1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


-mavzu: RAVISH. RAVISHNING SEMANTIK -GRAMMATIK XUSUSIYATLARI.RAVISHLARDA DARAJA



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə61/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92
она тилидан қулланма

7-mavzu: RAVISH. RAVISHNING SEMANTIK -GRAMMATIK XUSUSIYATLARI.RAVISHLARDA DARAJA.

Reja:

1.Ravishningleksik-grammatikxususiyatlari.

2. Ravishlarningma’noturlari:

3.Ravishlardadaraja



4.Ravishlarningyasalishi: affiksatsiyavakompozitsiyausullariravishyasash.
5.Ravishlarningtuzilishjixatdanturlari

Mavzuga oid tayanch atama va iboralar.
Ravish o‘zgarmasligi, sabab ravishlari, tarz ravishlari, maqsad ravishlari, payt ravishlari, ravishlarda forma yasalishi, o‘rin ravishlari, miqdor ravishlari, ravish bo‘lib kotish, daraja ravishlari.


1-savol bayoni.
Ravish harakat, holat belgisini bildiruvchi so‘z turkumidir. Shu xususiyatga ko‘ra ravish turkumiga oid so‘zlar asosan fe'lga bog‘lanib keladi.
Ravishlar fe'l bildirgan harakat-holatni bajarish tarzi, payti, o‘rni, maqsadi va shu kabilarni bildiradi. Bektemir ayrilgisi kelmay, soldatlarcha qadam otib ketayotgan kizga ergashdi. (O). Yana toyib-poyib ketmasin deb, ehtiyotdan oyog‘i tagiga g‘ish tirab ham qo‘ydi. (Sh.Sa'dulla).Ertasi ertalab hokimxonaga borishga karor berdilar. (Sh.S.). Olisdan tungi smenadagi ekskavatir va o‘zga mashinalarning qudratli narasi baralla eshitilar edi.(O.).
Ravish turkumiga oid ayrim so‘zlar sifat yoki otga bog‘lanib kelishi mumkin. Lekin bunday xollarda ravish belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, o‘zi bog‘lanib kelgan sifat yoki otdan anglashilgan harakat – holatning belgisini bildiradi: kecha xavo juda sovuk edi. (Sh.S.) Uning muomilasi hamisha shunday. Biz mustaqillikning batamom va o‘zil-kesil tantanasiga kattik ishonamiz.(X.)
Eslatma: sifat yoki ravishlar bilan qo‘llanib belgining kuchli yoki kuchsiz darajasini bildiruvchi juda, eng, kok, lang, girt, goyat, sal kabi so‘zlar ravish hisoblanmaydi, chunki ravishlar mustaqil ma'noli leksik birliklardir. Keltirilgan so‘zlar esa leksik ma'noga ega emas, ular belgining turli darajasini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.
Ravishlar mustaqil so‘z turkumi sifatida, o‘ziga xos morfologik belgilarga ega. Bunday belgilardan biri ravishlarning o‘zgarmasligidir: ravishlar biror so‘zga bog‘langanda formasi o‘zgarmaydi. Ular tarkibida uchraydigan ko‘plik, egalik va kelishik affikslari ham forma yasovchi sifatida qatnashmaydi. Bu affikslar ravishning o‘zak qismiga kiradi, ya'ni shu affiks bilangina u ravish hisoblanadi yoki bu affiks forma yasovchilardan boshqa vazifada qatnashadi: birdan, birga, kunda, chalkanchasiga, birdaniga, yonlamasi(ga), qatorasi(ga) kabi ravishlardagi kelishik va egalik affikslari o‘z asl ma'no va vazifasini yo‘qotgan. Bu so‘zlar xuddi shu ko‘rinishda ravishga aylangan: Azimjon ham qarindoshini boshqacha tasavvur etgani uchun, xozir uni kurib birdan gap topolmadi. (As.M.). Yangi shpindel nusxasidan uchta yasadik… Yakinda sinab ko‘ramiz.(M.K.). Avvalari, ilarilari kabi ravishlar tarkibidagi –lar va –i ko‘plik va egalik ifodalovchi affikslar emas.Bunda –lar affiksi ilgariga oid noaniq, davomli vaqtni ko‘rsatsa, -i affiksi egalik ifodalash (shaxs ko‘rsatish) xususiyatini butunlay yo‘qotgan: Okshomlari latifalar aytib ruslarni kuldirardi. (O.).



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin