQADIGAN MANTIQIY XATOLAR



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə48/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
,,

ISBOTLASH VA RAD ETISH QOIDALARI, ULARNI BUZGAVDA
KELIB CHIQADIGAN MANTIQIY XATOLAR

Tezisga aloqador qoidalar:

  1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish o‘zining aniq predmetiga ega bo‘lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda ish xisoblanadi.

  2. Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha o‘zgartirilmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, «tezisni al- mashtirish» degan xato kelib chiqadi.

Argumentlarga nisbatan qoidalar:

  1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin Xukmlar bo‘lishi va bir-biriga zid bo‘lmasligi lozim.

  2. Argumentlar tezisni asoslash uchun etarli bo‘lishi kerak.

  3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi is- botlangan xukmlar bo‘lishi lozim.

Isbotlash usulining qoidasi:
1.Tezis arxumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadi- gan xulosa bo‘lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur.
Isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi manti- qiy xatolarga olib kelddi. Bu xatoliklar uch turga bo‘linadi:
1-Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar:

  1. Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida o‘zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi tezisning almashtirilishiga sabab bo‘ladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa tezis bilan almashtiriladi va bunda yangi tezis isbotlanadi yoki rad etiladi. Tezis mazmuni- ning toraytirilishi yoki kengaytirilishi ham bahs jara- yonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, res- publikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy goyaning ahamiyati to‘g‘risidagi tezisni isbotlash davomida umuman jamiyatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot etishga xarakat qilinsa, unda tezisning mazyuni kengayib ketadi va tezis almashinadi.

  2. Insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish. Bahs jarayonida mavzudan chetga chiqib, opponentning shaxsiy, ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb ta’kidlash tezisning almashinishiga sabab bo‘ladi. Bunday xatoga ataylab yo‘l qo‘yiladi. Tinglovchilarning his-tuyg‘ulariga ta’sir qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb kabul kdlinishiga urinish ham tezisni almashtirish xisoblanadi.

  3. Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning almashinishi. Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga undan kuchliroq tezisni isbotlashga harakat qilinadi. Agar A hodisadan V kelib chiqsa, lekin V hodi- sadan A kelio chikmasa, unda A hodisani ifodalovchi tezis V hodisani ifodalovchi tezisdan kuchliroq bo‘ladi. Masa- lan, «A shaxs birinchi bo‘lib janjalni boshlamagan» degai tezis (V) o‘rniga, «A shaxs umuman janjal bo‘lgan erda yo‘q edi» degan tezisni (A) isbotlashga harakat qilinadi. Ikkinchi tezisni isbotlab bo‘lmaydi, chunki A shaxsning janjalda qatnashgashshgini ko‘rgan guvoxdar bor.

II.Argument (asos)larga taallukdi xatolar:

  1. Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato argumentlarga chin deb asoslanish natijasida ataylab yoki bilmasdan mangiqiy xatoga yo‘l ko‘yiladi. Masa- lan, Qadimgi grek faylasufi Fales o‘z ta’limotini hamma narsa suvdan pavdo bo‘lgan, degan fikrga asoslanib yaratgan.

  2. Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbotlanmagan argumentlarga asoslansa, bunday ar- gumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki te­zisning chinligi taxminlanadi, xolos.

  3. «Aylanma isbot etish» deb nomlanuvchi xato. Tezis­ning chishshgi argumentlar orqali, argumentlarning chinligi tezis orqali isbotlansa mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, «So‘zning qudrati fikr bilan o‘lchanadi», degan tezisni «Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi», deb is- botlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo‘l qo‘yiladi.

SH.Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bog‘liq xatolar.

  1. «YOlg‘on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tezisga aloqador bo‘lmagan argumentlarga asoslaniladi. Masalan, «A shaxs yomon odam», degan tezis «Tunda yomon odamlargina ko‘chada yuradi», «A shaxs ko‘chada tunda yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo‘ladi.

  2. SHartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga o‘tish. Muayyan vaqt, munosabat doirasida chin bo‘lgan (shartlan­gan) fikrni, doimiy, o‘zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi.

  3. Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar:

a) deduktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bu hakda deduktiv xulosa chiqarish mavzusida batafsil ma’lumot berilgan;
b) induktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bular «shoshib umumlashtirish» va «undan keyin, demak, shuning uchun», deb ataluvchi xatoliklar- dir. Masalan, bir-ikki talabaning darsga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lishini umumlashtirib, «hamma ta- labalar mas’uliyatsiz», deb ta’kidlash xatodir;
v) analogiyada uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bular «yolg‘on analogiya» bilan bog‘liq xatolardir. Unda tasodifiy belgi zaruriy deb olinishi, faqat birgina o‘xshash belgiga asoslanishi yoki mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydigan xodisalar o‘zaro taqqoslanishi natijasida fikrda chalkashliklar yuzaga keladi.
Mantiqiy xatolar tafakkur qonunlarini buzish, xulosa chiqarish qoidalariga amal qilmaslik natijasida yuzaga ke­ladi. Mantiq tarixida isbotlash jarayonida ataylab (qasd- dan) xatoga yo‘l qo‘yuvchilar - sofistlar deb, ularning tali- moti esa sofizm (grek. - ayyorlik) deb ataladi. Fikr yuri- tish jarayonida bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yilsa, paralogizm deyiladi. CHinligini ham, xatoligini ham bir- day isbotlash mumkin bo‘lgan fikrlar esa paradoks deb ataladi.
Baxe yuritish san’ati (eristika) o‘ziga xos qonun- qoidalarga amal qilishni talab etadi.
Bularga asosan quyidagilar kiradi:

  • zaruriyatsiz bahslashmaslik;

  • mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni o‘zgartirmaslik;

  • bahs mavzusi yuzasidan o‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo‘lmasa, baqsni to‘xtatish;

  • mavzuni yaxshi biladigan, akdli odamlar bilangina bahslashish;

  • bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘zining va muxolifining fikrlaridan xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‘g‘ri bo‘lsa, isbotlashning ham to‘griligini e’tirof etish va h.k.;

  • bir bahs doirasida bahslashish usullarini ara- lashtirib yubormaslik.

Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish tafakkur madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish imkonini beradi.
Mashklar

  1. Quyidagi muhokamalarni argumentlashning tarkibi va turlari nuktai nazaridan taxlil qiling:

1.1 .Jamiyatimiz, mamlakatimiz o‘z oldiga ko‘ygan ezgu mudsao va vazifalarni aniq-ravshan belgilab olmasdan turib millatimizning asriy an’ana va urf-odatlarini, o‘zligimizning asosiy xususiyatlarini mujassam etadigan milliy mafkurani shakllantirish mumkin emas (I.Karimov).

  1. Sokin kabineglardatutladiganbir mafkurani o‘z-o‘zidan xayotga, uning barcha qatlamlariga singib ketadi, deb o‘ylash xom xayoddan boshka narsa emas.

Milliy istiklol mafkurasi xalqimizga xos bo‘lgan eng mukaddas tuyg‘u va tushunchalarning mujassam ifodasi bo‘lishi kerak.
Misol uchun, Vatan tuygusini olaylik. Vatanga muxabbat xissi odamning kapbida tabiiy ravishda tugiladi. YA’ni inson o‘zligini anglagani, nasl- nasabini bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuygusi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtga muxabbat xam shu kadar cheksiz bo‘ladi (I.Karimov).

  1. Hali pgliotsentrizm sharpasi yo‘q zamonda al-Fargoshsh, Er ent kichik yulshuzdan ham kichiqdir, degan fikr bilan maydonga chikdi va unga asos qilib, Er radiusi Osmon radiusidan jutsa ozligini aytdi. (Uzbekisgonda ijptmoiy-fatsafny fikrlar tarixidan lavhalar /Akademik M.M.Xayrullaev tahrsri ostida - T.: “O‘zbekisgon”, 1995, 34-bet).

  1. Quyidagi misollarning qaysi birining bevosita isbotlashga, qaysisining bilvosita isbotlashga oid ekanligani aniqlang:

    1. Barcha kishilar o‘z tabiatiga ko‘ra bilim olishga intiladi. Buning isboti kuyidagicha: odamlar hissiy kabulpash xususiyatiga ega; xiesiyozlarnish foydasi bo‘lish-bo‘lmasligidan qat’i nazar, ularni va ayniksa, xammadan ko‘prok, ko‘rish sezgisini kadrlashadi; chunki ko‘rishni, aytish mumkinki, boshqa sezgilardan afzalroq deb bilamiz; bu xatti-xarakat sodir qilish uchun zarur bo‘lgandagina emas, balki qech narsa qilmoqchi emas paytimizda xam shunday- dir. Bunine sababi shundaki, ko‘rish boshqa sezgilarimizga Karaganda ko‘proq bilishimizga turtki beradi va buyumlardagi ko‘p tafovutlarni aniklaydi (Aristotel. Sochineniya v 4-x t. T.1, M., 1976, s.65).

    2. Avariyaga uchragan samolyotning sababini o‘rganish jarayonida ilgari surilgan versiyalar taxlil kilinib, bir kanchasining xato ekanligi ma’lum bo‘lgach, ikkita versiya qoldi: 1) samolyot texnik jixatdan nosoz; 2) ekipaj xatoga yo‘l ko‘ygan. Keyingi tekshirishlar davomida samolyotning texnik jixatdan soz ekanligi tasdiklandi. SHu asosda, samolyotning avariyaga uchrashiga sabab ekipajning xatoga yo‘l ko‘yganligidir, degan xulosaga kelindi.

    3. Sillogizmning 2-figurasida asoslardan biri inkor xukm bo‘lishi kerak. Bu koidaning chinligi kuyidashcha isbotlanadi: xar ikkala asosni xam tasdik xukm deb faraz kilaylik. U xolla asoslarda predikat o‘rnini egallab turgan o‘rta termin ikkalasida xam to‘liqsiz hajmda bo‘lib kolishi mumkin. Bu esa sillogizm umumiy koidalaridan biriga, ya’ni o‘rta termin xech bo‘lmaganda bir asosda to‘la hajmda bo‘lishi zarur, degan qoidaga zid. Demak, sillogizm 2- figurasi asoslarvdan biri, albatta, inkor xukm bo‘lishi kerak, chunki fakat inkor hukmlardagina predikat doimo to‘la hajmda bo‘ladi.

  2. Quyidagi misollarda bayon kilingan raddiyalarning tarkibi va turlarini aniklang:

3.1 .«Odam bo‘yining kichikligi sababli Erning sharligi sezilmaydi. degan so‘z to‘g‘ri emas. CHunki odam bo‘yi baland tog kadar bo‘lsa xam bir joyda turib,er ustiga qarasa-yu, joydan joyga ko‘chib, erdagi bor turli xolatlarni bir- biriga ssshishtirib qaray olmasa, unday uzun bo‘y erning sharligini bilishga ham, uning chegarasini anikdashga xam fonda keltirmaydi» (Abu Rayhon Beruniy asarlaridan olingan o‘ylar va xikmatlar. Aziz Kayumov. Abu Rayhon Beruniy. Abu Ali ibn Sino. T., 1987, 233-bet).
3.2Demokritning, atomlar sifatga eta emas va ularga eta bo‘la olmaydi, degan fikrining rad etilishi: «Issiqlik kayokdan paydo bo‘lgan va u atomlarga kznday o‘tgan: axir atomlar dastlab issiqlikka eta bo‘lmagan va bir-biri bilan o‘zaro to‘qnashib turganda ham issiqlikni keltirib chikarmagan. Haqikatan ham ular avval-boshdanoq issiq bo‘lganlarida sifatga ega bo‘lur edi; agar issiqlikka ega bo‘lib qolganday bo‘lsa, bu ularning o‘z tabiatiga ko‘ra birorta kuch ta’siri ostida bo‘lishi mumkinligini bidsiradi. Pekin siz o‘zingiz, atomlarga. ular bo‘linmas bo‘lganligi uchun har ikkala xususiyat xos emas, deb aytyapsiz». (Svide­telstvo Plutarxa. Fragment 216 // Lure S YA. Demokrit. Tekstы. Pereyud. Issledovaniya. L., 1970, s.256-257).

  1. «Kommuniste jamiyat va davlat tagal(ggarlikka davo qiladi. Bu asosiy xatodir. Faqat ilohiy alamgina totalitar bo‘lishi mumkin, inson alami doimo juz’iydir. Kommunizm goyasida inson olami ilohiy alamga aylanib kolgan» (Berdyaev N.A, Istoki i smыsl russkogo kommunizma. M., 1990, s. 125).

  1. Kuyidagi isbotlash va rad etish hollarida qanday xatolarga yo‘l ko‘yilganligini ko‘rsating:

    1. Tafakkur tabiatdan farkli o‘laroq ob’ektiv qonuniyatlar asosida rivojlanmaydi, chunki u turli xil xohish-irodaga ega va shundan kelib chikib faoliyat yuritadigan insonga xos xususiyatdir.

