1 Mavzu. Mantiq ilmining predmeti va axamiyati. Reja Tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti


-20.Mavzu: Muommo. Gipoteza. Nazariya



Yüklə 372,06 Kb.
səhifə54/59
tarix20.11.2023
ölçüsü372,06 Kb.
#164051
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
,,

19-20.Mavzu: Muommo. Gipoteza. Nazariya.


Reja


1.Muammoli vaziyat tushunchasi
2. Gipoteza va nazariya
3. Nazariyaning turlari


MUAMMOLI VAZIYAT TUSHUNCHASI
Bilishning maqsadi qayd qilingan hodisalarning mohiyatini tushuntirishdan iborat. Buni hammavaqt ham mav- jud tasavvurlar, prinsiplar yordamida amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilish jarayonida ma’lum bir zidsiyatlar, birin- chi navbatda, mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qilish zaruriyati o‘rtasida zvddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo bo‘ladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal qilishda, favda esa tub burilishlar davrvda yaqqol namoyon bo‘ladi. Mala shunday vaziyat, masalan, tabiatshunoslikda XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida radioaktivlik hodisasining qayd qilinishi, elektronning kashf etshshshi, nurlaiishning kvant xususiyatga egaligining asoslanishi va shu kabi kashfiyotlar natijasida vujudga kelgan. Uning mohiyatini tabiatshunoslikning, birinchi navbatda, fizikanish mavjud qonunlari va prinsiplarining yangi qayd qilingan hodisalarni tushuntirish uchun etarli emaslshida, deb bilmoq zarur.
SHuni xam aytish kerakki, ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ichki ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari va metodlarini tushuntirish, mate- matikada aksiomatikaning imkoniyatlari va qo‘llanish sohalarini anikdash bilan bog‘lik bo‘lgan vazifalarni hal qilish zaruriyati yangi vaziyatni yaratadi.
Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd qilingan yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatning paydo bo‘lishi yoki ana shu ilmiy tasavvurlarning o‘zining etarli darajada tizimga solinmaganligi, yaxlit bir ta’- limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir.
Mana shundan kelib chiqib, muammoli vaziyat bilish taraqqiyotining turli bosqichlari va bo‘g‘inlarida olam hamda uni bilish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o‘zgartirishning ob’ektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin.Muammoli vaziyatni tahlil qilish yangi muammoni qo‘yishga olib keladi.

Yüklə 372,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin