1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda; 2) sifatdan



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə68/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92
она тилидан қулланма

1) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda;

2) sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa;

3) fe'ldan: qarab, qaraganda, ko‘ra, tortib, degan, deydigan, osha, bo‘ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata;

4) ravishdan: avval, so‘ng, keyin, burun, ilgari, beri, beri, buyon, asosan, binoan.

3. Ko‘makchi-bog‘lovchilar bog‘lovchi vazifasini ham bajaradigan ko‘makchilar: bilan, deb, deya. Masalan: daftar bilan qalam; Umrim shirin o‘tsin deb(deya), u ko‘p mehnat qildi.

4. Ko‘makchi otlaro‘z lug‘aviy ma'nolarini saqlagan holda ko‘makchi o‘rnida kelib, harakat bilan predmet o‘rtasidagi turli munosabatlarni ifodalaydigan so‘zlardir. Bu so‘zlar o‘rin-payt, chiqish kelishigi va egalik qo‘shimchalarini qabul qiladi: old, o‘rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o‘rin, qosh, yoqa, tomon. Bu so‘zlar belgisiz qaratqich kelishigidagi so‘zdan keyin kelgandagina ko‘makchi ot hisoblanadi: ish ustida, siqig‘i ostida. Aks holda, ular o‘rin otlari hisoblanadi: stolning ustida (stolning qayerida?), uyning oldida. Ko‘makchi otlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

1) vertikal yo‘nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag.

2)gorizontal yo‘nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich, tomon;

3) aralash yo‘nalishni bildiruvchi: o‘rta, ora, bosh.

1) boshkelishikdagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar:

Bilan (qisqa shakllari: -la, ila) ko‘makchisi birgalik, vosita, tez bosg‘lanish, payt, ish-harakat ob'ekti, holat, maqsad ma'nolarini bildiradi: Ukasi bilan keldi. Qalam bilan yozdi. Eshik ochilishi bilan kirishdi. Tuni bilan uxlamadi. Baxtiyorlik bilan jilmaydi.

Uchun(qisqa shakli: -chun) ko‘makchisi maqsad, sabab, atash, evaz ma'nolarini ifodalaydi: Bolalar uchun qurildi. O‘qimagani uchun bilmadi. Sen uchun oldim. Yordamingiz uchun rahmat.


Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin