1-Mavzu: Musobaqa turlari. Reja


Musobaqalarni tayyorlash, uning nizomi hamda sistemasi



Yüklə 299,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix24.11.2022
ölçüsü299,49 Kb.
#70174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-МАВЗУ

Musobaqalarni tayyorlash, uning nizomi hamda sistemasi. 
Musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish ularni tayyorlash darajasi qanday 
bo‘lganligiga bevosita bog‘liqdir. 
Tayyorgarlik ishlariga hujjatlarni tayyorlash (ishlab chiqish), musobaqa 
o‘tkaziladigan joylarni tayyorlash, qatnashuvchi jamoalar bilan ish olib borish va 
shu kabilar kiradi. 
Har bir musobaqaga tayyorgarlik unga nizom tuzish bilan boshlanadi. Nizom 
musobaqa o‘tkazishda asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. U yoki bu tashkilot Nizomni 
oldindan aniq bilishi, unga o‘quv-trenirovka ishlarini to‘g‘ri rejalashtirishiga 
yordam beradi. SHuning uchun Nizomni o‘z vaqtida qatnashuvchi tashkilotlarga 
oldindan yuborishlari o‘ta zarur. 
Nizom musobaqani o‘tkazuvchi sport tashkiloti tomonidan tuziladi, hamda 
quyidagilarni ifodalaydi: 
1. 
Musobaqaning maqsadi va vazifalari. Ular quyidagilardan iborat 
bo‘lishi mumkin: 
a) o‘quv-trenirovka ishlarining yakunini tekshirish; 
b) basketbolchilarning tayyorgarligini tekshirish va kuchlilarni aniqlash
v) sportchilarning sistemali ravishda trenirovka qilishga va sport mahoratlarini 
oshirishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish; 
g) basketbol o‘yinini omma o‘rtasida keng yoyish va boshqalar. 
Musobaqalarni o‘tkazish joyi va vaqti. Musobaqa o‘tkaziladigan shahar (baza) 
ko‘rsatiladi va kunlari belgilanadi. 
2. 
Musobaqani boshqarish. Musobaqani tashkil qiluvchilar qaysi 
tashkilotligi, rahbarlari, hakamlar hay’ati va ularni tasdiklovchi tashkilot 
ko‘rsatiladi; 


3. 
Musobaqalarda qatnashuvchi tashkilotlar va sportchilar. Musobaqada 
qatnashuvchi jamoalar soni va nomi ko‘rsatiladi; talabnoma (zayavka)ga 
kiritiladigan qatnashuvchilarning ko‘pi bilan qancha bo‘lishligi, ya’ni soni, yoshi va 
ularni malakasi belgilanadi. 
4. 
Musobaqalarni o‘tkazish shartlari. Qur’a tashlash vaqti, joyi va uning 
asosiy prinsiplari (tamoyillari) ma’lum qilinadi. Musobaqa qaysi o‘yin sistemasi 
(aylanma, chiqib ketish, aralash) bo‘yicha o‘tkazilishi ko‘rsatiladi. 
5. 
Norozilik (protest)larni taqdim etish shartlari va ularni ko‘rib chiqish 
tartibi. 
6. 
Jamoalarni va qatnashuvchilarni mukofotlash. G‘olib jamoa va 
sovrindorlarni mukofotlash, estaliklar taqdim qilish ko‘rsatiladi. 
7. 
Jamoalarni qabul qilib olish. Agar musobaqalar sportchilarning doimiy 
turar joylarida o‘tkazilmasa, uholda mablag‘ ajratuvchi tashkilot, kelish va ketish 
muddatlari, joylashtirish hamda ovkatlantirish qanday tashkil etilishi ko‘rsatiladi. 
8. 
Talabnoma (zayavka)ni va qayta talabnomani taqdim etish turlari va 
vaqti, jamoalar va qatnashuvchilarni rasmiylashtirish (pasport, reyting daftarchasi, 
klassifikatsiya bileti, talabalik guvohnomasini taqdim qilish) tartibi.
Nizom tuzilgandan so‘ng musobaqani o‘tkazish uchun ketadigan mablag‘ 
smetasi tuziladi. Unga asoslanib mazkur musobaqani o‘tkazadigan tashkilotlar pul 
vositalarini ajratadi. 
Smeta tuzilganda quyidagilar ko‘rsatiladi: 
1. 
Musobaqa nomi 
2. 
O‘tkazish vaqti va joyi 
3. 
Hakamlarning soni va ish haqi 
4. 
Qatnashuvchilar 
soni 
(shu 
jumladan 
boshqa 
shaharlardan 
kelganlar) ularni joylashtirish, ovqatlantirish va yo‘l harajatiga ketadigan mablag‘. 
5. 
Musobaqa o‘tkazish joyini ijarasi. 
6. 
Mehmonxona ijarasi. 
7. 
Musobaqa o‘tkaziladigan joyni badiiy bezatish uchun ketadigan harajat. 
8. 
Afisha, dasturlar, qaydnomalar va yozish-chizish uchun kerakli qog‘oz, 
qalam, ruchka va shu kabilar harajati. 
9. 
Diplom, esdalik sovg‘alar, mukofotlar va shu kabilarga sarf bo‘ladigan 
harajat. 
Transportga ketadigan harajat. 
10. 
Xizmat ko‘rsatuvchi hodimlar uchun harajat (ishchilar, farroshlar, 
tibbiy hodimlar). 

Yüklə 299,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin