1-mavzu. Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari Mavzu rejasi



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə35/45
tarix11.02.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#83837
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
UMK fiziologiya oxiri

Tekshirish uchun savollar:
1.Ayiruv organlariga nimalar kiradi.
2.Buyraklarning funksiyasi nimalardan iborat.
3.Birlamchi siydik hosil bo`lish mexanizmini tushuntirib bering.
4.Birlamchi va ikkilamchi siydikning tarkibi nimalardan iborat.
5.Alkogolizm haqida tushuncha bering.
6.Tamaki chekishning organizmga salbiy ta’siri.
7. Narkomaniya kasalligini inson organizimiga ta’siri.


12. Mavzu: Nafas tizimlarining yosh xususiyatlari va gigiyenasi
Mavzu rejasi:
1.Nafas olishining ahamiyati.
2.Nafas olish organlarining tuzilishi:
3.O‘pka hujayralari al’viollalarda gazlar almashinuvining yosh xususiyatlari.
Nafas olish organizmning asosiy funksiyalaridan biri bo’lib, organizmga kislorod kirishini, undan oksidlanish- qaytarilish jarayonlarida foydalanish, shuningdek, organizmdan moddalar almashinuvining oxirgi maxsuloti bo’lgan karbonat angidrit gazi va boshqa ba’zi birikmalar chiqarilishini ta’minlaydigan jarayonlar yig’indisidan iborat. Nafas olishning ikki turi mavjud: tashqi va to’qima orqali, nafas olish bo’ladi. Tashqi nafas olish gazlar almashinuvi uchun moslashgan organlarda amalgam oshadi, ular og’iz bo’shlig’i, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar va o’pkadan tashkil topgan. Tirik organizm nafas olish jarayoni tufayli, Atrof muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrit gaz va suvi parlarini tashqariga chiqarib turadi.
Odam organizmida sodir bo’ladigan oksidanish jarayonlarining asosiy qismi kislorod ishtirokida yuzaga keladi. Shuning uchun xayotning davomiyligi, organizmga doimo kislorod kirib turishi bilan bog’liqdir. Parchalanish jarayonlarining mahsuloti karbonat angidriddir, u jarayonlarning davom etishi uchun tashqariga chiqib turishi shart. Ana shu jarayonni nafas olish organlari yuzaga keltiradi. Kislorodni o’pkadan tukimalarga, karbonat angidridni tukimalardan o’pkaga qon tashib beradi.
Shunday qilib, organizmda gazlar almashinuvi uchta jarayondan iborat:
1. Tashki nafas yoki o’pka nafasi – organizm bilan tevarak
muxit o’rtasida o’pka orqali gazlar almashinuvi.
2. Ichki nafas yoki to’kimalar nafasi – ho’jayralarda ro’y beradigan
jarayonlarni o’z ichiga oladi.
3. Qonnig gazlarning tashishi, ya’ni qon orqali o’pkada
to’qimalarga kislorod va to’kimalardan o’pkaga karbonat angidrid
yetkazib berilish. Odam nafas olganda havo burunga, so’ngra burun halqumiga,
hiqildokga, traxeyaga, bronxlarga, bronxiollalarga va nihoyat alviollarga
kiradi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin