Sport musobaqalari tizimi Sport musobaqalari o‘ziga xos faoliyat bo‘lib
raqiblarning harakatini tartibga solishda katta rol o‘ynaydi, ularning ayrim
qobiliyatlarini ob’ektiv ravishda solishtirib ko‘rishga va jismoniy sifatlarni
maksimal darajada namoyon bo‘lishini musobaqa davomida harakatlanishni
maksimal darajada ta’minlashga imkoniyat yaratadi.
Sport hozirgi ko‘rinishda bir qator o‘ziga xos xususiyatlariga ega:
1).Sport musobaqalar faoliyatida, raqobat darajasini ketma-ket yutuqlarga
bo‘lgan talablarini ortib borishi, sport musobaqalarining tizimiga asoslanib tashkil
etiladi (yuqori ringga quyi musobaqalarda qatnashganlar
qo‘yiladi yoki pastdan yuqoriga).
2) Musobaqalarda bevosita bajariladigan harakatlarning, boshqarilish
sharoitlarini va yutuqlarini baholash usullarini tenglashtirish hisobiga amalga
oshiriladi. Bu tenglashtirish musobaqalar o‘tkazishning umumiy
me’yorlari sifatida muayyan qoidalar bilan mustaxkamlanadi.
3).Musobaqalashuvchilarni xatti-xarakatlari raqobat tamoyillariga muvofiq
tartiblashtiriladi.
Sportchi tanlab olgan turidagi ko‘rsatkichlarni, individual holda o‘z
imkoniyatlariga qarab namoyish qiladi.
Bu natijalar yo jismoniy g‘alabani yoki raqibni yutish (ballarda, gollarda,
ochkolarda va x.k.) natijasini yaxshilash uchun vaqt birligida, masofada, og‘irlikda
belgilanishi mumkin.
YUqori sport natijasi, sportni shu kundagi rivojlanishida inson imkoniyatlari
etaloni bo‘lib hisoblanadi. Ularga taqqoslab har bir inson o‘zining sport natijalarini
solishtirib ko‘rishi mumkin va shunga asoslanib, natijalarni yaxshilashni
rejalashtirish mumkin. YUqoridagilardan sport natijalarini etalonlik va
rag‘batlantiruvchi roli
yaqqol ko‘rinadi.
Sport natijalari har doim ko‘p omillik hodisadir (bu esa ko‘pgina sabab
larga bog‘liq). Jamiyatdagi sport natijalari taraqqiyotga ta’sir etuvchi omillar
bo‘lib hisoblanadi.
1).Sportchining individual talanti va yuqori natijaga tayyorgarlik darajasi.
2).Sportga tayyorgarlik tizimining samaradorligi, uni mazmuniga taxlil
etilishiga va material – texnik tomondan ta’minlanganligiga.
3).Sport harakatining kengligiga va uni rivojlanishining umumiy ijtimoiy
sharoitlariga bog‘liq.
Sport
musobaqalarining
xususiyatlarini
o‘rganish, sport sohasidagi
mutaxassislarni qiziqtirib kelgan va hozirgi kunda xam o‘z ahamiyatini yo‘qotgani
yo‘q.
Birinchidan musobaqa sportni asosiy mazmunini tashkil etadi.
Ikkinchidan, sport musobaqalari, sport mashg‘ulotidan genetik va bo‘ysunishi
bo‘yicha "kattadir". Ma’lumki, inson ma’naviyati va madaniyati rivojlanishida, har
xil yakkama-yakka kurash va sport elementlari o‘rtasida o‘yinlar birinchi bo‘lib
tashkil topgan. Keyinchalik esa ularning shakllari, uslublari va elementlari tashkil
topa boshlagandan keyin tayyorgarlik ko‘rish yo‘llari aniqlana boshlanadi. Hozirgi
kunda sport bu yo‘nalishni ko‘p sohasi bo‘yicha sportchilar tayyorlashni ilmiy
asoslangan tizimi tashkil qilinib sport mashg‘ulotlarini xam o‘z ichiga oladi.
Uchinchidan, sport musobaqalari sportchining jismoniy taktik-texnik
imkoniyatlarini, zaxiralarini va sport jamoasini imkoniyatlarini aniqlashda
"Poligon" bo‘lib hisoblanadi. SHuning faqat musobaqa vaqtida psixologik
qarshiliklarni engish uchun raqobatchilik hosil qilinadi hamda
sportchini musobaqa faoliyatini psixologik strukturasi aniqlanadi. Musobaqalar
tizimi o‘z ichiga bir qator ofitsial va ofitsial bo‘lmagan musobaqalarni birlashtirib,
sport faoliyatini nisbatan aloxida shakl sifatida tashkil qiladi. Bular ma’lum tartibda
o‘zining masshtabi, ahamiyati, sportchini tayyorlash bosqichlari va sharoitlariga
qarab bo‘linadi.
Musobaqalarda asosiy o‘rinlarni absolyut birinchiliklar(shaxsiy va jamoa)
dunyo va olimpiada o‘yinlari ham egallaydi. Bunday asosiy maqsadga yo‘naltirilgan
musobaqalar sportchini tayyorlashga ma’lum darajada ta’sir
ko‘rsatadi. SHunga ko‘ra, mashg‘ulotning ayrim bosqichlari rejalashtiriladi,
yuqori sport natijalariga optimal ravishda tayyorlash vaqti va boshqalar aniqlanadi.
Boshqa ko‘pgina musobaqalar tayyorgarlik uchun o‘tkaziladi. Sport
mashg‘ulotlarini umumiy vaqtida 10-15% musobaqa vaqtini aniqlaydi.
Musobaqa faoliyati - bu tartiblashtirilgan raqobat bo‘lib, o‘z qobiliya
tini ob’ektiv ravishda solishtirish va maksimal darajada natija ko‘rsatilishini
ta’minlash hamda tartibga solishdir. Bu bir qancha maxsus xususiyatlarga ega:
1.Musobaqa tizimida raqobatni oshib borish darajasiga qarab hamda yutuqqa
bo‘lgan talabga nisbatan (dastlabki va ofitsial musobaqalarda) faoliyati tashkil
qilishga.
2.Musobaqa o‘tkaziladigan vositalarni amalga kiritishda sportchini faoliyati,
ma’lum qoidalar hamda musobaqani umum me’yorlari bilan mustaxkamlanadi.
3. Musobaqalashuvchilarni xulqini va o‘zini tutish tartibiga xam bog‘liq.
Sport musobaqalari - his-hayajon holatidagi ko‘rinishda bo‘lib hozirgi kunda
100 dan ortiq sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi. Har qaysi sport turi,
musobaqa o‘tkazish uchun o‘zining metodik xususiyati, qatnashish sharti,
o‘tkazish qoidasi va g‘oliblarni aniqlash va boshqa talab qiladi.
Musobaqa qisman, sportchini tayyorlash tizimiga kiradi, chunki faqatgina
shaxsiy sport tayyorgarligiga ega bo‘lmasdan ijtimoiy vazifalarni hisobga olgan
(targ‘ibot, ko‘rgazmalilik va b.k.) holda ham tashkil qilinadi.
Sport musobaqasi - o‘yin shaklida raqobat qilish shakli bo‘lib, jismoniy
tayyorgarligi, xarakat malakasi va mashqlarni bajarish san’ati yoki o‘ylash va
taffakur qilishni rivojlantirishni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
YOsh sportchilardan tortib maxoratli sportchilargacha musobaqa juda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Musobaqalarga qatnashmay turib sport faoliyati xaqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Musobaqalar - sportchilar uchun, rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi va shu
paytning o‘zida sportchidan yuklamani tobora oshirib borish, irodani tarbiyalash,
sport kurashiga o‘rganish va mashq jarayonini nazorat qilishga o‘rgatadi.
Sportchining musobaqalarda ko‘p qatnashishi shunchalik tajribaga ega
bo‘lishligini amaliyot ko‘rsatib turibdi.
Negaki sportning barcha turlari bo‘yicha bellashuvlar soni ortib ketdi.
Masalan, yuqori mahoratli velosipedchi, sprinter yil davomida 200-250
martadan musobaqaga chiqadi (D.A.Polishchuk, 1982).
Malakali suzuvchilarning musobaqa tayyorgarligi kun tartibi xam tig‘iz
bo‘ladi. Yiliga musobaqalar soni 20-30, davomiyligi 1 kundan 3-5 kungacha, 120-
140 martagacha startlar bo‘ladi (V.N.Platonov, 1986).
O‘z mohiyatiga ko‘ra asosiy hisoblangan , mashqlarning yakuniy nuqtasi
bo‘lgan bosh musobaqalar soni ko‘p bo‘lmasligi kerak (yiliga 3-4 marta, sport
o‘yinlari bundan mustasno). Bosh musobaqalar oddiydan - murakkabga va
qiyinchiligiga qarab joylashtirilishi lozim. Ularni joriy yilga shunday
joylashtirilish kerakki, bundan sportchi hal qiluvchi eng muhim musobaqaga doimiy
tayyorlanish imkoniyatga ega bo‘lsin, musobaqalar orasida jismoniy xamda ruxiy
dam olsin va bir musobaqada aniqlangan kamchiliklar mashq jarayonida keyingi
musobaqalargacha tuzatilsin.
Musobaqa davrida sportchi ishtirokining soni eng avvalo sport turi xususiyatiga
bog‘lik. Sport turlarida musobaqalar (xaftasiga 1-2 musobaqa kunlari) chidamlilikda
aloxida talablar ko‘yadigan va uzoqroq tiklanishni talab etadigan sport turlaridagiga
qaraganda ko‘proq o‘tkaziladi.
Sportchining
musobaqalarda
ishtirok
etishga
tayyorgarlik
tizimida
quyidagilarni xisobga olish zarur:
- sportchi uchun musobaqalar xavfsala bilan tanlanishi va asta - sekin
qiyinlashib boradigan bo‘lishi lozim:
- musobaqa kun jixatidan teng bo‘lgan sportchilar qatnashish:
- yuqori darajadagi yutuqlarga erishish uchuch zarur bo‘lgan miqdordagi
musobaqalarda qatnashish zarur:
- vaqtni u erdan bu erga ko‘chish va x.k. va kuchni ko‘p talab qiladigan
musobaqalarning ko‘payib ketishi mashq ishlarini cheklab, sportchi tayyorgarligiga
salbiy ta’sir etish mumkin:
- musobaqalar taqvimi (kun, taqsimot,musobaqalar qiyinligi darajasi) shunday
sharoit kerakki, bunda katta imkon yaratilsin. O‘tkazilayotgan barcha musobaqalar
shu maqsadga qaratilmog‘i zarur.
SHunday qilib, sport musobaqalari erishilgan yutuqlarni namoyish qilish,
ayrim sportchi va jamoaning yutuklarini baxolash va solishtirish usuli ekan.
Sportchilarni musobaqa vaqtidagi faoliyati musobaqa faoliyati deb
yuritiladi.Musobaqa faoliyati eng yuqori sport natijalariga erishishga karatilgan
ayrim xarakat, usul kombinatsiyalardan iborat, tayorgarlikning texnik, jismoniy,
taktik, ruxiy integral darajasi bilan ta’minlanadi. Sport musobaqalarida katnashish
musobaqa faoliyati ko‘rinishining shakli xisoblanadi. Sport bellashuvi vaqti
cheklangan rakiblik xisoblanadi, bu jarayonda bellashayotganlarning kobiliyatlarini
ob’ektiv ravishda solishtiriladi.
Raqobat darajasi va yutuqlariga bo‘lgan talabni asta-sekin ortib borishi
(sportchini yukori darajadagi musobaqalarda natijalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘liqdir).Respublika miqyosidagi musobaqalarda qatnashish
uchun viloyat o‘tkazilgan musobaqalarda tegishli o‘rin egallash zarur (tabiiyki
respublika musobaqalarida viloyatlardagiga karaganda g‘alaba uchun raqobat kuchli
bo‘ladi).
Sportchilar xarakatini bir xil shaklga keltirish orkali bellashuvlar, ularni
bajarish sharoitlari xakidagi nizom, sport turlari bo‘yicha musobaqa qoidalari bilan
belgilanadi:
- noantogonistik (do‘stona) rakobat (musobaqalar koidalari) doirasida
bellashuv o‘tkazish tartibi (tarbiya).
Bellashuv jarayoni (sport musobaqasi) musobaqadagi vaziyatini tartibli
ravishda o’zgartirib turishni anglatadi.
Xozirgi vaziyat xolati keyingisining muvaffakiyatini ta’minlaydi, shu paytning
o’zida xozirgi vaziyat xolati avvalgisiga bog‘lik bo‘ladi.
Sportchining musobaqa faoliyatini belgilovchi jixat kuyidagi tarkibiy
kismlardan iborat bo‘ladi:
- vaziyatni idrok etish
- rakib va sheriklarning yurish turishi
- o‘z axvolining dinamikasi
- olingan axborot taxlil va uni musobaqalarning tajribasi va maksadi bilan
solishtirish
- fikran asosiy karorni qabul qilish
- fikran qabul kilingan karorni amalgam oshirish
Masalan, kurashchining musobaqa faoliyatida kuyidagicha ta’kidlanadi:
- kurashning puxtaligi (ko’llanilgan usullarning umumiy soni bo’yicha):
- xujum xarakatlarining samaradorligi:
- ximoya xarakatlarining samaradorligi:
- charchagan sharoitdagi xarakatlarning samaradorligi va x.k.
Dostları ilə paylaş: |