Mashklar Kuyssagi mulohazani taxdil kdpib, muammoning mohiyati, shakllanishi va echilish usulini tushuntirib bering:
«Bir masalami men o‘ta muhim deb hisoblayman. Totalitarizmning u yoki bu shaklining mavjud bo‘lishi mukdrrar, degan fikrni biz tez-tez eshitib turamiz. O‘z akdi va bilimi tufayli o‘zlarining aytganlariga javob berishi kerak bo‘lganlarning ko‘nchilshi totatitarizmdan kutulib bo‘lmaydi, deb takvdlaydilar. Ular bizdan kuyidagilarni so‘rashadi: nahotki, biz demokratiya abadiy bo‘lishi mumkin deb hisobpaydigan sodda odamlarmiz; nahotki, uning davlat tuzidishining o‘tkinchi shakllaridan biri ekashshgini tushunmaymiz? Ular, demokratiya totalitarizmga karshi kuraщda uning metodparidan foydalanishga majbur va buning oqibatida totaligarizmga aylanib qsshadi, deb aytadilar. Boshkd qallarda ular, bizning industrial tizimimiz bundan buyog‘iga ijtimoiy rejalashtirishsiz mavjud bo‘la olmaydi, deb ta’kidlaydilar va bunda ijtimoiy-ikgisodiy tizim zaruriy tarzda ijtimoiy turmushni tashkil etishning totalitar shakllarini qo‘llashni taqozo etadi, degan xulosa chiqaradilar.
Bunday argumentlar to‘g‘riga o‘xshab ko‘rinishi mumkin. Lekin bunday masalalarni hal etishda ehtimollik (to‘g‘riga o‘xshab ko‘rinish) ishonchli maslahatchi bo‘la olmaydi. Haqikatda esa, bunday juziy masalalarni muhokama qilishga, qandaydir bir ijtimoiy fan bunday payg‘ambarona uzil-kesil bashorat kilishi mumkinmi, degan metodologik savolga javob bermasdan turib, kirishib bo‘lmaydi. Kelajak odamzod uchun nima tayyorlab qo‘yibdi, degan savolga mas’uliyatsizlarcha bildirilgan g‘ayritabiiy so‘zlardan boshqa yana nimalarni ham eshitishimiz mumkin, axir?!
Mana, ijtimoiy fanlarning metodi muammosi qaerda paydo bo‘ladi! U qandaydir tarixiy bashoratni asoslash uchun keltirgan juz’iy faktlarni tanqid qilishga qaraganda fundamentliroq bo‘lgan masaladir». (K.Popper. Otkrыtoe obщestvo i ego vragi. M., 1992, s.31-32).
Quyidagi matnni mantikiy taxdil kilish asosida gipotezaning mohiyatini tushuntirib bering:
«Atomning planetar tuzilishi to‘g‘risidagi faraz uning asosida qator faktlarni, xususan, Mevdeleevning kimyoviy alementlar davriy jadvalini tushuntirish mumkin bo‘lgandan keyingina oddiy tusmoldan gipotezaga aylandi. Ungacha mazkur jadval kimyoning empirik qonuni bo‘lib sanalar edi. Mendeleev kimyoviy alementlarni ularning atom ogirligining ortib borishi qamda fizika xossalarining o‘zgarishi asosida joylashtirdi. Atomning alanetar modeyaining yaratilishi kimyoviy elemeshlarning jadvadda joylashishiga fizik mano berishga va talqi! I kilishga olib kelsi. Kimyoviy elementning jadvaldagi targib rakamini uning yadrosidagi musbat zaryadlari soniga teng ekanligi ma’lum bo‘ldi» (YU.V.Ivdev. Logika. M., 1998, s.241).
Quyidagi matnda ilmiy nazariyaning qaysi turi tarkibining shakllanishi va rivojlanishi haqida fikr bildirilayotganligini toping va uni sharxdab bering:
«Fizika tafakkurning taraqqiy etib boruvchi sistemasidan iborat bo‘lib, uning negizi o‘tkazilgan tajribalar natijalarini induksiya metodlari yordamida umumlashtirish yo‘li bilan emas, balki erkin fikrlash asosida yaratiladi. Tizimning chinligini asoslash mavjud aksiomalardan kelib chiqadigan teoremalarning hissiy tajribada ko‘llanilishiga tayanadi; bunda teorema va tajribaning o‘zaro munosabatini faqat intuitiv tarzda tushunish mumkin. Mazkur tizimning evolyusiyasi uning mantikiy asoslari soddaligining tobora ortib borishi yo‘nalishida kechadi. Maqsadga yaqinlashish uchun biz mantiqiy asosning tajriba ko‘rsatmalaridan borgan sari uzoklashayotganini, asoslar bilan ulardan keltirilib chikariladigan hamda xissiy tajribalar bilan doimo solishtirib turiladigan teoremalar orasidagi fikr yo‘lining uzayib va kiyinlashib borishini tan olishimiz kerak» (A.Eynshteyn. Fizika i realnost. M., 1965, s.59).
Muammoli vaziyat nima?
Muammoning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Muammoni to‘gri qo‘yish va hal etishning qanday shartlari mavjud?
Gipotezaning mohiyati nimada va uning qanday turlari mavjud?
Nazariyaning tarkibi kanday?
Nazariya bilish jarayonida qanday vazifalarni bajaradi?