Muammo - javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli noma’lum bo‘lgan savodsir.
SHuiing uchun ham muammoni ko‘yish va hal qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash, ba’zi hollarda esa, hatto, ular doirasidan chetga chiqishni, yangicha echish usuli, metodlarini qidirishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni muhokama qilishning xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz ehtiyojlari belgilab beradi.
Muammoni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni tug‘ri qo‘yish va aniq bayon qilishdan iborat. To‘g‘ri qo‘yilgan savol, V.Geyzenberg aytganidek, muammoni echishning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur qilishning o‘zi etarli emas. Buning uchun muammoni hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan ko‘ra bilish kerak.
Muammolarni ko‘yishda kishilarning hayotiy tajriba- si, bilimlari va talanti muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. SHuning uchun ham, odatda, ko‘p hollarda yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu sohasining yirik mutaxassislari, boy tajribaga ega va chukur bilimli olimlari tomonidan ilgari suriladi hamda ular ba’zan uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, milliy g‘oya va milliy mafkurani yaratish muammosining ko‘yilishi va tadkiq etilishi misolida ko‘rish mumkin. Jaqon tajribasiga murojaat qilsak, «millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin».
Uni shakllantirish uchun kuchli iste’dod va «yorqin tafakkur»ga eta bo‘lgan Konfutsiy, Maxatma Gandi, Forobiy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk zotlar zaxmat chekkanlar.
Hozirgi paytda esa Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Milliy toya, milliy mafkurani ishlab chiqish, uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng ilg‘or vakillari, kerak bo‘lsa, mutafakkirlari, ziyolilari mehnat qilishi lozim».Muammoli vaziyatni taxlil qilishga turli xil muno- sabatda yovdashish mumkin bo‘lganligi uchun ham hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi mumkin. Bunda ba’zi muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa, ba’zilari bu vazifaning ayrim tomonlarini aks ettiradi va shuning uchun ham juz’iy xususiyatga zga bo‘ladi. Ko‘p hollarda bir-biri bilan bog‘lanib ketgan mana ;shunday juz’iy muammolar hal qilingandan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va echish imkoniyati vujudga keladi.
Muammolarni to‘g‘ri ko‘yish va bayon kilish ularni echishdan kam ahamiyatga zga emas. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun uning ilmiy bilish tarakkiyotida tuggan o‘rni va axamiyatini to‘g‘ri baholash, uni hal kilishning metodlarini topish zarur. Bu amalda ko‘yilishi mumkin bo‘lgan turli xil muammolar ichidan eng muximi va to‘g‘risini tanlab olishni bshщiradi. Muammoni tanlash ma’lum bir darajada tadqiqotning umu- miy yo‘nalishini va xususiyatlarini belgilab beradi.
Oxir-okibatda qaysi muammoni ko‘yish amaliy faoli- yatimiz ehtiyojlariga bog‘liq. CHunki fakat amaliy faoli- yatdagina kishilarning extiyojlari va maqsadlari bilan ularni xal qilish vositalari o‘rtasidagi zidsiyat yakkol namoyon bo‘ladi, ilmiy izlanish predmeti aniklanadi va shu asosda bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi.
Ilmiy muammo, odatda, ma’lum bir nazariya doirasida vujudga keladi (Nazariya haqida bobning oxirida keng- roq ma’lumot beriladi).
Nazariya keyinchalik ilgari surilishi mumkin bo‘lgan muammoni umumiy xolda belgilashga va uni to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. SHuningdek, har bir muammo ma’lum bir nazariya yordamida xal kilinadi. Ba’zi hollarda esa muammo mavjud nazariyani modifikatsiya qilishni, muammoni echish- ga moslashtirishni talab kiladi.
Muammoni echish uchun dastlabki tayyorgarlik ishlari qilinadi. Ular quyidagilardan iborat:
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo‘lmay- digan fakt va hodisalarni aniklash;
b) muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini taxdil kilish va ularga baho berish;
v) muammoni hal kilish turini, maqsadini, olingan natijani tekshirish yo‘llarini belgilash;
g) muammoning negizi bilan uni echish uchun ilgari suril- gan g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning xususiyatlarini ko‘rsatish. Bu dastlabki ishlar amalga oshirilib bulgandan keyin muammoni echishga bevosita kirishiladi.
Shuni alohida qayd qilib o‘tish kerakki, muammoning echilishi nisbiy xususiyatga ega. Boshqacha aytganda, muammoning mutlaq to‘la echimini topish qiyin. CHunki o‘rga- nilayotgan hodisaning barcha tomonlarini qamrab olib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham ilmiy izlanish davomida yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bo‘lib, u mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo etadi. Bunga misol qilib I.Nyuton tomonidan jismlarning o‘zaro tortishishi muammosining qo‘yilishini ko‘rsatish mumkin. Butun olam tortishish qonunini kashf kilib, u faqat tortishuvchi jismlar o‘rtasidagi miqdoriy aloqalarnigina topganligini uqtirib o‘tgan edi.
A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasi jismlarning o‘zaro tortishishi muammosini boshqacha talqin qiladi va bu muammo haqidagi tasavvurlarimizni ma’lum bir dara- jada kengaytiradi.
Jismlarning o‘zaro tortishishining tabiati, amalga oshish mexanizmi hozirgacha to‘la ochib berilmagan. Bosh- qacha aytganda, muammo uzil-kesil hal bo‘lmagan.
Ba’zi hollarda muammolarning echimini uzok, vaqtgacha topib bo‘lmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o‘rga- nish bilan bog‘liq muammo hozirgacha to‘la hal bo‘lmagan.
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay echimiga ega emas, degan fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud metodlar, vositalar yordamida echib bo‘lmaslikni ko‘rsatadi, xolos va shu tariqa echishning yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal qilinmaguncha ilmiy izlanish davom etadi.