    2. Bu kishi, shubxasiz, ichuvchidir: burniga qarang, qip-qizil.

    3. XU1 aerda Luven universiteti professori Fruadmon Kopernikka karshi chikadi. «Er, uning fikricha, planeta bo‘la olmaydi, Kuyosh atrofida aylanishi mumkin emas, chunki Erning markazida do‘zax joylashgan bo‘lib, u osmondan iloji boricha uzoqrokda turishi kerak. Demak, Er samoviy fazo markazida bo‘lishi kerak» (Kumpan F.Istoriya chisla A. M., 1971, s.37).

    4. «Antisfenning ta’kidlashicha, sotom fikr yurnta olish darajasiga etgan kishi, boshknlar izidan borib, to‘g‘ri yo‘ldan chiqib ketmasligi uchun mavjud so‘z boyligini o‘rganishi kerak emas» (Diogen Laertskiy. O jizni ucheniyax i izrecheniyax znamenitыx filosofov. M., 1986, s.246).

    5. O‘zi odamlarni uzok vaqt tarbiyalash shakli bo‘lar ekan, davlat, so‘zsiz, yoshlar tarbiyasi to‘grisida qayg‘uradi. CHunki mazkur tarbiya vositasida kelajakda unga tayanch bo‘la oladigan kishilar shakllanadi (KLspers. Smыsl i naznachenie istorii. M., 1991, s.354).

  2. Kuyidagi sofizmlarni mantikiy taxlil kiling:

    1. Bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi. Tushib borayotganingizda daryodagi suv o‘zgaradi, demak, daryo o‘zgaradi, yani u avvalgi daryo bo‘lmay koladi.

    2. O‘tirgan kishi o‘rnidan turdi. U endi turgan kishi bo‘lib koldi. Demak, o‘tirish xam, turish ham - bir narsa.

5.3.CHavandoz otdan tushishi mumkin emas. CHunki otdan tushgan kishi chavavdoz bo‘lmay qaladi. Demak, otdan tushgan kishi chavavdoz emas, balki piyodadir.5.4. Men kimnishdir portretnыy ko‘rdim. Uvda kimningair gidsirakni kashf kllganligi tasvirlangan. Demak, men tiddirak ixtirochisining portretnыy ko‘rdim.

  1. Quyidagi mantikiy paradokslarni taxlil kiling:

    1. «Aldokchi» paradoksi. Aldoqchi, «hozir men bildiradigan muloqaza xato», desa, bir vaqtda u xam aldayotgan, xam rostini gapirayotgan bo‘ladi. Xaqiqatan xam, u rostini gapirayotgan bo‘lsa, bildirilgan mulohaza xato bo‘la- di; agar aldayotgan bo‘lsa, bildirilayotgan mulohazaning xatoligi xakidagi fikr xato bo‘ladi, ya’ni u muloxaza chin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz: xadimda «aldoqchi» paradoksi fikrning ikki xil ma’noga ega bo‘lishiga misol sifatida olib qaralgan. O‘rga asrlarda esa «hal qilib bo‘lmaydigan gaplar» qatoriga qo‘shilgan. Hozirgi paytda u «mantiqiy paradokslarning shoxi» deb sanaladi. Mazkur paradoksni echishning o‘nlab variantlari taklif kilingan, lekin xozirgacha uning negizida qanday muammolar yashirinib yotganligi sir bo‘lib kolmokda.
6.2.Eramizgacha V asrda yashab, ijod kdpgan tanikdi mutafakkir-sofist Protogor Evatl ismli shogirdiga xukuk asoslarini o‘rgatadi. Ular o‘rtasida quyvdagicha kelishuv bo‘lgan: Evatl ustoziga uning saboq berganligi uchun haqni birinchi sud jarayonini yutib chikkan holdagina to‘laydi. Lekin o‘kishini tutatgandan keyin Evatl sud jarayonlarida qatnashgani yo‘q. Bu xol uzok vaxt davom etgach. ustozning toqati tok bo‘lib, o‘z shogirdini sudga beradi. Bunda u: agar yutib chiksam, mexnat xakimni sud kdrori bo‘yicha olaman; agar shogirdim yutsa, unda o‘zaro kelishuvimizga muvofik Evatl o‘zining birinchi yutib chikkan sud jarayoni bo‘lgani uchun to‘lashga majbur, deb o‘ylaydi.
O‘ta kobiliyatli bo‘lgan Evatl ustoziga kuyidagicha javob beradi: xaki katan ham men sud jarayonini yo yutaman, yo (otkazaman. Agar yutsam, sud karori meni to‘lovdan ozod kiladi; agar yutkdzsam, o‘zaro kelishuvimizga binoan to‘lamayman.
Ishning bunday tue olganligidan boshi kotib, Protagor o‘zining Evatl bilan bo‘lgan baxeiga «To‘lovga oid kiyinchilik» asarini bagishlaydi va unda mazkur muammoning maxsus tadkik kilinishga loyik ekanligini aloxdda ta’kidlaydi. (Misollar «A.A.Ivin. Iskusstvo pravilno mыslit. M., 1990»dan olingan. 193 -196-betlar).

  1. Kuyidagi muxokamalarda mantikiy paradokslarning bor-yo‘kdigini anikdang. Agar paradoks mavjud, deb xisoblasangiz, uning kelib chikish sababini topishga xarakat kiling.

    1. Qadimgi grek faylasufi Sokrat, «Men xech narsani bilmas ekanligimni bilaman», deb aytgan. Bu fikrda ichki ziddiyat yo‘qmi? Axir «xech narsani bilmas ekanligi»ni anglash ham bilishdan iborat emasmi?

    2. «Isbotlashning yo‘q ekashshgi isbotlandi», degan muloxazada ichki ziddiyat borta o‘xshaydi: bir tomondan unda isbotlashning yo‘k ekanligi ta’kidlanadi, ikkinchi tomondan esa, bu fikrning isbotlanganligi ma’lum kilinadi va bu bilan isbotlashning mavjudligi tan olinadi.

Kddimgi dunyoning tanikdi skeptiklaridan biri Sekst Empirik uning quyidagicha echimini taklif kiladi: «Bundan boshkd isbotning mavjud emasligi isbotlangan». Bu echim to‘g‘rimi? Axir uvda bitta isbotning borligi aytilgan?! Fakat bir marta ko‘llanishi mumkin bo‘lgan isbotni kanday tasavvur kichish mumkin? (Misollar AA.Ivinning yuqorida ko‘rsatilgan kigobidzn aligshi. 200-201-beglar).

  1. Quyidagi bahsni mantikiy taxlil kiling. «Maxmud G‘aznaviy Xorazmni egallagan (1017) yil. Beruniy va uning xamkasbi olim Abdusamad Avvalni podshoh o‘z huzuriga da’vat qilayotganini xabar kildilar.

Podshoh Maxmud G‘aznaviy Beruniyning salomiga javoban bir bosh irg‘itgan bo‘ldi-da, Abdusamadni surok kilishda davom etdi:

  • Musulmon dinining ashaddiy dushmanlari kofir karmatiylarni maktab, ularning xudo yo‘liga zid, shariatga xilof e’tiqodini targib etuvchi kitobni sen yozganmisen?

  • Men, taqsir. Ammo karmatiylarning e’tikodi bu kitobda targab etilgan emas, faqat bayon etilgan, - deb javob kildi Abdusamad. Uning ovozida parishoshshk va xavotir sezilib turar edi.

  • Islomga ixtilofli e’tikodni bayon etmok, uni targib etmok demakdir.

  • Podshox xazratlari, ilmlarni o‘rganmoq har bir musulmon va musulmon ayolning vazifasidir, deganlar Rasulillox, - odob va yovvoshlik bilan javob kildi Abdusamad. - O‘zga e’tiqodlarni o‘rganmoq va taxlil etmoq shariatga xilof bo‘lmas, bu ish ilm uchun darkordir.

  • Qatl etilsin bu kofir! - deb buyurdi shoh.

Podshox Beruniyga yuzlandi va undan so‘radi:

  • Karmatiylar to‘g‘risidagi kitobga sizning ham alokang‘iz bo‘lganmi?

  • Bo‘lgan, podshoxim. Men bu kitobning mualliflaridan birimen.

  • Kofir karmatiylarning islom dinig‘a dushmanlikdan iborat e’tiqodin ne vajdan targib etadursiz?

  • Xdr bir xalq va jamoa o‘z e’tikodiga eta bo‘lish xukukiga malik. Olimning vazifasi ularni chukur o‘rganmoq, xakikat kay birja ko‘prok oid ekanini anikda- mokdir. Bu vazifaning ijrosi bilan e’tikod targibi orasida fark kattadir.

  • Sizning bunday kajbaxsligingiz boshingiz kesilishiga bois bo‘lur, buni anglab etasizmi?

  • Takdir bizga shunday qismatni nasib etgan bo‘lsa, unga rizo bo‘lmay ne choramiz bor.

Vazir turgan joyida yana bir bor seskanib tuщdi». (Aziz Qayumov. Abu Rayhon Beruniy. Abu Ali ibn Sino. T., 1987, 53-54 - betlar).

Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin