1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə57/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
,,

NAZARIYA
«Nazariya» termini keng ma’noda aqliy bilish, tafakkurni anglatadi, uni amaliyotdan farq qiluvchi faoliyat turi sifatida ifodalaydi. Tor ma’noda esa nazariya ma’lum bir sohaga oid tasavvurlar, tushunchalar, g‘oyalar, gi­potezalarni tizimga soladigan, predmetni yaxlit tarzda anglashga imkon beradigan bilim shaklini bildiradi.
Nazariyaning bunday talqini ilmiy bilishda empirik va nazariy bosqichlarning farq qilinishi bilan bog‘liq.
Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganila- di, tizimga solinib, turli xil jadvallar, shakllar, grafiklar tuziladi; muayyan bir umumlashmalar, xususan, empi­rik tushunchalar, farazlar, empirik qonunlar shakllanadi. Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida hosil qilingan, lekin bir-biri bilan bo‘lgan aloqasi hali anikdanmagan bilimlar o‘rtasida munosa- batlarni o‘rnatish, ularni umumlashtirish, shu asosda yangi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, il­miy bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq.
Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqa- dorlik mavjud. Xususan, nazariyani yaratish empirik bi­lish jarayonida hosil qilingan predmetning ayrim tomonlari, xususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalar, konunlar, farazlar o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatishga, pred­met haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga, uning mohiyati- ni tushuntirishga bo‘lgan ehtiyoj bilan belgilanadi.
Nazariya ma’lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur xosil qiladigan, yangi fuvdamental umum- lashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisa- larni tushuntirish, oldindan ko‘rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat.
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni hosil kilish va ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar).
Ilmiy nazariya oxir-oqibatda real tizimni, ob’ektni aks etgiradi, uning tabiatini tushuntiradi va shu ma’noda o‘zshshng empirik asosiga ega. Lekin empirik asosining mavjudligi nazariyaning barcha tushunchalari ifoda etadigan predmet va belshlarning qissiy idrok qilshshshi yoki nazariyaning barcha hollarda mavjud hodisalargsh, ularning real xususiyatlari va muiosabatlarini aks ettirishini anglatmaydi.
Nazariyada borliq, asosan, modellar yordamida ideal- lashgan holda in’ikos qilinadi. Ideallashtirish jarayonida mavjud ob’ektlar haqidagi empirik bilimga tayangan holda, haqiqatda mavjud bo‘lmagan va ba’zan mavjud bo‘lishi mumkin ham bo‘lmagan, lekin real mavjud predmetlarga ma’lum bir munosabatda o‘xshash ob’ektlar haqidagi tushunchalar hosil qilinadi. Masalan, mexanika echimini qidiradigan ko‘p masalalarda jismning shakli va o‘lchamlari (eni, bo‘yi, hajmi va shu kabilar) unchalik muhim ahamiyatga ega emas. Ayni bir paytda massa muhim ahamiyatga ega va shuning uchun ham massasi bir nuqtaga jamlangan xayoliy jism - moddiy nuqta hosil qilinadi.
Barcha real mavjud jismlar shaklga va o‘lchamlarga ega, moddiy nuqta esa vdeal ob’ekt bo‘lib, ba’zi masalalarni echishda real jismlarning o‘rnini bosadi, ularning naza- riy bilishdagi ekvivalenti bo‘lib xizmat qiladi. Fizi- kadagi mutlaq qattiq jism, geometriyadagi nuqta, tekislik, to‘g‘ri chiziq va boshqa fanlardagi shu kabi ko‘p tushunchalar ideal ob’ektlarni ifoda qiladilar.
Ideal ob’ektlar yordamida predmetning hissiy idrok etil- maydigan muxsm xususiyatlari, munosabatlari o‘rganiladi. Ularsiz nazariy bilish o‘z oddiga ko‘yadigan maqsadish erisha olmaydi. Nazariy bilishning zaruriy vositasi bo‘lganligi uchun ularni ba’zan nazariy ob’ektlar deb ham atashadi.
Nazariya ideal xarakterga ega bo‘lgan tushunchalar, mu- lohazalar tizimidan - konseptual tizimdan iborat bo‘lib, u real ob’ektning nazariy modelini ifoda qiladi. Ma- salan, mexanikadagi boshqa tizimlar ta’siridan ajratib qo‘yilib, yopiq tizim tarzida fikr qilinadigan mexanik tizim tushunchasi real ob’ektning nazariy modeli hisob- lanadi. Uning yordamida real mavjud bo‘lgan mexanik tizimning harakat qonunlari o‘rganiladi.
Nazariy modelning ideal xususiyatga ega bo‘lgan ob’ektlari, ularni aks ettiruvchi tushunchalar o‘rtasidagi alo- qadorlik nazariyaning fundamental qonunlari, prinsip- larida o‘z ifodasini topadi.
Mazkur qonunlar, prinsiplar boshlang‘ich tushunchalar va mulohazalar bilan birgalikda nazariyaning konseptual o‘zagini tashkil etadi. Masalan, klassik mexanikaning negizini harakatning uchta qonuni hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan fazo, massa, vaqt, kuch, tezlik, tezlanish tushuncha- lari tashkil etadi. Klassik termodinamikaning asosini esa uning uchta muhim qonuni hosil qiladi. Matematik nazariyalarning konseptual o‘zagi ularning asosiy tushunchalari va aksiomalarida o‘z ifodasini topgan.
Har bir nazariya o‘zining tushunchalarini hosil qilish, ta’riflash qoidalariga ega. Bunga misol qilib formal- lashgan tilni yaratish qoidalari (3-mavzuga qarang), mulohazalar mantig‘ini natural xulosa chiqarish tizimi sifatida qurish qoidalarini (7-mavzuga qarang) ko‘rsatish mumkin. Xuddi shuningdek, har qanday nazariya xulosalar tarzidagi o‘z natijalariga ega.
Demak, ilmiy nazariyaning tarkibida uning har bir elementa o‘z o‘rniga ega.Ilmiy nazariya bilishda bir qancha muhim vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, nazariyada birorta sohaga oid barcha bilimlar yaxlit bir tizimga birlashtiriladi. Bunday tizimda, odatda, bilimlarning katga qismini nazariyaning nisbatan kamroq bo‘lgan boshlang‘ich tushunchalaridan keltirib chiqarishga harakat qilishadi. Ular matematikada aksioma- lar, tabiatshunoslikda gipotezalar, deb yuritiladi. Bundai ko‘zlaigai asosiy maqsad - qayd etilgan faktlarni ayrim boshlang‘ich prinsiplar, ginotezalarning natijasi sifatida talqin etish. Nazariy tizimda har bir fakt, har bir tushuncha, har bir qonun yoki faraz boshqalarsha nisbatan o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, ana shundan kelib chiqib, talqin qilinishi (yoki qayta talqin qilinishi) zarur. Talqin etish jarayonida mavjuts nazariyalar haadda yangidan qurilayottan nazariyaning element- lariga murojaat qilinadi. Bu esa, bir tomondan, mavjud faktlarning tabiatini to‘g‘ri tushunishga yordam bersa, ik- kinchi tomondan, bevosita eshshrik usul yordamida kdyd etib bo‘lmaydigan yangi faktlarni tonishga imkon beradi.
Ikkinchidan, nazariyani qurish berilgan sohaga oid bilimlarni aniklashtirish, keshaytirish va chuqurlashtirishga yordam beradi. Buning sababi shundaki, nazariyaning bosh- lang‘ich asoslari - aksiomalar, postulatlar, qonunlar, prin- sigshar, shpotezalar nazariyadagi boshqa ilmyy bilimlarga nisbatan mantiqan kuchliroq hisoblanadi. Ana shuning uchun ham nazariyani kurish mavjud bilimlarni tartibga solish- dan, ya’ni koordinatsiya qilishdangina iborat bo‘lib qolmaydi. Bunda mantiqan kuchli bilimlardan maptiqan kuchsiz bilimlar keltirib chiqariladi, ya’ni subordinatsiya qilinadi. U esa mazmunan chuqurroq bo‘lgan tushunchalar, qonunlar, prinsiplarga murojaat qilishga, ular yordamida mavjud tushunchalarni talqin etishga, yangi fundamental umumlashmalar hosil qilishga olib keladi. Masalan, Nyuton­nish harakatning uchta qonuni hamda butun olam tortishish qonuniga tayanadigan klassik mexanikasi Galileyning jismlarning erkin tushishi qonuni va Keplarning planetalar harakati qonunini tushuntirish va aniqlashtirish imkonini berdi. Xususan, Galiley qonunining jismnish gravitatsiya kuchi ta’sirida harakat qilishining juz’iy holini ifoda etishi ma’lum bo‘ldi. Gravitatsiya ta’siridan tashqari- da, ya’ni Er radiusi uzunligidan ortiq bo‘lgan masofada Galiley kashf etgan qonun amal qilmaydi. Xuddi shuningdek, Keplerning Kuyosh sistemassda harakat qiluvchi planetaning alliptik orbita bo‘yicha harakat qilishi qonunining boshkd planetalarning tasirini hisobga olmaslish va ana shuning uchun ham unchalik aniq emasligi malum bo‘ldi.
Uchinchidan, nazariya o‘rganilayotgan hodisani ilmiy asosda tushuntira oladi. To‘g‘ri, birorta hodisani tushuntirish uchun, odatda, uni tavsiflaydigan qonunga murojaat qili- shadi. Lekin shuni yoddan chiqarmaslik zarurki, fanda qonunlar o‘z holicha emas, balki ma’lum bir nazariya tarkibida mavjud bo‘ladi. Bunda empirik qonunlar ma’lum bir naza- riy qonunlardan keltirib chiqariladi. Hatgo aloxdda olingan nazariy qonun ham hodisani tushuntirish uchun etarli bo‘lmasligi mumkin. Ilmiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, hodisaning mohiyatini tushuntirish uchun nazariyaning barcha goyalari yig‘indisi, qonunlar jalb etiladi.
Nazariyaning ilmiy bilishdagi aloxdda ahamiyati yana uning yangi, ilgari kuzatilmagan hodisalarning mavjudligini oldindan ko‘rish imkonini berishidadir. Masalan, Maksvellning elektromagnit nazariyasi radio to‘lqinlarining mavjudligini oldindan aytib bergan. Bu to‘lqin- larni aicha vaqt o‘tgandan keyin G.Gers eksperimental yo‘l bilan qayd etgan. Xuddi shuningdek, Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi gravitatsiya maydonida yorug‘lik nurining og‘ishini bashorat qilgan.
To‘rtinchidan, ilmiy nazariya o‘zida o‘rganilayotgan pred­met sohasiga oid barcha bilimlar o‘rgasida mantiqiy alo- qalarni o‘rnatgani, yaxlit bir tizimda mujassamlantirgani va umumlashtirgani uchun uning ob’ektiv hakiqatlik darajasi va demak, ishonchliligi ortadi.
Beshinchidan, nazariya muammoni qo‘yish, gipotezalarni yaratish, qonunlarni shakllantirish, goyalarni ilgari surish va asoslashdan iborat bilishning uzoq va mashaqkatli yo‘li- ni bosib o‘tishning natijasi bo‘lganligi uchun u bilisht xos qonunlarni anikdash, ularni o‘rganish imkonini beradi.
Nazariyani qurish murakkab jarayon bo‘lib, ko‘p hollarda bir qancha olimlarning hamkorlik qilishini taqozo etadi.
Dastlabki bosqichda nazariyaning predmet sohasi va tad- qiqot yo‘nalishi anikdanadi. Amaliy hayotimiz ehgiyojlari, u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tadqiqog maqsadi va vazifalari bunda muxsm axdmiyat kasb etadi. SHuningdek, predmet sohasi va tadqiqot aspektini anikdashda berilgan sohaga oid bilimlarning ko‘lami, chukurligi katta rol o‘ynaydi.
Nazariyani qurishning keyingi zaruriy bosqichi boshlang‘ich asosni aniqlashdir. U o‘rganilayotgan sohaga oid eng asosiy tushunchalar, aksiomalar, gipotezalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Nazariyaning boshka barcha tushunchalari, gipotezalari va qonunlari ana shu boshlang‘ich asosdan deduktiv yo‘l bilan keltirib chiqariladi. Bunda, albatta, nazariyaning barcha tushunchalari - asosiylari va keltipio chiqariladiganlari, yangidan hosil qilinadiganlari muhim g‘oya (yoki g‘oyalar tizimi) negizida birlashtprilishi kerak.
Tabiiyki, nazariya ma’lum oir metod yordamida, yani me­todologiya: prinsiplar, usullarni qo‘llash asosida kuriladi.
Qurilgan nazariya bilishning keyingi bosqichlarida anikdashtiriladi, yangi faktik materiallar asosida maz- munan boyitiladi, qayta talqin qilinadi.



Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin