Reja 1.Sillogizmning umumiy qoidalari 2. Sillogizmning figuralari va moduslari 3. Murakkab hukmlarga asoslangan deduktiv xulosa chiqarish
SILLOGIZMNING UMUMIY QOIDALARI Xulosa asoslarining chin bo‘lishi xulosaning chin bo‘li- shi uchun etarli emas. Xulosa chin bo‘lishi uchun yana ma’lum qoidalarga amal qilish xam zarur. Bu sillogizmning umumiyqoidalari deb ataladi. Ular sillogizmning terminlari va asoslariga taallukdi bo‘lgan qoidalar bo‘lib, quyida- gilardan iborat:
.Sillogizmda uchta termin: katga, kichik va o‘rta termin- lar bo‘lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o‘rta terminga bo‘lgan munosabati- ga asoslanadi; shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo‘lmasligi talab qilinadi. Agar termiilar soni uchtadan kam bo‘lsa, xulosasi ligi bilim bermaydi.
Masalan: Hamma notikdar so‘z san’atini chuqur egal- lagandir.
So‘z san’atini chuqur egallaganlar orasida notiqlar ham bor.
Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki terminlar soni ikkita. Terminlar sonining uchtadan or- tib ketishi ayniyat qonuni talablarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, terminlarning to‘rtlanishi (siaPegsho 1ettipogish), deb ataluvchi xatoga olib keladi:
Davlat - iqgisodiy munosabatlarning siyosiy ifo- dasidir.
Har bir inson uchun sihat-salomatlik eng katta davlatdir.
Bu mulohazalarda «davlat» tushunchasining ikki xil ma’noda qo‘llanilishi chetki terminlarning o‘zaro manti- qiy bog‘lanishita imkon bermaydi.. Terminlarning uchtadan ortiq bo‘lishi asoslar o‘rtasidagi mantiqiy aloqador- likning uzilishiga ham sabab bo‘ladi:
Hamma notiklar - shuhratparast.
Sitseron davlat arbobi bo‘lgan.
Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki bu mulohazalar o‘zaro mantiqiy bog‘lanmagan.
Urta termin hech bo‘lmaganda asoslardan birida to‘la hajmda olinishi kerak.
Agar o‘rta termin qech bir asosda to‘liq hajmda olin- masa, chetki terminlarning bog‘lanishi noaniq bo‘ladi va xulosaning chin yoki xatoligini anikdab bo‘lmaydi.
Ba’zi faylasuflar notikdir.
Kafedramizning hamma a’zolari faylasufdir.
Bu sillogizmda o‘rta termin katga asosda juz’iy hukm- ning sub’ekta, kichik asosda umumiy tasdiq hukmning pre- dikati bo‘lganligi uchun to‘liq hajmda olinmagan. SHuning uchuy chetki terminlar o‘rtasidagi bog‘likdik aniqpanmagan. Bu asoslardan chiqarilgan xulosa noaniq bo‘ladi:
Kafedramizning hamma a’zolari notikdir.
120
Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bo‘lsa, xulosada x,am shunday hajmda bo‘lishi kerak.
Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin haj- mining noo‘rin kengayib ketishiga olib keladi. Masalan:
Hamma talabalar imtihon topshiradilar.
Hech bir abiturient talaba emas.
Hech bir abiturient imtihon topshirmaydi.
Bu misolda kichik termin hajmining noo‘rin kengayib ketishi xulosaning xato bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Ikki inkor xukmdan (asosdan) xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Masalan:
Ishsizlar tadbirkor emas.
Talabalar ishsiz emas.
Ikki juz’iy xukmdan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Masalan:
Ba’zi ayollar tadbirkordir.
Ba’zi davlat arboblari ayollardir. Asoslardan biri inkor hukm bo‘lsa, xulosa xam inkor hukm bo‘ladi. Masalan:
Hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.
Vatanga xchyonat qilish jinoyatdir. Vatanga xiyonat kilish jazosiz qolmaydi.
Asoslardan biri juz’iy hukm bo‘lsa, xulosa ham juz’iy hukm bo‘ladi. Masalan:
YAxshi farzand ota-onasini hurmat qiladi.
Ba’zi yoshlar yaxshi farzanddir. Ba’zi yoshlar ota-onasini hurmat qiladi.