1-mavzu: Morfemika va morfema haqida umumiy ma’lumot. So‘zning grammatik strukturasi. Reja



Yüklə 171,75 Kb.
səhifə70/92
tarix24.09.2023
ölçüsü171,75 Kb.
#147771
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92
она тилидан қулланма

Nazorat savollari:
1-topshiriq:Ko‘makchilarni topib, ularni bog‘lanib kelaetgan so‘zlar bilan qanday so‘roqqa javob bo‘layotganligini va qanday gap bo‘lagi vazifasida kelayotganligini aniqlang.
1.Mehnat, bilim va qunt bilan kular chin xavas.
2.Ko‘rishmoq uchun u uzoqdan quchoq ochib keldi. (O.)
3.Daryoning u betiga ko‘prik bilan o‘tdik.
4.Beg‘ubor osmonda tayyora qanotlari kumush kabi yaltirab ko‘rindi.
5.Jamoa xo‘jaligi a'zolari dala tomon yo‘l oldilar.
6.Sug‘oriladigan ekin maydonlari yil sayin ko‘paytirilmoqda.
7.Sut bilan kirgan, jon bilan chiqadi.(Maqol)
2-topshiriq: Ko‘makchilarning qanday sintaktik munosabat ifodalayotganini, ularning mustaqil so‘zlardan farqini ayting.
1.Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan.
2.Ertaga albatta mening qoshimga keling.
3.Taqdirni qo‘l bilan yaratur inson, g‘oyibdan kelajak baxt bir afsona(G‘.G‘ulom)
4.Toshpo‘latov uch kundan beri shu erda. Kecha kun bo‘yi tepalik yonida g‘isht kuyayotganlar bilan birga bo‘ldi.(R.F)
5.Inson so‘zlash qobiliyati tufayli xayvondan farq qiladi.
6.Jasorat iste'dod singari maqsad sari boradigan yo‘lni osonlashtiradi.


22-mavzu: BOG‘LOVCHILAR VA YUKLAMALAR

Reja:
  1. Bog‘lovchilarning gapdagi vazifasiga ko‘ra turlari.


  2. Bog‘lovchilarninggrammatik xususiyatlari.


  3. Bog‘lovchilarning qo‘llanishiga ko‘ra turlari: yakka bog‘lovchilar va takroriy bog‘lovchilar.




Mavzuga oid tayanch atama va iboralar:
Bog‘lovchi, yakka bog‘lovchilar va takroriy bog‘lovchilar, teng bog‘lovchilar, ergash-tiruvchibog‘lovchilar, zidlov, ayiruv bog‘lovchilar, aniqlov bog‘lovchisi, sabab bog‘lovchilari, chog‘ishtiruv bog‘lovchilari, maqsad bog‘lovchisi, shart va to‘liqsizlik bog‘lovchilari.


1-savol bayoni: Bog‘lovchilarning gapdagi vazifasiga ko‘ra turlari.
Gap bo‘laklarini yoki qo‘shma gapning qismlarini bog‘laydigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchi deyiladi. Bog‘lovchilar gap bo‘laklari va ayrim sodda gaplarni o‘zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko‘rsatadi. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur») Kumush ichkariga kirib ko‘zdan g‘ oyib bo‘ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa erga mixlangandek qotib turdi. (A.Qod.)
Bog‘lovchilar gapdagi vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

Yüklə 171,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin