1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Yüklə 323,77 Kb.
səhifə32/94
tarix29.06.2023
ölçüsü323,77 Kb.
#135533
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

Oqitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o’quv qo’llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo’llanma va shu kabilar
Oqitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo’shimcha yoritish.

1. Moliyaviy nazoratning mohiyati


Nazorat – jamiyat iqtisodiy hayotidagi obyektiv hodisa va har qanday davlat boshqaruvining muhim bo’g’ini hisoblanadi.


Moliyaviy nazorat - butun nazorat tizimining tarkibiy qismi bo’lib, uning yo’nalishi davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, tarmoqlar iqtisodiyotidagi barcha soha va tarmoqlarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanishga qaratiladi.
Moliyaviy nazorat – moliyaning nazorat funksiyasini amalga oshirish hamdir. Moliyaviy nazoratning mazmuni va yo’nalishi jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining o’zgarishidan kelib chiqqan holda o’zgarib turadi. Korxonalarning xo’jalik yuritish imkoniyatlarining kengayishi, moliyaviy mustaqilligi, tadbirkorlikning turli shakllarining vujudga kelishi moliyaviy nazoratning ahamiyatini yanada oshiradi. Bu maxsus shakl va uslublarni qo’llash orqali xo’jalik yurituvchi subyektlar va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig’indisidir. Moliyaviy nazorat tizimi subyektlar (nazorat qiluvchilar), obyektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlab, o’z ichiga oladi. Ular nazorat obyektining holatini, ijroning kutilgan natijalarini aniqlash, ularni tahlil qilish va baholash, tuzatish kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar yo’sinini ishlab chiqish uchun yaxlit uyg’unlikda hamkorlik qiladi.
Moliyaviy nazorat – tarmoqlar iqtisodiyotidagi nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, u qiymat kategoriyasi bilan bog’liqdir. Moliyaviy nazorat ma’lum bir sohalarda qo’llanilib, o’ziga xos maqsadli yo’nalishga ega bo’ladi. Moliyaviy nazoratning obyektiga moliyaviy resurslarning harakati, shakllanishi hamda foydalanishdagi taqsimlash va pullik jarayonlar shuningdek, tarmoqlar iqtisodiyotining barcha bo’g’inlaridagi fond shaklidagi pul resurslari ham kiradi.
1. Moliyaviy nazorat – kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda moliyani muhim rolining bir ko’rinishidir.
2. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruv organlari faoliyatining ko’rinishlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi.
3. Moliyaviy nazorat – boshqaruvning tartibga solish, rejalashtirish, hisob-kitob va xo’jalikni yurituvchi subyekt faoliyatining tahlili singari mustaqil vazifasidir.
4. Taqsimlash munosabatlari orqali moliyaviy nazorat ishlab chiqarish, ayirboshlash, muomala va iste’mol munosabatlariga tatbiq etiladi.
Moliyaviy nazorat – moliyaviy, kredit va xo’jalik organlari (tashkilotlari)ning rejalarning bajarilish jarayonida moliyaviy, byudjet, soliq, kredit, hisob-kitob va kassa intizomini ta’minlashga qaratilgan va pul xarajatlarining qonuniyligi, asosliligi va oqilonaligini tekshirishdan iborat qonun me’yorlari bilan tartibga solinuvchi faoliyatidir.
Moliyaviy nazoratning vazifasi yo’l qo’yiladigan chetga chiqish me’yorlarini malakali belgilashdan iborat, qolgan barcha chetga chiqishlarni qayd etish va bartaraf qilish talab qilinadi. Boshqaruvning ichki va tashqi xo’jalik jarayonlarini kuzatish, tekshirishni amalga oshirar ekan, nazorat bozor iqtisodiyotida, bu harakatlarning hammasi faqat samarali boshqarish uchun foydali bo’lgandagina mavjudlik huquqiga egadir.
Moliyaviy nazorat deganda – nazorat vazifalari yuklatilgan davlat va jamoat organlarining korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning moliya-xo’jalik faoliyatini iqtisodiy samaradorligini holis baholash maqsadi bilan bu faoliyat ustidan nazoratning ko’p tomonlama tarmoqlardagi tizimini, xo’jalik va maqsadga muvofiqligini aniqlashni hamda davlat byudjeti daromadlarining rezervlarini aniqlashni tushunmoq kerak.
Eng muhim jihati nazorat davomida belgilangan moliyaviy qonunchilik me’yorlaridan chetlanish va buning natijasida keltirilgan zararlarni aniqlash nazoratning mohiyatini belgilab beradi. Bu jarayonda:

  • qonun nuqtai nazaridan nazorat qilinayotgan obyektning joriy holati va kutilayotgan darajasi va yo’l qo’yiladigan daraja bilan qiyoslanadi;

  • harakatlar, xarajatlar, natijalar, standartlar, rejalashtiri- layotgan yoki zarur ma’lumotlar bilan qiyoslanadi;

  • qo’llangan va huquqiy cheklashlar bilan amalga oshirilgan harakatlar qiyoslanadi;

  • kutilayotgan va haqiqiylari oqilona va maqsadga muvofiqlari bilan qiyoslanadi;

  • boshqa qiyoslashlar ham amalga oshiriladi.

Nazoratning mohiyati va nazorat qiluvchi shaxsning ish usuli shundan iborat. O’tkazilgan qiyoslashlardan ish manfaatiga xizmat qiladigan va hatto aybdorlarni jazolash uchun baholash xulosalari chiqarish nazoratni boshqarishning boshqa vazifalaridan farqlaydigan maqsadi shu.
Shunday qilib, moliyaviy nazorat – davlat tomonidan tashkil etishni nazorat qilish vazifalari yuklatilgan davlat yoki mustaqil jamoat organlari tomonidan hukumat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatining samaradorligini aniqlashga qaratilgan nazorat tizimidir. Davlat byudjetini shakllantirish va sarflashdagi rezervlarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik tamoyillaridan chetga o’tish va ularni buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi.
Nazorat maqsadi – tuzatish choralarini ko’rish, aybdorlarni javobgarlikka tortish va bularning oldini olishdan iborat.
Davlat moliya nazoratini umumdavlat boshqaruv organlari bilan bir qatorda, alohida vazirliklar orqali ham amalga oshiradi. Umumdavlat boshqaruv organlari moliya nazoratini amalga oshirayotganda, mamlakat hududidagi xo’jalik subyektlarining mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysinishidan qat’i nazar barchasini qamrab oladi. Vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan moliya nazoratini faqat o’zlarining tarkibidagi maxsus nazorat-taftish organlari amalga oshiradi. Ularning tekshirish obyektlari esa, vazirliklar tarkibidagi korxonalar, konsernlar, assotsiatsiyalar va aksionerlik jamiyatlarining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan iborat bo’ladi.
Korxona ichidagi moliya nazoratini korxona, tashkilot va muassasa ichida tashkil qilingan iqtisodiy xizmat (buxgalteriya, moliya bo’limi)lari amalga oshiradi. Nazorat obyekti esa, alohida korxonaning moliya va ishlab chiqarish jarayoni hamda alohida korxona tarkibiga kiruvchi tuzulmaviy bo’lim (filial, shaxobcha, bo’lim)lar hisoblanadi.
Jamoat moliya nazoratini alohida guruh, alohida jismoniy shaxslar (mutaxassislar) ixtiyoriy va mehnat haqi talab qilmaslik sharti asosida amalga oshiradi. Nazorat obyekti bo’lib, tekshiruvchi oldida turgan muayyan vazifalar nazarda tutiladi.
Mustaqil (auditorlik) moliya nazoratini maxsus audit firmalari va xizmatlari amalga oshiradi.
Bevosita tekshirish moliyaviy ko’rsatkichlar tarkibiga kiruvchi foyda, daromad, bevosita va bilvosita soliqlar, rentabellik, mahsulot tannarxi, muomala xarajatlari, turli xil maqsadlar va fondlarga ajratmalar hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkichlar uyg’unlashgan xarakterga ega bo’ladi, shuning uchun nazorat xo’jalik yurituvchilarning ishlab chiqarish, xo’jalik yuritish, tijorat hamda moliya-kredit mexanizmidagi o’zaro bog’liqlikni barcha tomonlarini qamrab oladi.
Moliyaviy nazorat quyidagi tekshirishlarni o’zida aks ettiradi:
- obyektiv iqtisodiy qonunlar talabiga rioya etish;
- milliy daromad va yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlashdagi optimallikni ta’minlash;
- davlat byudjeti daromadlarini tashkil etish va ijrosi (byudjet nazorati)ni ta’minlash;
- korxona, tashkilot va byudjet muassasalarida moliyaviy, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish;
- xo’jalik subyektlarining moliyaviy holati va soliq nazorati.
Moliyaviy nazoratning oldida hal qilinishi lozim bo’lgan quyidagi vazifalar turadi:

  • tarmoqlar iqtisodiyotidagi pul daromadlari va fondlari bilan moliyaviy resurslarga bo’lgan talab o’rtasidagi mutanosiblikka ta’sir o’tkazish;

  • davlat byudjeti oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o’z vaqtida va to’liqligicha bajarilishini ta’minlash;

  • moliyaviy resurslarni yuksaltirishda ichki ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash;

  • tannarxni pasaytirish hisobiga rentabellikni oshirish yo’llarini ko’rsatish;

  • xo’jalik subyektlarining pul resurslari va moddiy boyliklarini maqsadga muvofiq obyektlarga sarflashga ta’sir qilish, shuningdek, buxgalteriya hisobi va hisobotini to’g’ri yurgizish;

  • harakatdagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga rioya qilishni ta’minlash, shuningdek, turli xil mulk shaklidagi korxonalarni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish uchun takliflar berish;

  • korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati va valyuta operatsiyalaridan yuksak iqtisodiy samara olishga shart-sharoit yaratish va shu kabilar.

Moliya intizomiga rioya qilish uchun moliyaviy nazorat korxona, tashkilot va muassasalar javobgarligi bilan uzviy bog’liqlikda bo’ladi. Bunday javobgarlik moliya intizomini buzgan shaxsga nisbatan, ham ma’muriy ko’rinishda, ham iqtisodiy usulda bo’lishi mumkin, iqtisodiy usul bilan ta’sir ko’rsatish muayyan moliyaviy jazo choralari (sanksiyalari) orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy javobgarlikni kuchaytirish, bir tomondan, moliyaviy nazoratning ta’sirini yuksaltirishda qo’llanilayotgan moliyaviy sanksiyalar miqdorini kamaytirishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, ularning samaradorlik darajasini oshirishni talab etadi.
Moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari mavjud:
Dastlabki moliyaviy nazorat – yuridik va jismoniy shaxslarning moliya xo’jalik jarayonini yurgizishda muhim ahamiyat kasb etib, u korxona moliya rejasini tashkil qilishda, ko’rib chiqishda va tasdiqlashda, muassasa va tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar smetasi, ta’sis hujjatlarini imzolashdan oldin amalga oshirilishi lozim bo’lgan jarayonlar tartibidir. Shunday qilib, dastlabki nazorat moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga ijobiy shart-sharoit yaratib beradi. Moliyaviy nazoratning bu shakli amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Joriy moliyaviy nazorat – korxonalarning ichki xo’jalik rezervlarini izlash hisobidan jamg’armani oshirishga ta’sir qiladi. Joriy moliya nazorati korxona, tashkilot va muassasalarning moliya xizmatlari orqali moliya rejasi bajarilayotganda, moliyaviy intizomlar buzilishining oldini olish maqsadida kundalik tadbirlarni amalga oshiradi.
Yakuniy moliyaviy nazorat – hisobot davri va butun moliya yili davomida so’ng amalga oshiriladigan tadbirlar yig’indisidir. Bunda, byudjetni ijro etishdagi davlat pul resurslarini maqsadga muvofiq xarajat qilinganligi, korxona va tashkilotlarning moliya rejasini bajarganligi hamda byudjet muassasalari smetasining bajarilish natijalari tekshiriladi. So’nggi moliya nazorati dastlabki moliyaviy nazorat shakli bilan o’zaro bog’liqlikdadir, chunki so’nggi nazorat dastlabki moliya nazorati bazasida amalga oshiriladi.

2. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar




Davlat moliyaviy nazorati barcha darajadagi qonunchilik va ijroiya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Byudjet jarayonining barcha basqichlarida Parlament moliyaviy nazorati tegishli qo’mitalar va komissiyalar vakolatiga kiradi. Oliy Majlis tomonidan tashkil etilgan va unga bo’ysunuvchi, doimiy faoliyat ko’rsatuvchi davlat moliyaviy nazorat organi O’zbekiston Respublikasining Hisob palatasi hisoblanadi. Uning faoliyati mulkchilik shaklidan, idoraviy va ijtimoiy mansubligidan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarga, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga, davlat byudjeti mablag’lariga tayanadigan, davlat mulkini boshqaradigan yoki soliq, bojxona yoki boshqa imtiyozlarga ega bo’lgan jamoat tashkilotlariga yo’naltirilgan. O’zbekiston Respublikasining Hisob palatasi xodimlari tekshirishlar natijalari bo’yicha xulosalarini tayyorlaydilar va ularni tekshirilgan tashkilotlar rahbarlariga qonun buzilishlarini bartaraf qilish bo’yicha choralar ko’rish uchun yuboradilar. Agarda, davlat mablag’lariga niyonat aniqlansa, ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi. Qonun buzarliklar aniqlanganda majburiy bajariladigan ko’rsatmalar beriladi. Bir necha martalik qonun buzarliklar sodir etilganida, Oliy Majlis bilan kelishilgan holda, tashkilotning barcha turdagi hisob-kitoblarini to’xtatib qo’yish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Bunda Hisob palatasiga qonun buzarlarga nisbatan ma’muriy jazo choralarini qo’llash huquqi berilmagan.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi muhim organ O’zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi hisoblanadi. Uning zimmasiga byudjetni shakllanishi va bajarilishi, davlat mablag’larini sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilgan. Moliyaviy nazoratni amalga oshirishdagi muhim rol uning huzuridagi o’zining hududiy organlariga ega bo’lgan Nazorat-taftish Bosh boshqarmasiga (NTBB) topshirilgan. Uning asosiy vazifasi – byudjet mablag’laridan, davlat mulkidan, davlat tomonidan taqdim etiladigan soliq va byudjet imtiyozlaridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek byudjet ssudalarini maqsadli sarflash va o’z vaqtida qaytarish ustidan nazorat olib borish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish Bosh boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • Respublika va mahalliy byudjetlarning qat’iy bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash;

  • tijorat banklarini moliya organlari, byudjet muassasalarining birinchi navbatdagi sarf-xarajatlarini mablag’ bilan ta’minlash hamda byudjet muassasalari xodimlariga ish haqi, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarni to’lash muddatlariga va to’liqligiga rioya qilish, shuningdek byudjet muassasalariga ko’rsatib o’tilgan maqsadlar uchun naqd pul berish bo’yicha faoliyati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish;

  • belgilangan shtat-smeta intizomiga va byudjet mablag’larini xo’jalik ehtiyojlariga sarflash limitlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarning byudjet jarayoniga asossiz aralashish hollarining oldini olish kabi bir qator vazifalar ham nazorat-taftish organlari zimmasiga yuklatilgan.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasiga amaldagi qonunchilikka asosan, byudjet intizomini buzganlik uchun mansabdor shaxslarni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortish huquqi berilgan.
Davlat moliyaviy nazorati sohasida amaldagi qonunchilikka rioya etilish qismiga tegishli bo’lgan O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining va byudjetdan tashqari fondlarining kassa ijrosini nazorat qilish Moliya vazirligining G’aznachiligiga yuklatilgan. G’aznachilik tizimi amaldagi qonunchilikka rioya etilish qismiga tegishli bo’lgan O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining va byudjetdan tashqari fondlarining kassa ijrosini nazorat qilish bo’yicha ishlarni olib boruvchi Bosh boshqarma hamda o’zlarining hududlarida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga tushumlar va ularni ishlatilishini nazorat qiluvchi hududiy organlardan tashkil topgan. G’aznachilik Moliya vazirligiga qilingan ishlar bo’yicha har kuni axborot berib boradi.
Soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazorat davlat soliq xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzurida Bosh Nazorat-taftish boshqarmasi tashkil etilgan. Bosh boshqarma Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarida o’z faoliyatida bevosita unga bo’ysunadigan nazorat-taftish bo’linmalariga ega bo’ladi.
Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini soliqqa oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan hujjatlar asosida tekshirish (taftish)larni hamda Hukumat qarorlari bilan nazorat, soliq organlariga yuklangan masalalar bo’yicha nazorat tartibidagi tekshirishlarni belgilangan tartibda tashkil etish va o’tkazish;

  • xo’jalik yurituvchi subyektlardan undiriladigan soliqlar va yig’imlarni hisoblab chiqarishda, undirishda qonuniylikka rioya qilinishi, to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqarilishi va byudjetga o’z vaqtida to’lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • soliqqa doir huquq buzishlarni aniqlash, ularning oldini olish, ularga barham berish;

  • soliq majburiyatlarini bajarishda xo’jalik yurituvchi subyektlarga yordam ko’rsatish;

  • Davlat soliq qo’mitasining boshqa bo’linmalari bilan birgalikda xo’jalik yurituvchi subyektlarni kompleks tekshirishlarning istiqboli rejalarini tayyorlash, tekshirishlar o’tkaziladigan obyektlarni aniqlash va ularni amalga oshirish;

  • hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlarni o’tkazish jarayoni hamda tartibi ustidan nazorat o’rnatish, shuningdek, ularni o’tkazishda (barcha darajadagi soliq organlariga) amaliy va metodik yordam ko’rsatish;

  • davlat soliq xizmati organlari tomonidan tekshirishlar materiallari bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinishi va moliyaviy sanksiyalar qo’llanilishi ustidan nazorat o’rnatish;

  • xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar yakunlari bo’yicha byudjet oldidagi majburiyatlarning bajarilishi (qo’shimcha hisoblangan so’mmalar, moliyaviy sanksiyalar, ma’muriy jarimalar va shu kabilarning undirilishi) ustidan nazorat o’rnatish;

  • hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar natijasida aniqlangan soliq qonunchiligi buzilishlari va boshqa holatlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;

  • fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishlari holatlari to’g’risidagi xatlari, shikoyatlari va arizalarini ko’rib chiqish.

Davlat bojxona xizmati O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi talablariga muvofiq tovarlarni O’zbekiston bojxona chegarasi orqali harakatlanishi ustidan davlat nazorati sohasida vakolatlarga ega.
Sanab o’tilgan organlardan tashqari davlat moliyaviy nazoratini boshqa qator davlat organlari: O’zR Markaziy banki, Davlat mulkini boshqarish qo’mitasi va boshqalar ham amalga oshiradilar.

3. Moliyaviy nazoratning turlari


Moliyaviy nazoratning quyidagi usullari mavjud:


Tekshirishhisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining alohida masalalari ko’rib chiqiladi. Tekshirish jarayonida moliya intizomining buzilgan nuqsonlari aniqlanadi, natijada, mavjud muammolarni bartaraf etish va salbiy holatlarni takrorlanmasligi uchun chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
O’rganish – korxona, tashkilot va muassasalar faoliyatining alohida tomonlarini qamrab oladi. Tekshirishdan farqli o’laroq, o’rganish ko’rsatkichlarning keng ko’lamini qamrab oladi va xo’jalik subyektining moliyaviy holatini, uni rivojlanish istiqbollarini, ishlab chiqarishni qayta tashkil qilish yoki qayta ixtisoslashuvining zarurligini aniqlab beradi. O’rganish so’rov va anketalar o’tkazish orqali amalga oshirilish mumkin.
Tahlilmoliyaviy nazoratning bir usuli sifatida tizimli va omilli bo’lishi lozim. U davriy yoki yillik hisobotlar orqali bajariladi. Pirovardida, rejaning bajarilish, mablag’larni sarflanish me’yorlariga rioya etilish, moliyaviy intizomga rioya etilish darajalari aniqlanadi.
Taftish – korxona va tashkilotlarning hisobot davridagi moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish uchun qo’llaniladigan eng muhim usullardan biri hisoblanadi. Amaliyotda har qanday taftishni amalga oshirishdan oldin maxsus dastur qabul qilinib, uning tarkibida taftish maqsadi, obyekti, mavzusi va vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan asosiy masalalar aks ettiriladi. Taftishning maqsadidan kelib chiqib, turli xil yondashishlar qo’llaniladi, jumladan, reja va hisobotdagi ma’lumotlarni qiyoslash, naqd pullarni tekshirish, hujjatli va qarama-qarshi tekshirishlar, tovar-moddiy boyliklarni inventarizasiya qilish va shunga o’xshashlar.
Taftish yakunida uni amalga oshirgan mutaxassislar korxonaning ishlab chiqarish faoliyatida yuzaga kelgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf qilish uchun chora-tadbirlar ko’rsatiladigan dalolatnoma tuziladi.
Moliyaviy nazorat uslubini kuzatish, qiyoslash, tahlil qilish, olingan natijalarni umumlashtirish, ulardan bir butun xulosa chiqarish, ayrim faktlardan umumiy xulosaga kelish va umumiy holatdan xususiy xulosalarga kelishni o’z ichiga olgan o’ziga xos uslubiy yo’nalishlar, vositalar yordamida moliya-iqtisodiy axborotni va nazorat obyektining haqiqiy holatini o’zaro bog’liqlikda o’rganish deb tushunish mumkin.
Moliyaviy nazorat usullarini quyidagi guruhlarga tasniflashimiz mumkin:

  • umumuslubiy usullar: taftish, audit, tahlil, mavzuli tekshirish, tadqiq qilish, pirovard natijani dasturiy baholash;

  • hujjatlar asosidagi nazorat usullari: rasmiy va arifmetik tekshirish, yuridik baholash, mantiqiy nazorat, muqobil tekshirish, teskari hisob usuli, balans, qiyoslash, hisobotlarning sanoq bahosi;

  • dalillar bo’yicha nazorat usullari: ro’yxatga olish, ekspertiza, ko’z bilan kuzatish, nazorat o’lchovi, nazorat tariqasida ishga tushirish, vaqtni aniq o’lchash, ish kuni taqsimlanishini o’rganish, laboratoriya tahlili.

Nazorat samaradorligiga rasmiy va mantiqiy, hujjatlar va faktlar asosidagi tekshirishlar singari xilma-xil usullarni qo’shib foydalanish orqali erishiladi. Tekshirish jarayonida jalb qilinadigan axborot manbalarining to’g’riligini aniqlash, xo’jalik subyektining murakkab vaziyatlardagi yoki noaniqlik sharoitidagi xatti-harakatlarining izchilligini oydinlashtirish, faktik materialni tahlil qilish va umumlashtirish – bularning bari nazoratning turli-tuman usullaridan foydalanishni taqozo etadi.
Hujjatlar, faktlar asosidagi yoki kompyuter yordamidagi uslubiy usullarni tahlil qilinayotgan ma’lumotlar manbalariga ko’ra aniqlash mumkin.
Hujjatlar asosidagi nazorat uchun, xususan, dastlabki hujjatlar; buxgalteriya hisobi registrlari; buxgalteriya, statistika va operativ-texnik hisobotlar; rejali, me’yoriy, texnologik, loyiha-konstruktorlik ko’rinishidagi boshqa hujjatlar axborot manbai bo’lib xizmat qiladi.
Daliliy nazorat tekshirilayotgan obyektlarning haqiqiy holatini natura holida ko’zdan kechirish (qayta hisoblash, vaznini o’lchash, ekspertiza qilish, laboratoriya tahlili va boshqalar) ma’lumotlari bo’yicha o’rganishdan iborat. Hujjatlarning mukammalligi va dastlabki hujjatlar va hisob qaydlarining shubhasiz asosliligi zarurat tug’ilganda maxsus faktik nazorat uslublari yordamida aniqlanadi. Faqatgina hujjatlar orqali nazorat qilish uslublariga asoslangan taftish obyektning butun moliya-xo’jalik faoliyatini o’rganmasdan, buxgalteriya hujjatlari va hisob registrlarini tekshirishdangina iborat bo’lib qolgan bo’lar edi.
Hujjatlar asosidagi va faktik nazorat bir-birini to’ldiradi, ularning alohida qo’llanilishi amalda g’oyat kam uchraydi. Hujjatlar asosidagi va faktik nazorat uslublarga bo’linishining shartli ekanligini faktik ma’lumotlarni hisob ma’lumotlariga qiyoslash bilan yakunlanuvchi ro’yxatga olish uslubida kuzatish mumkin.
Hisob-kitob faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, buxgalteriya ma’lumotlarini saqlashda dastlabki ma’lumotlarni qayta ishlash, amaliy dasturlar paketi yordamida buxgalteriya hisob-kitobi registrlari va hisobotlarini tuzish nazoratning yangi – kompyuterlashgan usulining paydo bo’lishiga imkon yaratdi.
Axborot texnologiyalari amaliy dasturlar paketi yordamida har qanday axborotni qog‘ozda, ya’ni muayyan hujjat ko’rinishida olish mumkinligiga oid e’tirozlarni asossiz deb hisoblash mumkin. Qog‘ozdagi ifoda faqat bu hujjatni tuzgan mas’ul shaxs tomonidan imzolangan taqdirdagina hujjat sifatida xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, kompyuterlarning turli viruslarga moyilligi, hujjatlar bilan asoslovsiz, osongina tuzatishlar kiritilishi soxtalashtirilgan ma’lumotlar olish xavfini tug’diradi. Shu tufayli zamonaviy nazoratchi yoki auditor uchun kompyuterda qayta ishlangan hujjatning to’g’riligini (yoki ishonchsizligini) farqlay bilish muhim. Hujjatning o’ziga xos shakli va uni olish uchun maxsus bilim zarurligi, nazarimizda ilmiy-amaliy hayotga “axborot xavfsizligi va kompyuter nazorati” atamasini kiritishga asos beradi.
Axborot xavfsizligi hujjatlar asosidagi va faktik nazoratdan alohida holda olib borilishi mumkin emas, ularning hammasi o’zaro bir-birini to’ldiradi.
Moliyaviy nazoratni to’liq yoki qisman, kompleks yoki mavzuli, yoppasiga yoki tanlab o’tkaziladigan nazorat turlariga bo’lish tekshirish hajmi yoki tekshirilayotgan obyektning to’liq qamrab olinishiga bog’liq.
Idoraviy buysunishdagi korxonalar va tashkilotlarda o’tkaziladigan taftishlar, shuningdek audit va tahlil (shartnoma yoki dasturga bog’liq holda) majmuaviy xarakterga ega bo’ladi. Korxona, tashkilot moliya-xo’jalik (tadbirkorlik tijorat) faoliyatining ayrim bo’limlari (qism, uchastkalari) holatini tekshirish mavzuli tekshirish deb ataladi. Masalan, moddiy boyliklar (asosiy vositalar yoki nomoddiy aktivlar)ning saqlanishi va ulardan foydalanishni tekshirish, moliyaviy natijalar aniqlanishining to’g’riligini tekshirish va boshqalar.
Kompleks yoki mavzuli (operatsiya) tekshirishni o’tkazish chog’ida hujjatlar yalpi yoki tanlab tekshirilishi mumkin. Yalpi tekshirish chog’ida nazoratdan o’tkazilayotgan davr mobaynidagi dastlabki hujjatlar hisob registrlari va hisobotlar tariqasida rasmiylashtirilib amalga oshirilgan barcha operatsiyalar mazmuni ko’rib chiqiladi. Tanlab tekshirishda tekshirib chiqilayotgan davrdagi operatsiyalarnig bir qismi (masalan, har bir oyda ketma-ket yoki bir necha kun) qamrab olishni nazarda tutiladi. Agar tanlab tekshirish chog’ida suiste’mol qilish, ko’zbo’yamachilik aniqlansa, u holda yalpi tekshirishga o’tish lozim. «To’liq tekshirish» yoki «qisman tekshirish» atamalari hujjatlar asosidagi yoki faktik nazorat usullariga taalluqli. Ro’yxatga olishni o’tkazishda barcha moddiy boyliklarning saqlanganligini tekshirish bilan to’liq qamrab olish mumkin.
Shunday qilib, boshqaruv tizimidagi subyektlarning maqomi va roli, subyektlarning o’zi, nazorat amallarini bajarish vaqti, manbalari, tekshirish bilan qamrab olish hajmi va to’laligi moliyaning nazorat usulini tasniflash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Yuzaga kelgan murakkab sharoitda moliyaviy nazoratni ishonchli va samarali mexanizmida davlat hukumat organlari bilan boshqaruv organlarining kelishilgan va birdamlik asosida faoliyat olib borilishi lozim. Bu organlarning har birini faoliyatidagi vazifalari, belgilangan kompetensiyalari, ish usullari O’zbekiston Respublikasini qonunlarida belgilanib, ular doirasida olib boriladi. Shuning bilan bir qatorda, ishning murakkabligi va ko’p qirraligini inobatga olgan holda, davlatni iqtisodiy ahamiyatini himoya qilinishi, ayrim vaziyatlarda, birlashgan kuchni yoki boshqacha qilib aytganda, o’zaro bog’langan faoliyatini quyidagi 3 asosiy yo’nalishi bo’yicha amalga oshirilishi kerak:

  • moliyaviy qonun buzilishini aniqlash va bartaraf qilish;

  • davlatga moliyaviy zararni qonun bilan belgilangan soliqlar, penyalar, jarimalar va boshqa sanksiyalar yordamida moddiy qoplashni ta’minlash;

  • moliyaviy qonun buzishni oldini oladigan profilaktik chora-tadbirlarni o’tkazish;




Yüklə 323,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin