Bosh hakam o`zining o`rinbosarlari bilan quyidagilarni amaaga oshiradi.
1. Musobaqa nizomi va qoidasiga muvofiq musobaqani tashkil qiladi,
tayyorgarlik ko`radi va o`tkazadi.
2. Musobaqa jadvali kunlari va soatlari bo`yicha tuziladi.
3. Hakamlar brigadasi ishlarni taqsimlab beradi.
4. Zarur hujjatlarni tayyorlaydi va yozib boradi.
5. Musobaqaning zarur shartlaridan biri tibbiy kurik ishtirokchi va
tomoshabinlarni xavfsizlik choralarini tashkil qilish va ko`rishdan iborat.
Musobaqa tashkil qilish va o`tkazishda asosiy ishlarni hakamlar brigadasi
amalga oshiradi. Startyor va uning yordamchilari start beradi, ishtirokchilar start
signalidan oldin yugurib ketmasliklari, startda to`g`ri harakatlanishini ta’minlaydi.
Marradagi hakamlar ishtirokchilarning marraga kelganlari tartibini aniqlaydi.
O`rta va uzoq masofaga yuguruvchilarni aylanish hisobini sanaydi; marradagi
ishtirokchilar oralig`ani aniqlaydi.
Masofa bo`yicha hakamlar to`siqlardan va estafeta bosqichlarida yugurish
qoidasini buzganliklarni belgilaydi, ularga so`nggi hal qilish huquqi berilmaydi.
Xronometrist hakam ishgirokchilarni masofani bosib o`tash vaqtini aniqlaydi.
Sakrash va itqitishdagi hakamlar brigadasi katga hakam, ulchovchi hakam va
kotibdan iborat bo`ladi. Musobaqani sakrash va irg`itish sektorlarida tashkil klladi
va o`tkazadi.
Dostları ilə paylaş: