1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja


-savol bayoni: Yordamchi so‘zlar va ularning tasnifi



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə67/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92
она тилидан қулланма

1-savol bayoni: Yordamchi so‘zlar va ularning tasnifi.
Yordamchi so‘z turkumlari mustaqil so‘z turkumlaridan farqlanadi. Ular lug‘aviy ma’noga ega emas, morfologik jihatdan o‘zgarmaydi, gapda sintaktik vazifa bajarmaydi, yasalish xususiyatiga ega emas.
Mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmay, gap bo‘laklari va gaplarni o‘zaro bog‘lash, xilma-xil munosabatlarni ko‘rsatish yoki ularga qandaydir qo‘shimcha ma’no qo‘shishga xizmat qiladigan so‘z turkumlari yordamchi so‘z turkumlari deyiladi. Yordamchi so‘z turkumlariga bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklama kiradi.
Yordamchi so‘zlar grammatik ma’no vazifa bajaruvchi til birliklaridir. Ular lug‘aviy ma’noga ega emas, biroq so‘zlar kabi ayrimlik, ajralganlik xususiyati bilan lug‘aviy ma’noli so‘zlar qatorida turadi. Yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlarni, so‘z birikmalarini, gaplarni o‘zaro munosabatini shakllantirishga xizmat qiladi. Grammatik ma’no-vazifasiga ko‘ra yordamchi so‘zlar 3ga bo‘linadi.


    1. Ko‘makchi.


    2. Bog‘lovchi.


    3. Yuklama.





2-savol bayoni: Ko‘makchi va uning ma'nosi, turlari.
Ot, olmosh va otlashgan so‘zlar, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularning boshqa so‘zlarga munosabatini bildirgan yordamchi so‘zlar ko‘makchi deb ataladi:Masalan: Xadicha xola Bahorobod qishlog‘ida kichik o‘g‘li Obidjon bilan turar edi. Sen uchun kitob olib keldim.

Ko‘makchilar quyidagi turlarga bo‘linadi:



1. Sof ko‘makchilar lug‘aviy ma'nolarini butunlay yo‘qotib, vazifa jihatidan kelishik qo‘shimchalariga yaqin turadigan so‘zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra , qadar, yanglig‘. Bunday ko‘makchilar urg‘u olmaydi, urg‘u ko‘makchidan oldingi so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi (22; 61).

2. Ko‘makchi vazifasida qo‘llanuvchi so‘zlar (vazifadosh ko‘makchilar (22; 63) gapda o‘rni bilan mustaqil so‘z, o‘rni bilan ko‘makchi bo‘lib keladi. Bular quyidagi turkumlardan ko‘makchilarga ko‘chadi:


Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin