1-mavzu. Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari Mavzu rejasi



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə6/45
tarix11.02.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#83837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
UMK fiziologiya oxiri

2.Bosh miya
3.Uzunchoq miya
4. O’rta miya
5. Oraliq miya
6.Limfa sistemasi
7.Miyacha
8. Bosh miya katta yarimsharlari po’stlog’i

4-Mavzu: Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari.


Mavzu rejasi:

  1. Oliy nerv faoliyatining tiplari.

  2. Xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolik tiplarining tavsifi va о‘ziga xos xususiyatlari.

3.Nerv tizimining gigiyenasi
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha.
Bosh miya yarim sharlari va ularning po’stlog’I markaziy nerv
sistemasining yuqori qismi bo’lib hisoblanadi. Odamning xulqi, idroki,
fikrlashi, ongi va barcha ruhiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bo’lib, u bosh
miya yarim sharlari va ularning po’stlpg’ida joylashgan nerv faoliyati murakkab
reflekslar orqali namoyon bo’ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan
bog’lanishini, uning har xil sharoitga moslashuvini ta’minlaydi. Odamning
barcha ixtiyoriy harakatlari, fikrlashi va ruhiy holatlari reflekslar orqali sodir
bo’lishini mashhur rus fiziologi I.M.Sechenov 1863 yilda yozgan “Bosh miya
reflekslari” deb nomlangan kitobida birinchi bo’lib ko’rsatdi. Uning reflekslar
haqidagi fikrini taniqli olim I.P.Pavlov yanada rivojlantirib, shartli reflekslar
haqidagi ta’minotni yaratdi. U odamning oliy nerv faoliyati shartli reflekslar
orqali namoyon bo’lishini isbotlab berdi.
Birinchi va ikkinchi signal sistemasi.
Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemasi, hayvonlarda esa faqat
birinchi signal sistemasi bo’ladi. Odamning oliy nerv faoliyati o’ziga xos
anglash, obstrakt fikrlash, so’zlash qobiliyatiga ega. Odam oliy nerv
faoliyatining taraqqiyoti natijasida voqelikning ikkinchi signal sistemasi
vujudga kelgan. Ikkinchi signal sistemasi so’zlardan iborat bo’lib,
predmetlarning ayrim belgilarini farq qilish va ularni umumlashtirish, ular
o’rtasidagi bog’lanishlarni vujudga keltirish xususiyatiga ega.
Tashqi muhitning ko’rish, eshitish, hid sezish, ovqat ta’mini bilish kabi
sezgi organlari orqali qabul qilinadigan ta’sirlari birinchi signal sistemasi bo’lib,
ular odam va yuksak hayvonlarda deyarli o’xshash. Bu sezgi organlari oirqali
qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning shunga tegishli
markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning hayvonlardan yuksakligini asosiy
farqlaridan biri unda og’zaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq
ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari norqali qabul qilinib, shartli reflekslar hosil
qiladi.
Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o’zaro mahkam bog’langan
bo’lib, bir- biriga doim ta’sir ko’rsatib turadi. So’zning signal sifatidagi
ahamiyati bir- biri bilan qo’shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki
so’zning lug’aviy ma’nosi bilan bog’liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda
so’zga yoki jumlaga javoban shartli refleks hosil qilish mumkin, lekin
hayvonlarda bu narsa so’zning lug’aviy ma’nosiga bog’liq bo’lmasdan, bir- biri
bilan qo’shilib kelgan muayyan tovushlarga bog’liq bo’ladi. Tovushlarning
qo’shilib kelishi jihatidan bir- biriga o’xshash so’zlar tanlab olinadigan bo’lsa, u
holda it bunday so’zlarga, signal ma’nosi garchi boshqacha bo’lsa ham, bir xil
reaksiya bilan javob beraveradi.
Bolada ikkinchi signal sistemasining shakllanib borishi nutqning
rivojlanishi bilan bevosita bog’langan. Bola hayotining birinchi yilidagi so’ngi
oylari va butun ikkinchi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi.
Bolalarda nutqning qaror topish jarayoni shartli reflekslar hosil bo’lish
qonunlariga muvofiq o’tadi. Bolalarda nutq reflekslari taqlid yo’li bilan hosil
bo’la boshlaydi, bu reflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta
yoshli odamlar bilan doimiy aloqa qilib turishiga, ya’ni ta’lim olishi,
o’rganishiga asoslangan.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin