1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə69/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92
она тилидан қулланма

D i q q a t !-la, -chun shakllari o‘zi bog‘lanib kelgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: qo‘llarim-la, Vatan-chun.

Uchun, bilan, kabi, singari ko‘makchilari qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan ham jubqo‘llanishi mumkin: shuning uchun, bunung kabi, shuning singari.
Ko‘makchilar vazifasi jihatidan kelishiklarga o‘xshaydi. Ayrim hollarda ko‘makchi kelishik qo‘shimchasi o‘rnida yoki kelishik qo‘shimchasi ko‘makchi o‘rnida almashib kelishi mumkin. Ko‘makchilar tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari o‘rnida almashib kelishi mumkin: Radio orqali eshitdik - Radiodan eshitdik. Ukam uchun oldim - Ukamga oldim. Qalam bilan yozdi – Qalamda yozdi. Borgani haqida gapirib berdi -Borganini gapirib berdi. Biroq hamma vaqt ham ko‘makchi o‘rnida kelishik qo‘shimchasi ishlatilaver­maydi: Do‘stiga yordamlashdi gapida jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida ko‘makchini qo‘llab bo‘lmaydi.
Ko‘makchilar vazifasiga ko‘ra kelishiklarga o‘xshaydi. Ba'zan ko‘makchilar kelishiklar bilan bir xil vazifada kelib, biri ikkinchisining o‘rnida ishlatiladi. Masalan: Kul bilan ko‘tardim. Kulda ko‘tardim. (vosita ma'nosi) Jahonda dong‘imiz paxta orqali.(G.G.) Jahonda dong‘imiz paxtadan(vosita yoki sabab ma'nosi). Maktab uchun mebel olindi. Maktabga mebel olindi (atalganlik ma'nosi).
Lekin ko‘makchi bilan kelishik bir narsa emas. Buni quyidagi misolda ham ko‘rish mumkin: Paxta uchun ko‘rash – paxtaga ko‘rash birikuvlarida uchun ko‘makchisini jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi – ga bilan almashtirib bo‘lmaydi .
Ko‘makchi qaysi so‘zdan keyin kelsa, u o‘sha so‘z bilan birgalikda bir so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta sintaktik vazifada, bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi. M-n: Gap elektrostantsiya haqida (nima haqida?)bordi.(Sh.R)Gulnor Mastura bilan (kim bilan?) dars tayyorlayapti.
3-savol bayoni: Asl ko‘makchilar, vazifadosh ko‘makchilar.
Hozirgi o‘zbek tilida: bilan, uchun, sari, kabi, sayin, qadar, singari ma'nosini tamoman yo‘qotgan, shuningdek tomon, orqali, sababli, qarab, qaramay, so‘ng, tashqari, nari, beri, chog‘li kabi ko‘makchi vazifasida qo‘llanuvchi so‘zlar ko‘makchilar sanaladi. Shunga ko‘ra ko‘makchilar ikkiga:1)sof ko‘makchilar; 2)funktsional ko‘makchilarga bo‘linadi.
Sof ko‘makchilar. Sof ko‘makchilar lug‘aviy ma'nosini yo‘qotgan bo‘lib,boshqa so‘zlar bilan birikib kelgandagina turli munosabatlarni ifodalaydi.
Boshqarish xususiyatiga ko‘ra sof ko‘makchilar ikki guruhga bo‘linadi:1)bir xil kelishikdagi so‘z bilan keluvchi sof ko‘makchilar,2)turli kelishiklar bilan qo‘llanuvchi sof ko‘makchilar.
Sayin, o‘zra, orqali va boshqa ayrim sof ko‘makchilar bosh kelishikdagi otlar bilan qo‘llanadi: kun sayin,borgan sayin kabi.Bunda ular harakatning takrorlanishi davom etishi kabi ma'nolarni ifodalaydi.M-n:Ro‘zgori ham kun sayin but bulyapti (O)
Orqali ko‘makchisi vosita ma'nosini anglatadi: Xat pochta orqali olindi.Tufayli ko‘makchisi sabab ma'nosini anglatadi: Sen tufayli ulug martabali bo‘ldi. Yanglig, kabi ko‘makchilari chogishtirish, o‘xshatish kabi ma'nolarni bildiradi: Irodaning kilich kabi utkirdir dami.(O)
Sari o‘rin, payt va yunalish kabi ma'nolarni ifodalaydi. Ulgaygan sari, yakinlashgan sari kabilar. Turli kelishikdagi otlar bilan keluvchi sof ko‘makchilar bosh, qaratqich, jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadi. Bunday ko‘makchilarga kabi, singari, bilan, uchun, kadar ko‘makchilar misoldir.
Kabi, singari ko‘makchilari chogishtirish,o‘xshatish ma'nolarini anglatadi.Bahor toshqini kabi extiroslar bilan keldi. (S.An.)Uning o‘zi so‘zi singari sof edi.
Bilan ko‘makchisi vosita, sabab, maqsad, payt kabi ma'nolarni anglatadi.Uning birlan, birla, -ila, -la kabi shakllari she'riyatda qo‘llanadi. Gap bilan va'da berma, ish bilan ber. Tilak bilan kelgan, tong bilan uyg‘ongan kabi.
Uchun ko‘makchisi sabab, maqsad, atalganlik kabi ma'nolarni anglatadi: Bu boyliklar sen uchun, qizim. Ataylab ko‘rish uchun keldi kabi.
Qadar ko‘makchisi chogishtirish,masofa, vaqt va o‘ringa munosabat ma'nolarini anglatadi: Aziza o‘rtoqlarini kechga qadar kutdi.
Vazifadosh ko‘makchilar. Funktsional ko‘makchilar turli so‘z turkumlaridan bo‘lib, ular gapda o‘rni bilan ko‘makchi vazifasida qo‘llanadi. Turkumiga va ma'no xususiyatiga ko‘ra funktsional ko‘makchilar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Ot ko‘makchilar: tomon, old, yon, orqa, xususida, urnida, ichida kabilar.
2.Sifat ko‘makchilar: boshqa, qarshi, tashqari kabilar.
3.Fe'l ko‘makchilar: ko‘ra, qarab, qaraganda, bo‘ylab, boshlab, tortib kabilar.
3.Ravish ko‘makchilar: burun, avval, ilgari, bori, so‘ng, keyin kabilar.



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin