Yirik musobaqalarni o‘tkazish uchun, barcha tadbirlarni bevosita musobaqa
o‘tkazadigan joyda 5-7 kishidan iborat tashkiliy qo‘mita tashkil qiladi. Uning
vazifasiga musobaqa o‘tkaziladigan joyni tanlash va jihozlash, asbob-anjomlarni
tayyorlash, trenirovka va joylashish joylarini aniqlash, ovqatlanishni tashkil qilish,
kotiblarni komplektlash, musobaqa oldidan xabar berish kiradi. Musobaqadan oldin
xabar berish gazeta, radio, televidenie orqali musobaqa o‘tkaziladigan joy, vaqt va
qatnashchilar to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi. Afishalarni, dasturlarni,
qatnashchilar uchun chiptalarni oldindan tayyorlab qo‘yish kerak.
Musobaqa o‘tkaziladigan joy shiorlar, plakatlar, jadvallar bilan chiroyli
bezatilgan bo‘lishi kerak. Uning yonida qatnashchilar va hakamlar uchun xona, issiq
suvi bor dush, shifokorlar xonasi bo‘lishi lozim. Musobaqa o‘tkaziladigan joy
radiolashtirilgan bo‘lishi kerak. YUqorida qayd etilganlarni bo‘lishi musobaqalarni
muvoffaqiyatli o‘tkazilishiga kafolat beradi.
Musobaqa qatnashchilari bilan o‘tkaziladigan ishlarga quyidagilar kiradi:
qatnashchilarni qabul qilib olish va joylashtirish;
musobaqaga qo‘yish uchun tayinlangan mandat komissiyasining ishi;
vakillar maslahati;
hakamlar kollegiyasining maslahati.
Qatnashchilarni qabul qilish va joylashtirishga tashkiliy qo‘mita vakili rahbarlik
qiladi. Agar qatnashchilar biron-bir sababga ko‘ra kutib olinmasa, aeroportda va
temir yo‘l vokzalida ular, ya’ni mehmonlar, qaerga kelishi lozimligi to‘g‘risida,
e’lonlar bo‘lishi shart. Musobaqada xizmat qiladigan hakamlar musobaqa
qatnashchilaridan alohida joyda joylashtirilishi kerak.
Musobaqaga qatnashish uchun qo‘yish masalasi nizomga muvofiq mandat
komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Musobaqaga qo‘yish javobgarligini o‘z zimmasiga bosh hakam, musobaqa
bosh vrachi va mandat komissiya vakili oladilar. Musobaqalarda basketbol rasmiy
qoidalariga rioya qilinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: