1-mavzu. Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari Mavzu rejasi



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə5/45
tarix11.02.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#83837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
UMK fiziologiya oxiri

Nerv sistemasining tuzilishi.
Butun nerv sistemasining tuzilishi jixatidan markaziy va periferik
sistemalarga bo’lish mukin. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya,
periferik nerv sistemasiga somatik va vegetative nerv sistemasi kiradi. Bosh
miya kalla qutisi ichida, orqa miya umurtqa pog’onasining orqa miya kanalida
bo’ladi. Periferik nerv sitemasi markaziy nerv sistemasi bilan barcha organlar va
to’qimalarda bo’ladigan reseptorlar va effektorlar orqali bog’lanib turadi.
Periferik nerv tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi,
harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar, hamda
umurtqa pog’onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunlari kiradi.
Nerv to’qimasi neyron deb ataladigan hujayralardan tashkil topgan. Ular
tanadan va ikkita tarmoq (o’siq)- dentritlar bilan aksonlardan tashkil topgan
bo’lib, o’zaro va turli organlarning to’qimalari bilan shular yordamida birikadi.
Neyronlar tashqi tomondan maxsus parda- mebrana bilan qoplangan. Nerv
hujayralarining tanalari va ularning dentritlari to’planib kulrang moddani uzun
o’simta akson esa maxsus miyelin pardasi bilan qoplanib oq moddani hosil
qiladi.
Neyronning asosiy funksiyasi axborotni qabul qilish va uni nerv impulslari
ko’rinishida uzatishdir. Axborot hujayraga dendritlar orqali keladi. Bu
mikroskopik do’mboqchalari bo’lgan ko’p tarmoqlanadigan qisqa o’simtalardir.
Dendritlarning umumiy sathi neyron tanasi sathining o’lchamlaridan katta,
ulardan ko’p miqdorda boshqa neyronlarning uchi joylashgan bo’ladi.
Akson- uzun o’simta bo’lib u ham tarmoqlanishi mumkin, unda yon va
oxirgi o’simtalar hosil bo’ladi. Akson qo’zg’alishni neyron tanasidan boshqa
hujayralariga yoki to’qimalarga o’tkazishga moslangan, uzunligi 1m ga yaqin
bo’lishi mumkin. Agar akson atrofidagi to’qimalar boshqa nerv tolalarining
elektr- kimyoviy ta’siridan himoya qiladigan miyelin parda bilan o’ralgan
bo’lsa, nerv impulsini o’tkazish tezligi ortadi. Hamma sezuvchan va
harakatlanuvchan nerv tolalari, shuningdek, vegetativ tolalarning bir qismi ham
shunday parda bilan o’ralgan. Ko’p sonli aksonlardan nerv tolalari va nerv
sistemasining o’tkazuvchi yo’llari shakllanadi. Har bir o’simta sinaps nomini
olgan qoplama bilan tugallanadi. U nerv impulsini bir neyrondan ikkinchisiga
yoki biror to’qimaga o’tkazishni ta’minlaydigan fiziologik aktiv moddalari
bo’lgan pufakchalar- mediatorlar bilan to’lgan bo’ladi. Shunday qilib, nerv
sistemasi bo’ylab axborot o’tkazish elektr va kimyoviy tabiatga ega. Agar
neyronning tanasi shikastlansa, akson va dentritlar nobud bo’ladi, agar u
saqlanib qolsa unda yangi o’simtalar hosil qiladi.
Hayot mobaynida neyron o’simtalari tarmog’ining soni o’zgarishi
mumkinligi aniqlangan, shu tufayli bosh miya o’sadi va rivojlanadi. Yetilgan
nerv hujayrasi bo’linishga va o’zi singari hujayralar hosil qilishga layoqatsiz
bo’ladi. Bola tug’ilishi vaqtida shakllanadigan 10-14 mlrd neyron keyin 1 dona
ham ko’paymaydi. Bu tarkibiy qismlar 5-7 yoshli bolada ayniqsa jadal o’sadi.
Shunga muvofiq, neyronlarning sinaptik bog’lari soni ham ortadi.
Mutaxassislarning kuzatishlariga qaraganda, nerv hujayrasi yuzasining taxminan
80% sinapslar bilan qoplanishi mumkin va ularning miqdori neyron bog’laridan
dalolat beradi. Turli nerv hujayralarida ularning soni o’zgarib turadi va
neyronlarning funksional ishi miqdorga bog’liq bo’ladi. Masalan, tug’ilishdan
boshlab, sog’lom hayvonlar tajriba tariqasida mutlaqo qorong’uda boqilsa,
ularda niyronlarning bosh miya ko’rish markazi bilan sinaptik aloqalari
rivojlanmaydi, yorug’lik axboroti qabul qilinmaydi va qayta ishlanmaydi.
Natijada ko’rish organing barcha struktura elementlari bo’lishiga qaramay,
hayvonlarning ko’zi ko’rmagan.
Nerv to’qimasi hujayralarining ayrim o’ziga xos qo’zg’aluvchanlik va
o’tkazuvchanlik xossalari bor. Qo’zg’aluvchanlik- tashqi muhitdagi
o’zgarishlarni qabul qilish va ularga qo’zg’alish reaksiyasi bilan javob berish
xususiyati. Nerv hujayralari va boshqa ayrim hujayralar, masalan, muskul
hujayralarining qo’zg’aluvchanligi ayniqsa yuksak va ular ta’sirga tez javob
berishga moslashgan. Bunga o’tkazuvchanlik xossasi, ya’ni to’qimaning
qo’zg’alishini o’tkazish qobiliyati tufayli erishiladi.
Qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlik xossalari membranada va hujayralar
ichida bo’ladigan qator biokimyoviy, fizik va elektor hodisalari bilan bog’liq va
shular tufayli amalga oshiriladi.
Tasvirlangan nerv strukturasi reflektor yoy deb ataladi. Tashqi yoki ichki
muhitdan markaziy nerv sistemasi ishtirokida bo’ladigan ta’sirga organizmning
javob reaksiyasi esa refleks deyiladi. Reflektr yoylar ikkita va undan ko’p
neyronlardan iborat bo’lishi va ulardagi qo’zg’alish faqat bir yo’nalishda
o’tkazilishi mumkin. Buni sxema shaklida qo’yidagicha tasvirlash mumkin:
Reseptor__________sezuvchi neyron
____________Markaziy neyron
Effektor___________harakatchan neyron
I.M.Sechenovning “Bosh miya reflekslari” kitobida shunday yozilgan: “…
Ongli ongsiz hayotning hamma aktlari kelib chiqish mohiyatiga ko’ra
reflekslardir”. Bu fikr I.P. Pavlov tomonidan shartli va shartsiz reflekslar
haqidagi nazariyada rivojlantirildi. Reflekslarning biologic ahamiyati
organizmning funksional bir butunligi saqlanishida, uning ichki dunyosining
barqarorligida va shuningdek, tashqi sharoit bilan foydali muloqotda bo’lishida
ifodalanadi.
I.P.Pavlov reflekslarni ikkiga: shartli va shartsiz reflakslarga ajratadi.
“Shartsiz refleks” atamasi ta’sirlovchining reseptorlarga ta’siridan so’ng shartsiz
(muqarrar ravishda) paydo bo’luvchi reflekslarni belgilash uchun kiritilgan.
Masalan, og’izga ovqat olinishi bilan so’lak ajralishi, nina sanchilganda
barmoqni tortib olish va hokazolar.
Shartsiz reflekslar odam va hayvonlarning o’ziga xos tug’ma hatti
harakatini ta’minlaydi, bu esa tug’ilgandan keyingi shartli refleks bilan
birgalikda turg’unlashadi. Ular ota- onadan meros qoladiva butun umr davomida
saqlanadi. Shartsiz reflekslarga, masalan, ovqat, himoya va mo’ljal olish
reflekslari kiradi.
Shartli reflekslarning shakllanishida bosh miya po’stlog’i katta rol
o’ynaydi. Agar paydo bo’lgan shartli reflekslardan foydalanish zaruriyati
bo’lmasa, ular sekinlashadi va hatto yo’qoladi, yangilari paydo bo’ladi. Shuning
uchun ham shartli reflekslarning biologic ahamiyati shartli reflekslarning tez
almashinuvi natijasida organizmning yangi sharoitga moslashuvi ko’rinadi. Har
bir kishining o’ziga xos hayot tarzida shartli reflekslarning murakkab shakllarini
paydo qilishdek aniq ifodalangan qobiliyatni ko’rish mumkin, bu xulq- atborda
namoyon bo’ladi.
Shartli reflekslar hosil bo’lishi uchun quyidagi sharoit zarur:
Indeferent (shartli), ya’ni shu javob reaksiyasiga xos bo’lmagan
qo’zg’atuvchining mavjudligi.
1. Mustahkamlangan shartli qo’zg’atuvchining bir necha bor qaytarilishi, ya’ni
bir vaqtning o’zida shartsiz refleks paydo qiluvchi qo’zg’atuvchi qo’llanilishi
kerak.
2. Boshqa kuchli qo’zg’atuvchilar bo’lmasligi.
Nerv sistemasi shartli ravishda ikkiga bo’linadi: somatik va vegetativ nerv
sistemasiga bo’linadi.
Skelet muskullarini va ba’zi ichki organlarini (til, hiqildoq,halqum va
hokazolar) ni ta’minlab turadigan nervlar somatic nervlar deb nomlanadi.
Somatik nerv sistemasi, asosan, organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi va
skelet muskullari harakatini boshqaradi.
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlarni (me’da, ichaklar, nafas olish
siydik tanosil organlarni ichki sekretsiya bezlari, teri, yurak va qon tomirlarni)
nerv bilan ta’minlaydi.
Nerv sistemasiga quyidagilar kiradi:
1.Orqa miya

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin