11. Mavzu: Ayiruv tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi Mavzu rejasi: 1.Ayiruv jarayonlarining ahamiyati.
2.Ayiruv organlarining organizm faoliyatidagi ahamiyati.
3.Ichki muhit barqarorligini saklashda nafas yuli, ichak yo’li, teri .
Tirik organizm ichki muhit barqarorligini saqlash uchun
organizmga kirgan ozuqa moddalar, suv, havo va boshqa moddalarning
almashinish qoldiqlarini tashqi muhitga chiqarib turishi shart. Chunki
moddalar almashinuvi qoldiqlari siydikni, siydik kislota, kreotin
shunga o’xshash moddalar miqdori qonda ortib ketsa organizm
zaharlanadi.
Organizmga dori sifatida yoki boshqa vaziyatda kiritilgan yot
moddalar tashqari, organizm ichki muhiti muvozanatini saqlash uchun kerakli moddalari chiqarishi ham shart.
Organizmdan tashqariga ajraluvchi chiqindi moddalarni
ekskrentlar ataladi. Ajratuvchi organlarni ekskretor deyiladi. Ekskretor
organlarga nafas yo’li, teri, ichak yo’li va buyrak kiradi.
O’pka orqali karbonat angidrid, qisman suv, efir, xloroform va
eng uchuvchi gazlar ajraladi.
Teri orqali qisman suv, tuzlar, mikroelementlar, azot
almashinishi qoldiqlari va siydikchil moddalar ajraladi.
Hazm yo’li orqali esa hazm bo’lmagan ozuqa moddalar
qoldiqlari, og’ir met tuzlari, qisman suv, ba’zi dorilarning va organic bo’yoqlarning qoldiqlari ajraladi.
Buyrak orqali esa organizmdan ortiqcha suv, tuzlar, mineral
moddalar to’qima va hujayralarda modda almashinish qoldiqlari, siydik
kislota, mochevina, kreotinin va iste’mol qilingan dori qoldiqlari
ajraladi.
Buyrak faoliyati faqat qoldiq moddalarni tashqariga chiqarib
tashlashdan iborat emas. Bundan tashqari bir necha hayotiy muhim vazifalarni bajarishda ishtirok etadi:
1. Qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining hajm muvozanatinisaqlash.
2. Bu suyuqliklarni osmatik muvozanatini saqlashda.
3.Kislota–asos muvozanatini saqlashda.
4. Qonda mikdori ortib ketgan organik moddalarning ortiqchasini chiqarib ashlashda.
5. Oqsil, yog’ va uglevodlar almashinuvida.
6.Qon bosimi, eritrositlarning hosil bo’lishi, qonning ivishi va
boshqa jarayonlarda ishtirok etadi.
Buyrak bolalarda kattalardagiga qaraganda pastroqda turadi,
shunda ham o’ng buyrak chap buyrakka qaraganda sal pastroqda
joylashgan.
Buyrak tuzilishiga ko’ra loviyaga o’xshaydi. Buyrak kesib
ko’riladigan bo’lsa, unda ikki qavat borligi ko’zga tashlanadi: tashqi –
po’stoloq qavati va ichki – miya ( mag’iz ) qavati borligi ko’zga
tashlanadi. Buyrak strukturasi nefronlar deb ataladigan juda mayda,
mikroskop tuzilishiga ega bo’lgan. Siydik hosil bo’lishida mustaqil
qatnashuvchi murakkab tuzilmalardan iborat.
Nefron buyrak tuzilishining funksional birligi bo’lib, bir nechaqismlardan iborat bo’ladi.Buyrakning po’st qavatida Shumlyanskiy kapsulasi bo’ladi. Bu
kapsula qo’shaloq devorli nihoyatda kichik ( mikroskopik ) kosachadan
iborat. Kosacha devorlari bir qavat hujayralardan tuzilgan.
Kapsulalardan kanalcha boshlanadi, bu kanalcha buralib – buralib mag’iz
qavatiga tushadi. Kanalchaning ana shu qismi birlamcha buralma
kanalcha deyiladi. Buyrakning po’st qavatida tug’irlanib, Genli
qovuzlog’ini hosil qiladi, so’ngra mag’iz qavatidan yana po’st qavatiga
qaytadi. Po’st qavatida yana kanalcha buralib – buralib ikkilamcha
burama kanalchani hosil qiladi, bu kanalcha chiqarish yo’liga quyiladi.
Chiqarish yo’llari po’st va mag’iz qavatlari orqali o’tib, buyrak
jomlariga yig’iladi. Buyrak jomlari esa siydik yo’llariga siydik yo’llari
esa qovuqqa quyiladi.
Shumlyanskiy kapsulasiga arterial tomircha kiradi, qon
keltiruvchi tomircha deb ataladigan bu tomir kapsula bushlig’ida
kapilyarlarga bo’linib, Malpigiy koptokchasini hosil qiladi. Malpigiy
koptokchasida bosim ortiqroq bo’ladi. Shuning natijasida, qon tarkibidagi
suv, mineral tuzlar, ayrim oqsil birikmalari kapsula devoridan silqib
o’tadi. Bu jarayonni filtrlanish jarayoni deyiladi. Filtirlanish natijasida
hosil bo’lgan suyuklikni dastlabki siydik deyiladi. Dastlabki siydik
tarkibiy kismiga kura qon plazmasiga yakin to’radi. Shuning uchun
dastlabki siydik birlamcha va ikkilamcha burama naylardan o’tish
jarayonida nay devorlaridagi qon kapilyarlariga organizmga zarur
bo’lgan moddalar (suv, aminokislotalar, mineral to’zlar va boshqa
moddalar) kaytadan so’riladi. Bu jarayonni reabsorbsiya jarayoni (kayta
so’rilish) deydilar. Shu yul bilan qon osmatik bosimi va tarkibiy
kismi muvozanati saklanadi.
Kanalchalarda kayta so’rilish jarayonidan keyin qolgan
suyuklik ikkilsmchi siydik yoki oxirgi siydik deyladi. Oxirgi siydik
buyrak jomidan siydik yullari, orqali qovukka to’shib yigiladi va
ma’lum xajmda yigilgandan sung reflektor ravishda organizmdan jinsiy
bezlar siydik yuli orqali tashkariga ajratiladi. Odam bir kunda 1,5 l.
siydik ajratadi. Ohirgi siydik 1,5 l. bo’lishi uchun filtirlanadigan
birlamchi siydik tahminan 100 l. bo’lishi, shundan 98,5 l. kaytadan
qonga so’rilishi kerak. Odam buyraklarining tomirlarining 24 soatda
800–900l qon o’tadi.
Buyrak faoliyati organizmni moddalar almashinuvi jarayoni
chiqindi moddalaridan tozalashni ta’minlab berish bilan cheklanib
qolmasdan, balki qondagi osmatik bosimni va reaksiyaning doim bir hilda to’rishini
ta’minlab beradi.
Bola o’sib rivojlangan sari buyrak massasi va fiziologik
hususiyatlari o’zgarib borsa, lekin bu jarayonlar ayniksa bola
hayotining birinchi yilida, 13 – 14 yoshida ( balogatta etilish ) va 20
yoshida sezilarli darajada bo’ladi. Yosh ulgayga sari kovukning xajmi
200 ml. ga teng bo’lsa, 10 yoshli bolalarda 600 ml. ga, 12 yoshli
bolalarda esa 1000 ml. ga teng bo’ladi. Birok kovuk butunlay
to’lmasdan to’rib siydik chikarilishi mumkin
Xayotni birinchi yili mobaynida siydik ajralish gayri ixtiyoriy
suratda bo’lsa, keyinchalik esa boshqaruvchi nerv mexanizmlari etilib,
tarbiya berilgan sayin siydik chiqariah akti ixtiyoriy bo’lib qoladi.
Birok tunda siydikni tuta olmaslik odati ba’zi bolalarda saklanib
qoladi. Bu xodisa bola xayotining tug’ri tartibga solinmasligiga:
uykudan oldin ovqat eyishi, ko’p suyuklik ichish sabab bo’lishi
mumkin. Tunda siydik tuta olmaslik ug’il bolalarda qiz bolalardagiga
nisbatan ko’prok kuzatiladi va 10 yoshdan keyin yoki balogatga etish
davrida barxam toladi. Bolalarda siydik tuta olmaslik kasalini eniurez
kasalligi deyiladi.
Eniurez kasalligi tugma yoki xayotda orttirilgan bo’lishi
mumkin. Xayotga orttirilganlariga sabab kupincha buyrakni, kovukni va
siydik yullarini shamollashi bilan bog’lik bo’ladi. Shuning uchun
bolani yurgaklaganda, belaganda tagini hul bo’lib kolmaslik extiyot
choralarini ko’rish zarur.
Salomatliik haqidagi fan “Sanologiya” fani bo’lib jamiyat
salomatligini, sog’likni saqlash vazifalarini va ularni amalga oshirish yo’llarini
o’rgatadi. Jaxon sog’likni saqlash tashkiloti nizomiga muvofiq Salomatlik- bu
insonning ham jismonan, ham ruhan, ham ma’naviy va ijtimoiy jixatdan osoyishtalik holatidir. Ijtimoiy salomatlik jamiyatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jixatdan
xarakatlantiruvchi omil hisoblanadi, shuning uchun jamiyat salomatligining
asosiy ko’rsatgichlarini bilish har bir kasb egalari uchun muhimdir.
Avvalo salomatlikni saqlash va asrash ucun har bir kishi sog’lom
turmush tarzini talablariga rioya qilishi shart hisoblanadi.
Salomatlik haqida asosiy tushunchalar qo’yidagilar:
sog’lik- bu insonning jismonan, ruhan, sosial, aqlan va ma’naviy
jixatdan salomatligidir.
tinch totuv yashash- sog’likni mustaxkamlash, yaxshilash va tiklashga qaratilgan dinamik harakat.
salomatlikni yaxshilash- sog’likni mustaxkamlashga va yaxshilashga
yo’naltirilgan ijobiy harakat.
birlamchi ogoxlantirish- sog’likni yaxshilash, saqlash va mustaxkamlash uchun har xil kasallik va shikastlanishlardan saqlanish.
ikkilamchi ogoxlantirish- kasallik va shikastlanishlarni o’z vaqtida aniqlash va davolash.
uchlamchi ogoxlantirish- kasallikni qisqartirish, tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va davolash.
Inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarga qo’yidagi 3 guruh
kiradi:
- alkogolizm
- tamaki chekish
- narkomaniya
Alkogolizm- ashaddiy ichkilikbozlik, ayrim kishilarning o’z salomatligiga
va mehnat qobiliyatiga shuningdek jamiyat farovonligiga zarar etkazadigan
darajada muntazam ravishda me’yoridan ortiq spirtli ichimliklar ichishdir.
Ichkilikbozlik odam organizimidagi hamma tuzilmalar va a’zolarga salbiy ta’sir
ko’rsatadi. Ichkilikbozlikning zaxarli ta’siri moddalar almashinuvining buzilishi
va nerv sisitemasining zararlanishiga olib keladi. Ichkilikbozlik jigarga zararli
ta’sir ko’rsatadi va jigar sirrozi kasalligini kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Alkogalizm ayniqsa pankreatit, qandli diabet kasalligi, stenokardiya, miokartinfarkti va boshqa kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Tamaki chekish- kishi sogligiga jiddiy putur etkazadigan eng zararli
odatlardan biridir.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy,
tibbiy sanitariya- gigiyena tadbirlari aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini
shakllantirishga, zararli odatlarni kamayib borishiga, inson salomatligini
mustahkamlashga, umrboqiylikga, kasalliklarni kamaytirish va ularning oldini
olishga qaratilgan. Ma’lumki jaxon soglikni saqlash tashkiloti har yilning 31
may kunini tamaki chekishga qarshi kun deb belgilagan. Tamaki va uning tutini
tarkibida kishi tanasiga zararli ta’sir etuvchi 300 dan ortiq har xil birikmalar
bo’lib, ulardan eng zaxarlisi nikotin, is gazi va shularga o’xshash ko’pgina
zararli moddalardir. Ular yurak- qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, asab,
ichki sekretsiya bezlari kabi tizimlar a’zolariga zararli ta’sir qilib, miokard
infarkti, xafaqon kasalligi, bronxlarni surunkali kasalligi, o’pka emfezemasi,
o’pka raki, oshqozonning surunkali kasalliklari, uning yarasi va raki singari
ko’pgina xavfli kasalliklarga sabab bo’ladi. Shu boisdan kashandalarda
chekmaydiganlarga nisbatan miokard infarkti xavfi 6-8 marta, miyaga qon
qo’yilishi xavfi 4-6 marta, oshqozon yarasi kasalligi va raki 25 marta, o’pkaning
surunkali yallig’lanishi 10-15 marta, ko’krak bezi va jinsiy a’zolar kasalliklari
ko’p uchraydi.
O’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida, nikotinning kishini
o’ldiradigan miqdiri aniqlandi. U 125 mg bo’lib, 25 dona sigaret tarkibida
mavjud. Chekish natijasida tamaki tarkibidagi zararli moddalar yonadi va
parchalanadi. Shu moddalarning 50 % atrof muhitga tarqaladi, ya’ni atrofdagi
chekmaydigan kishilarni zaxarlaydi, 25 % kashandaning nafas olish yo’llariga,
20 % organizmga tushadi, 5 % esa sigareta chiqitiga qoladi.
Narkomaniya inson hayoti uchun juda halokatli ta’sir ko’rsatadi.
Narkomaniya va toksikomaniya bilan zararlangan bemorlar sonining o’sishi,
davolanishga nisbatan ularning salbiy munosabatlari hamda ularning majburan
dispanser ro’yxatiga olinish tomonlari, bemorlarni davolash uchun turli usul va
shakllarni qidirib topish va davolashni uyushtirish murakkabligi tibbiyot
xodimlaridan bunday bemorlarga nisbatan alohida, o’ziga xos munosabatda
bo’lishni taqozo etadi.Narkomaniya kasalliklari bilan og’rigan bemorlar hech
qachon o’z hoxishlari bilan davolanishga kelmaydilar. Sir emaski
narkomaniyadan aziyat chekayotgan kishilarga nisbatan salbiy munosabatda
bo’lish xollari uchrab turadi. Tibbiyot xodimlarining narkomaniya kasalligi
bilan og’rigan bemorlar bilan munosabati uning insoniylik qadr- qiymati asosida
olib borilishi shart Salomatlikga salbiy va ijobiy ta’sir etuvchi omillar mavjud ular
qo’yidagilar.
Inson salomatligiga ta’sir qiladigan ijobiy omillar:
- bolalar orasidagi masofa 3 yildan kam bo’lmasligi
- oila shartnomasi
- irsiyatni tekshirish
- madaniyatning yuqoriligi
- turmush quruvchilarning 18-20 yoshdan yuqorililigi
- ota- onaning bolalar tarbiyasidagi roli
- oilaga davlatning g’amxo’rligi
- mahallaning o’rni
- oilalaning iqtisodiy ta’minlanganligi
- er- xotinning munosabati
- sevgi
- diniy omil
- informasiyaning ko’pligi
- monogomiya (bir xotinlik)
- tibbiyotning rivojlanishi
- tibbiy ko’rikdan o’tib turish
- zararsiz va qulay ish joyi yaratib berish
- xomiladorlik ishini rivojlantirish va yaxshilash
- tug’ruq yoshidagi ayollarni dispanser nazoratidan o’tkazib turish
- jamoa o’rtasidagi muloqot
- insonning jamiyatda tutgan o’rni
- vaqtida dam olish
- vaqtida ovqatlanish
Inson salomatligiga ta’sir qiladigan ijobiy omillar:
- bolalar orasidagi masofa 3 yildan kam bo’lishi
- qarindosh urug’lar orasidagi nikoh
- 18 yoshga etmaganlar orasida oila qurish
- tibbiy madaniyatning yo’qligi
- er- xotin munosabatini yomonligi
- chiroyning nomunatosibligi
- xurofotga berilish
- poligomiya (ko’p xotinlik)
- qaynona- kelin munosabati
- seksopatologlarning yetishmasligi
- vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tib turmaslik
- ma’naviy buzuqlik
- alkogolizm
- narkomaniya
- tamaki chekish
- iqtisodiy ta’minlanmaganlik
- informatsiyaning yo’qligi
- vaqtida dam olmaslik
- vaqtida ovqatlanmaslik
- ekologik nosozlik
- qulay ish joyi bilan ta’minlanmaganlik
- xomiladorlik ishi yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi
Kasallikni oldini olish shaxsiy gigiena koidalariga rioya
qilishdan iboratdir. Kasalliklarni oldini olish va kamaytirishda organizmni
chiniqtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.Organizmni chiniktirishda – tabiat in’omlari xavo, quyosh nuri va suv singari omillaridan keng foydalaniladi.
Chiniktirish natijasida markaziy nerv sistemasida teri tomirlari yulini
o’zgargirishi va shu tariqa issiklik ajralishini susaytirish yoki kuchaytirish.