Gipoteza Muammoni hal etish jarayonida ma’lum bir gipotezalar ilgari suriladi va asoslanadi.
Gipoteza - o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shaklidir.
Gipotezami, avvalambor, bilimlarning mavjuts bo‘lish shak- li sifatida olib qarash zarur. CHin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga kdsar ko‘yilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-mulohazalar kuzatish, eksperiment natijalarini tah- lil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida kuriladi va mavjud bo‘ladi.
Masalan, Levkipp va Demokritning jismlarning atom- lardan tashkil topganligi haqida bildirgan fikrlari dastlab gipotetik shaklda bo‘lib, eng odsiy, kundalik taj- ribada minglab marta kuzatiladigan hodisalar: qattiq jismning suyuklikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni taxdil qilishga asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. «Jismlar mayda, bo‘linmas zar- rachalardan tashkil topmaganda butssay hodisalar bo‘lmas edi», degan fikr o‘zining ma’lum bir mantiqiy kuchiga eta.
Hodisaning sababi haqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza shaklida vujudga keladi va shu ma’noda u bilimlar- ning mavjud bo‘lishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi.
Gipotezani qurish o‘rganilayotgan hodisani tushuntira- digan taxminiy fikrlarni ilgari surishdan iborat bo‘la- di. U qayd etilgan faktlar, ular uchuy xarakterli bo‘lgan qonuniyatlar haqidagi hukmlar (mulohazalar) yoki hukmlar tizimi tarzida bo‘ladi. Uni ifoda qiluvchi asosiy gap mu- lohazalar sistemasini hosil qiluvchi element, deb xisob- lanadi. Ana shu gan (mulohaza)da, odatda, gapotezaning bosh g‘oyasi aks etadi. Muxrkama jarayoni uning negizvda, atrofida quriladi va ma’lum bir ishchi gipotezalar - vaqtincha quriladigan, mo‘ljalni to‘gri olishga yordam beradigan taxminlarning ilgari surilishsha, ular yordamida hodisaning yanada chuqurroq tadqiq qilinishiga olib keladi.
Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vo- sitasi ehtimoliy xulosa chiqarish: analogiya, to‘liqsiz induksiya, turli ko‘rinishdagi ehtimoliy sillogizmlar - eng kamida bitta qoidasi buzilgan, asoslaridan biri ehtimo- liy hukm bo‘lgan sillogizmlar (shartli, ayiruvchi - qatiy, shartli - ayiruvchi sillogizmlar shakllarida) hisoblanadi.
SHuningdek, gipoteza ba’zi hollarda qat’iy xulosa chiqarish shakllarida qamda turli xil xulosa chiqarish usullarining ko‘p qavatli mantiqiy qurilmasi tarzida ham shakllantirilishi mumkin.
Gipotezada ilgari suriladigan mulohaza empirik ma- teriallarni taxdil qilish, qayta ishlash, tartibga kel- tirish, umumlashtirish, talqin etish natijasida paydo bo‘ladi. Ana shuning uchun ham gipoteza - bu har qanday taxmin emas, balki ma’lum bir darajada asoslangan, o‘zining muayyan mantiqiy kuchiga ega mulohaza, farazdir.
Gipoteza qurishning murakkab mantiqiy jarayon ekan- ligini kuyidagi misol tasdiklaydi. Issikdik dvigatella- ri nazariyasi asoschilaridan biri fransuz injeneri Sadi Karno birinchi bo‘lib faqat issikdikning qattiqroq qizigan jismdan sovuqroq jismga o‘tishidagina foydali ish vujudga kelishi va aksincha, issikdikni sovuk, jismdan qizdirilgan jismga berish uchun ish sarflanishi zarur, degan fikrni ilgari surgan. Ayni paytda Karno shu davrda keng tarqalgan issikdikning namoyon bo‘lish sabaoi uning tarkibida alohida vaznsiz suyukdik - teplorodning bo‘lishidir, degan fikrga tayanuvchi teplorod konsepsiyasini ham to‘g‘ri, deb hisoblagan. Teplorodni suvga, haroratlar (temperaturalar) o‘rtasidagi farkdi - suv darajasiga qiyos qilib, Karno, xuddi suv darajasining pastga tushishida ish suv ogirligining uning darajalari o‘rtasidagi farqqa bo‘linishi bilan o‘lchangani kabi, bug‘ mashinasida ish, ishchi moddaning (suv, spirt va boshqalar) tabiatidan qati nazar, teplorod mikdorining haroratlar (temperaturalar) farqiga bo‘linishi bilan o‘lchanadi, degan xulosaga keladi. Bu issikdik mashinasi ish hajmining (mikdorining) isitgich va sovutgich haroratlarining qiymatlariga bog‘likli- gini anglatardi. «Karno prinsipi» keyinchalik termodi- namikaning ikkinchi qonunining yaratilishiga asos oo‘lgan.
Keltirilgan misolda Sadi Karnonish gipotezani ilgari surishda analogiyaga asoslanganligini paykdb olish qiyin emas.
Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bosqichda gipotezadan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi va ular verifikatsiya qilinadi, ya’ni ularning mavjud faktlarga (yoki boshqa ishonchli bilimlarga) muvofiqdigi anikdanadi.
Bu erda shuni unutmaslik lozimki, gipotezani ishonchli, chin bilimga aylantirish uchun unda ilgari surilgan 'fykrlarga etarli asos bula oladigan mikdordagi natijalar (gipotyozaJng asosiy g‘oyasydan kelib chikadigan) yig‘indisi verifikatsiya qilinishi kerak.
Gipotezaning chinligini asoslashning boshqa usullari ham mavjud: 1) gipotezani deduktiv yo‘l bilan chinligi avval isbotlangan bilimlardan mantiqan keltirib chiqarish; 2) asosi ishonchli bilim bo‘lmasa, uni tasdikdash (bu ko‘proq asoslari ehtimoliy hukm bo‘lgan sillogizmlar vositasida qurilgan gipotezalarga tegishli); 3) gipotezaning asoslarini ishonchli bilim olish uchun etarli bo‘lgan miqdorga etkazish (bu gipoteza to‘liqsiz induksiya vositasida qurilgan hollarga tegishli).
Gipotezani tasdikdashning qanday kechishini tasavvur qilish uchun quyidagi misolga murojaat qilamiz.
Termodinamika asoschilaridan biri nemis fizigi R.Klazius yuqorida biz qayd etib o‘tgan “Karno prinsipi”ni unga qilingan ko‘p hujumlardan himoya qilgan. Bu prinsipni tasdiklash maqsadvda, uning chinligini intuitiv ravishda mukdrrar deb hisoblagan postulatdan deduktiv yo‘l bilan keltirib chiqaradi. Bu postulatga muvofiq issiklik o‘z holicha sovuqroq jismdan issiqroq jismga o‘ta olmaydi.Bu erda urg‘u aynai shu “o‘z holicha o‘ta olmaslikka” beriladi, chunki amalda “majburan” o‘tish ham (sovitish qurilmalarida, aralashmalarda va boshqalarda) mavjud bo‘lib, u muayyan kompensatsiya qiluvchi (o‘rnini qogshovchi) holatning yuzaga kelishi bilan birgalikda kechadi.
Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. U gipotezadan kelib chiqadigan natijalarni falsifikatsiya qilish yo‘li bilan anikdanadi. Mazkur mantiqiy jarayon shartli-qat’iy sillogizmning inkor modusi tarzida kechadi, ya’ni natijaning xatoligini aniqlashdan asosning xatoligini ko‘rsatishga o‘tiladi. Uning simvolik ifodasi quyidagicha: ((N—»R)l >) -^1n
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, garchi bu gipotezaning mavqeini ancha pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaniig chinligi undan kedib chiqadigan natijalarga zid bo‘lgan holatlar aniklangandagina uzil- kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning Erning hara- katlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi Ko- pernikning geliotsentrik nazariyasi asoslanadigan fakt- larga zid kelganidan keyin rad etildi.
SHuni alohida ta’kidlash zarurki, o‘rganilayotgan hodi- sa haqida bir vaqtning o‘zida bir qancha gipotezalar ilgari surilishi mumkin. Masalan, hozirgi paytgacha qushlar uchayotganda to‘g‘ri yo‘lni qanday topa olishini mavjud gipotezalardan hech biri to‘liq tushuntira bera olmagan. Ularda turli xil fikrlar bildirilgan: qushlarni ba’zilar magnit maydoniga, boshqalar Quyoshga, yulduzlarga qarab mo‘ljal olishadi, deb hisoblashgan. Ukraina olimlari esa 1980 yillarning ikkinchi yarmida qushlar o‘z harakati marshrutlarini Erning gravitatsiya maydoniga asoslanib, shu marshrut davomida og‘irlik kuchining o‘zgarishini «hisoblab» belgilashadi, degan fikrni bildirganlar. Lekin hozirgacha ularning birortasi uzil- kesil tasdiklanmagan ham, rad etilmagan ham.! Gipoteza tasdiqlanmaguncha o‘zining bilishdagi ahamiyatini yo‘qotmaydi. Rad etilsa, o‘rniga boshqa gipoteza quriladi va bu hol to gipotezalardan birortasi tasdiq- lanmaguncha davom etadi.
Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan bulishi mumkin. Ana shunga muvofiq holda umumiy va juz’iy gipotezalarni ajratish mumkin.
Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining qonuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi. Busha misol qilib neft kelib chiqishining organik va noorganik tabiati haqidagi gipotezalarni, Erda hayotning paydo bo‘lishi, ongning kelib chiqishi, ijtimoiy progress haqidagi farazlarni ko‘rsatish mumkin. Umumiy gipotezalar borliqning muhim qonuniyatlarini ochishga imkon bergani uchun ilmiy nazariya «qurish materiallari», deb hisoblanadi. Isbotlangach, bunday gipotezalar nazariyalarga aylanadilar va ilmiy tadqiqotlarning strategak yo‘nalishlarini belgilab beradilar.
Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va hodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat. Konkret jinoyatning motivi haqidagi sud versiyasi, ar- xeologik qazishlarda topilgan predmetlarning tabiati, qaysi davrlarga oid ekanligi haqidagi taxminlar juz’iy gipotezaga misol bo‘ladi.
Mantikda ishchi gipotezalar ham farq qilinadi.
Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo‘lib, o‘z oldiga o‘rganilayotgan hodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib ko‘ymaydi; u faqat kuzatish va eksperiment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi.
SHunday qilib, gipoteza fikrlarimizning kurilishi, bilimlarimizning mavjud bo‘lish va rivojlanish shaklidir.