1-mavzu. Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari Mavzu rejasi



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə3/45
tarix11.02.2023
ölçüsü495,5 Kb.
#83837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
UMK fiziologiya oxiri

Tekshirish savollari:
1. O`sish deganda nimani tushunasiz?
2. Rivojlanish nima?
3. O`sish va rivojlanishga nimalar ta`sir qiladi?
4. Aksiliratsiya haqida tushuncha bering?
5. Bolalarning yoshlik davrlarini sanab bering?


2-mavzu Mavzu: Irsiyat va muhit
Mavzu rejasi:
1. Organizm va hujayraning umumiy tuzilishi
2.Irsiy kasalliklar.
3.Irsiyat va muhitning o‘zaro bog‘liqligi.
Zamonaviy biologiyaning asosiy muammolaridan biri organizmning rivojlanishini boshqarish yo’llarini bilib olishdir. Irsiyat organizmlarning o’z belgi va xususiyatlarini nasldan -naslga o’tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmlarning belgi -xususiyatlari nasldan - naslga o’zgarmagan holda o’tadi.
Organizm belgi - xususiyatlarining bir qancha avlod turg’un saqlanib kelishi irsiyatining bir tomoni bo’lib, ikkinchi tomoni organizmning ontogenezda ma’lum moddalar almashinuvi xarakterini va rivojlanish tipini ta’minlashdir. Bularning hammasi irsiyat tufayli aniqlanadi. Har bir organizmning aniq rivojlanish tartibi uning irsiyati bilan aniqlanadi. Aks holda organizmlar avlodida o’zgarishlar vujudga kelgan bo’lur edi. (M: bug’doydan arpa , tovuqdan o’rdak).
Organizmning ikki xususiyati irsiyat va o’zgaruvchanlikni o’rganadigan fanga Ginetika fani deyiladi. Zamonaviy ginetikaning vujudga kelgan vaqti 1865- yil
hisoblanadi, shu yili chex olimi Gregor Mendel 1 va 2 belgisi jihatidan bir -biridan farq qiladigan no’xat navlarini chatishtirib, belgilarining irsiy yo’l bilan nasldan- naslga o’tish qonuniyatlarini aniqlagan. U qizil gulli sariq no’xatni oq: guli yashil no’xat bilan changlatadi.
Qizil va oq : gulli o’simliklar: 3:1 nisbatda vedomimant va resessiv belgi asosida yuzaga chiqadi. Mendelning bu buyuk ishga zamondoshlari munosib baho bera olmadi. O’z tajribalarida xuddi shunday natijalarni olgan golland olimi De Friz unutib yuborilgan Mendel tajribalarini to’la –to’kis tasdiqlanadi. Shunday qilib, Mendel qonunlari tan olindi va genetika faniga asos solindi. Mendelning 1-onuni dominantlik va resessiv qonunlari bo’lib, yuzaga chiqmagan belgilar resessiv belgilar deb yurutiladi. 2-qonuni ota –ona belgilari 3:1 nisbatda avloddan - avlodga o’tadi, ya’ni 75 % dominant, 25% resessiv belgilar yuzaga chiqadi. Irsiyatning moddiy negizi bu xujayraning o’z nusxasini qayta vujudga keltira
oladigan va bo’linish prosessida qiz xujayralarga maksimallanish xususiyatiga ega bo’lgan barcha elementlari hisoblanadi.
Irsiyat nasldan-naslga o’tishini bilish uchun xujayra haqida ma’lumotga ega bo’lish kerak. Barcha tirik organism xujayralardan tashkil topgan. 1665- yilda R.Guk tomonidan soda mikroskop ixtiro qilinishi xujayra taminotining tug’ilishiga olib keldi. U po’kakdan yupqa kesma tayyorlab, mikroskop ostida kuzatganida mayda katakchalarni ko’radi va ularga hujayra deb nom beriladi. Elektron mikroskop kashf etilishi bilan xujayraning tarkibi va undagi moddalar almashinuvi o’rganila boshlanadi. Har bir hujayra sitoplazmatik membrana, sitoplazma, yadro va xujayra organiodlaridan iborat. Xujayra organiodlariga maxsus tuzilishga ega bo’lgan va ma’lum funksiyani bajaradigan tuzilmalar kiradi. Ular endoplazmatik tur, ribosomalar, Golji apparati, mikrokondriyalar, lizosomalar va sentrosomalar va h.k.z.
Hujayra yadrosining bo’linishida kuzatiladigan va yaxshi qo’llaniladigan tanachalarni 1888 -yilda nemis olimi V.Vladeyner aniqlab, ularni xromosomalar deb atagan. Xromosoma grekcha so’z bo’lib, “xromos” bo’yoq, rang “soma” tanacha degan ma’noni bildiradi. Xromosomalar organizmning o’ziga xos bo’lgan barcha biologik belgilarni irsiy yo’l bilan nasldan- naslga o’tkazadi, u
oqsillar va nuklein kislotalarning yirik molekularidan tashkil topgan. Xromosomalar ipsimon va tayoqsimon shaklda bo’lib, uning soni turli o’simlik, hayvon hujayralarida turlicha bo’ladi. Dastlab 1956 -yilda ko’rsatib berilgandek odam hujayralarida 46 tadan xromosoma bo’ladi. Jinsiy xujayralar boshqa hujayralardan farq qilib, 23 tadan xromosoma tutadi. Erkak va ayol hujayralari bir-biri bilan qo’shilganda xromosomalarning soni 46 taga yetadi. Xujayraning
bo’linishi xromosomalarning ipsimon 2 ta tuzilmaga ajratilinishidan boshlanadi. Xromosomalarning dezoksiribonukleni (DNK) va riboklein (RNK) kislotalaridan tashkil topganligi aniqlanadi. Hozirgi vaqtda DNK orqali hujayradan - hujayraga, organizmdan - organizmga irsiy axborot o’tkazilishi isbotlangan. DNK molekulasi qo’shaloq spiral strukturasiga ega. Buni 1953-yilda Uotson va kirk ko’rsatib berishdi.
Oqsil sintezida 20 amino kislata ishtirok etib, ularning sintezlanishi 1,5 min. davom etadi. Xromosomada genlar ham bor. Gen irsiyat birligidir. Genetika fanining eng katta yutug’i DNK molekulasidan gen ajratib olindi va sintez qilindi. Gen bir-biriga yaqin bo’lsa, ular belgilab beradigan belgilarning naslda namoyon bo’lishi ehtimoli shuncha katta bo’ladi. Odamning jinsiy xujayralarida xromasomalar soni 23 ta bo’lib , diploid soni 46ta, ya’ni 22 juftli autosomani
(jinsiz xromasomani) va 2ta jinsiy xromasomani o’z ichiga oladi. Jinsiy xromasomalar urg’ochi xromasomalarda XX, erkaklarda XY deb belgilanadi. Tibbiyotda 1500dan ortiq irsiy kasallik turlari mavjud. Nasl kasalliklari xromosomaning onomal yig’indisi, jiddiy xujayralarning o’zgarishi yoki mutatsiya ta’sirida hosil bo’ladi. Aurtasoma anatomiyasiga daun kasalligi
kiradi. Yana Shershevskiy-Terner sindromi ayollarda XX o’ringa XO bo’ladi. Bularda birinchi jinsiy organlar uchramaydi. Modda pigmenti-bilirubin miqdori qonda ortib ketadi va nerv sistemasini zaxarlaydi. Aqliy va jismoniy rivojlanish orqada qoladi. Endokrin sistemada garmonlar miqdorining o’zgarishi tufayli paydo bo’ladi. Masalan: buyrak usti bezi kasallanganda bolalar ovqat yemay,
emmaydi, to’xtovsiz qusadi, ozib ketadi, qalqonsimon bez kasalligiga
gepoteriod, qandli diabed kasalligi kiradi. Qon kasalligiga gemofeliya,
leykoz, nerv sistemasining kasalliklariga nerv muskul sistemasi va
miya zararlanishi kasalliklari kiradi. Tashqi faktorning salbiy ta’siri
natijasida ham isriy kasallik yuzaga keladi (qarilik, nurlanish-qon
raki).
Isriy belgilar tashqi muhit ta’siriga juda chidamli. Organizm
yashayotgan muhit sharoitiga qarab, irsiy belgilarning sifati o’zgarishi
mumkin. Bu o’zgarish mutatsiya deyiladi. Mutatsiya-lotincha
so’z bo’lib, o’zgarish, aylanish degan ma’noni bildiradi.
Mutatsiya-gen apparatida ro’y bergan va nasldan-naslga o’tib boradigan
o’zgarishlardir. Vujudga kelgan yangi belgilar nasldan-naslga o’tadi va o’z
ajdodlarida boshqacha bo’ladigan yangi nasl paydo bo’ladi. Barcha
organizmlar boshqa muhit sharoitiga moslashadi. Har xil organizmlar
ma’lum tashqi muhit sharoitga ko’nikma hosil qilgan. Shuning uchun
faqat ma’lum sharoitda yashash va rivojlanishi mumkin. Organizm
butun rivojlanishi mumkin. Organizm butun rivojlanish prosessida
urug’langan tuxum xujayradan to voyaga yetgunga qadar to’xtovsiz
genotikning nazoratida va tashqi sharoit ta’sirida bo’ladi. Mutatsiyadan
tashqari davinizmning asosiy qonuni tanlash ham irsiyatga ta’sir
ko’rsatadi.
Xo’sh, odam o’ziga nimani meros qilib oladi? Odam
o’zining butun “biofondini” meros qilib oldi, organlar shaklini,
nerv sistemasini, sezgi organlari va boshqalarni meros qilib oladi.
Biroq bola tug’ilganidan boshlab u sotsial muhit shart- sharoitlarda
o’sib, rivojlanib boradi. Biologik va sistiol omillarning o’zaro t’asiri
natijasida, o’ziga xos bo’gan shaxsi xususiyatlarig ega bo’lgan organizm
shakllanadi.Ular fenotipini belgilab beradi. Demak, irsiyat tashqi muhit ta’sirida o’zgaradi, lekin yo’q bo’lib ketmaydi.

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin