Klassifikatsiya musobaqalari jamoalarning (o‘yinchilarning) tayyorgarligini
aniqlash, sport klassifikatsiyasining razryad talablarini bajarish maqsadida
o‘tkaziladi.
Saralash musobaqalari tayyorgarligi eng yaxshi jamoalarni (o‘yinchilarni)
aniqlab, keyingi yirik musobaqalarda qatnashtirish uchun o‘tkaziladi.
Match uchrashuvlari musobaqalar kalendarida ko‘zda tutilgan va an’anaviy
hisoblanadi. Uchrashuvlarda ikki va undan ortiq jamoalar qatnashishi mumkin.
Musobaqalarning bunday turlari alohida shaharlar, viloyatlar hamda chet davlatlar
orasida do‘stlik munosabatlarining rivojlanishiga yordam beradi.
O‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lajak musobaqalarga va sport trenirovkasining ba’zi
bir bo‘limlari bo‘yicha tayyorgarlikni aniqlash maqsadida ayrim jamoalar o‘rtasida
o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: