1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə52/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
,,

3. Raddiya, rad etish usullari. Raddiya-isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.
Birorta fikrning chinligini rad etish unga zid bo’lgan fikrning xatoligini ko’rsatishdan iborat bo’lganligi uchun, raddiyani isbotlashning xususiy ko’rinishi, deb xisoblash mumkin. Raddiya xam isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bo’lgan xukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi xukmlar) va demonstratsiyadan (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo’ladi. Raddiya birorta masalani muxokama qilish ya’ni baxs, munozara jarayonida uchraydi. Baxs qatnashchilaridan biri ma’lum bir tezisni ilgari surib, uni ximoya qilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). xal qilinmagan, munozarali masalalar bo’yicha olib boriladigan baxslar polemika xisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz xam qilinadi.

Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:



  1. tezisni rad etish;

  2. argumentlarni rad etish;

  3. demonstratsiyani rad etish.

  1. Tezisni rad etish

Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud:



  1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bo’lib o’tgan voqealarga, statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan: «Sovet davrida O’zbekiston mustaqil respublika bo’lgan» degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto’g’ri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. O’sha davrda Respublika raxbariyati birorta muxim masalani Moskvaning ruxsatsiz xal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad etamiz.

  2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko’rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul «bema’nilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning xaqiqatga zid, noto’g’ri ekanligi isbotlanadi. Chin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks xolda bu bema’nilik bo’ladi. «Bema’nilikka olib kelish» usulining formulasi quyidagicha:



  1. Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bo’lgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chiqariladi. Masalan, Prezidentimiz I.A. Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» nomli maqolasida «Amir Temur buyuk sarkarda bo’lgan va yozuvliklar qilgan» degan tezisni shunday rad etadi: «Inson bir paytning o’zida xam bunyodkor, xam yovuz bo’lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu-masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo’lmaydi. qonxo’r odam «Kuch-adolatda» deyishi mumkinmi?»

Darxaqiqat, Soxibqiron Amir Temur xomiyligida, uning ko’rsatmasiga binoan yaratilgan bog’lar, qurilgan imoratlar uning bunyodkor shaxs ekanligini yaqqol isbotlaydi.


  1. Argumentlarni rad etish.


Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun yetarli emasligi aniqlanadi.


Argumentlarning xatoligi tezisning xam xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bo’lishi xam mumkin:

Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi.



  1. Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish.


Rad etishning bu usulida isbotlashda yo’l qo’yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezis chinligining, uning asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida yo’l qo’yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi.


Rad etishning yuqorida ko’rsatilgan usullari ko’pincha birgalikda, bir-birini to’ldirgan xolda qo’llaniladi.


Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin