1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə65/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92
она тилидан қулланма

2-savol bayoni.
Ravish tuzilishiga ko‘ra: 1) sodda, 2) qo‘shma, 3) juft, 4) takroriy ravishlarga bo‘linadi.
Sodda ravishlar bir o‘zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko‘p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi.
Qo‘shma ravishlar ikki so‘z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi.
Juft ravishlar ikki so‘z asosining teng bog‘lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi.
Takroriy ravishlar esa bir so‘z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o‘zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a kabi.
Takroriy ravishlar so‘zning leksik ma’nosini o‘zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo‘shimcha ma’nolarni ifodalab keladi.

3-savol bayoni
Ravish so‘zlar ham -roq qo‘shimchasini olib va eng, juda, g‘oyat, nihoyat kabi daraja ifodalovchi so‘zlar bilan birikib, belgining turlicha darajasini ifodalaydi.
Ravishlarga -roq qo‘shimchasi qo‘shilganda asosan harakat va belgiga xos belgining kamligi, kuchsizligi, biroz etishmasligi ma’nolarini; eng so‘zi bilan kelganda esa belgining ortiqligini (eng keyin, eng avval, eng yuqori, eng oldin) bildiradi.
Ravishlar juda, g‘oyat, nihoyat so‘zlari bilan birikib, harakat belgisining ko‘pligi, kuchaytirilganligi ma’nosini bildiradi: juda ilgari, juda kech, juda uzoqdan, g‘oyat tez, g‘oyat sekin, nihoyatda sekin, nihoyatda uzoqdan.
Ravishlarga -gina (-kina, -qina) qo‘shilganda harakat – holat belgisining kuchsizlanganligini, ta’kidlanganligi ma’nosi anglashiladi: ozgina, sekingina, hozirgina, endigina, haligina, boyagina, kechagina, salgina kabilar.
Nazorat topshiriqlari:
1-topshiriq. Harakat belgisini darajalab ko‘rsatuvchi ravish formalarini toping.


  1. Ra’no ohistagina Anvarning yoniga kelib, supaga suyandi. (A.Q.)


  2. Kampir bilan Mavlon aka Botiralini ohistagina ko‘tarib aravaga oldilar. (H.G‘.)


  3. Ol, o‘g‘lim, haqingni ertaroq ol. (O.)


  4. Ular juda sekin yurishdi. (O.)


  5. Saida shuni bilgisi, tezroq bilgisi kelardi. (A.Q.)


  6. Tog‘da qorong‘i tezroq tushadi. (H.N.)


  7. Majlis juda tez tugadi. (A.Q.)


  8. Tabiat ehsoniga qaraganda kishilar ko‘proq mashq tufayli fozil odamga aylanadilar. (Demokrit)


2-topshiriq. Gaplardagi juft va takroriy ravish formalarini topib, ularning ma’no xususiyatlarini, gapdagi vazifasini aniqlang va tushuntiring.


  1. Ziyobek o‘qtin-o‘qtin orqaga qaraydi. (N.Fozilov)


  2. Ishchilar birin-ketin so‘zga chiqishdi. (Sh.R.)


  3. Men ham erta-indin jo‘nab qolarman. (S.Z.)


  4. Oyqiz qalbiga jo bo‘lgan fikrlarning hammasini birma-bir aytdi. (Sh.R.)


  5. Ertalab qo‘shnilar ketma-ket kela boshladi. (S.Z.)


  6. Asta-sekin boshlangan chapak tobora avj olib soz ovozini bosib ketdi. (A.Q.)


  7. Bu erlar yozin-qishin chorva mollariga yaylov bo‘lgan. (Sh.R.)


  8. Umida Saidadan tez-tez xabar olib turdi. (A.Q.)



Ravishlarning juft formasi umumlashtirish, taxmin kabi ma'nolarni bildiradi, belgini kuchli ottenka bilan ifodalaydi; kecha-kunduz, erta –indin, asta-sekin.
Ravishlarning takroriy formasi shu ravishlar bildirgan belgi ma'nosiga turli qo‘shimcha ma'nolar qo‘shish uchun xizmat qiladi.
Takroriy ravishlar, avvalo, harakatning takroriyligini, davomiyligini bildiradi; qayta-qayta, keyin-keyin va boshqalar.
Ravishlarning takroriy formasi shu ravishga xos belgini kuchaytiradi. Bunda takroriylik bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin: Bu yo‘ldan zinhor-zinhor toyma.
Takroriy ravishlarning ma'noni, belgini kuchaytirish xususiyatiga ega ekanligini ular o‘rnida ma'noni kuchaytiruvchi boshqa formalarni qo‘llash mumkinligi ham aniq ko‘rsatiladi. O‘tirib qolgan jamoa endi-endi oyoqqa turayapti.
Sifatlar bildiradigan belgilar kabi, ravishlar bildiradigan belgilar ham turli darajaga ega bo‘lishi yoki darajalanmasligi mumkin. Masalan, harakat belgisining darajasi har xil bo‘lishi mumkin.
Ravishlar bildirgan belgi darajasining ortiq-kamligi xudi sifatlardagi kabi usul bilan ifodalanadi. Masalan, belgining ortiq yoki kamligi xudi sifatlardagi kabi usul bilan ifodalanadi.
Ravish so‘zlar ham –roq qo‘shimchasini olib va eng, juda, g‘oyat, nixoyat kabi daraja ifodalovchi so‘zlar bilan birikib, belgining turlicha darajasini ifodalaydi.
Ravishlarga –roq qo‘shimchasi qo‘shilganda asosan harakat va belgiga xos belgining kamligi, kuchsizligi biroz etishmasligi ma'nolarini; eng so‘zi bilan kelganda esa belgining ortiqligini (eng keyin, eng avval, eng yukori, eng oldin) bildiradi.
Ravishlar juda, g‘oyat, nixoyat so‘zlari bilan birikib, harakat belgisining ko‘pligi, kuchaytirilganligi ma'nosini bildiradi: juda ilgari, juda kech, juda uzoqdan, g‘oyat tez, g‘oyat sekin, nixoyatda sekin, nixoyatda uzoqdan.
Ravishlarga –gina (-kina, -kina) qo‘shilganda harakat – holat belgisining kuchsizlanganligini, ta'kidlanganligi ma'nosi anglashiladi: ozgina, sekingina, hozirgina, endigina, xaligina, boyagina, kechagina, salgina kabilar.



Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin