1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


-mavzu. Aqli zaiflik va aqliy rivojlanish sustlashuvining kelib chiqish sabablari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə87/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

28-mavzu. Aqli zaiflik va aqliy rivojlanish sustlashuvining kelib chiqish sabablari
Reja:
1. Aqli zaiflik oqibatida kelib chiquvchi kasalliklar.
2. Kelib chiqish sabablari.
Mikorsefaliya aqli zaiflikning klinik shakllaridan biri bo‘!ib, kalla suyagining kichikligi, tana tuzilishining displastikligi va chuqur

darajadagi aqli zaiflik bilan belgilanadi.


Etiologiya va patogenezi. Kasallikning kelib chiqishida embrion rivojlanishining erta davrida nasliy anomal holatlar,infeksiya va intoksikatsiyalar jismoniy jarohotlar, nur va kimyoviy moddalarning ta’siri natijasida kelib chiqadi.
Patologoanotomik та 'lumotlar kasallik ikki xil ko‘rinishga ega; haqiqiy va yolg‘on. Haqiqiy mikrotsefaliyada zararlanish ilk embrion rivojlanish davrida bo‘lib o‘tadi va bosh miyaning patologiyasini keltirib chiqaradi.
Yolg’on yoki serebropatik mikrotsefaliya,bosh miyaning erta bo‘lib o‘tgan kasalliklari natijasida pay do bo‘ladi.
Mikrotsefaliyaning xarakterli xususiyatlaridan biri bosh miya strukturalaridagi qo‘pol buzilishlar ya’ni po’stloq egatlarining yaxshi rivojlanmaganligi, gistologik tomondan miya hujayralarining to‘liq yetilmaganligi, hujayralar qatorining buzilganligi bilan e’tirof etiladi.
Mikrotsefaliyada bosh miya og‘irligi 200-250 dan 400g tashkil etadi.
Jismoniy holati. Mikrotsefal bolada ham jismoniy va aqliy qoloqlik bo‘lib, tanaga nisbatan qo‘l va oyoqlar uzun, tana tuzilishi displastik. Tik yurishi qo‘loyoqlardagi mushak tonuslarining qisqarishi hisobiga ancha qo‘pol va ishonchsiz. Ichki organlar tomonidan hech qanday patologiyalar uchramaydi. Kamdan-kam hollarda yurak paroglari yoki ichak anomaliyalari bo‘lishi mumkin.
New sistemasi holati. Mikrotsefal bolada yuz va til osti nervining parezi, g‘ilaylik, pay va bo‘g‘im reflekslarining ortib ketishi, muvozanatni tutib tura olmaslik
holatlari uchraydi. Bosh miya nervlari tomondan barcha faoliyatlarning ayniqsa qo‘loyoqning parezi uchraydi. Bundan tashqari og‘riq va taktil sezgilarning idrok etish qobiliyati ham zaiflashadi.
Ruhiy holati. Mikrotsefal bolada og‘ir aqli zaiflik bo’Iib, o‘rtacha og'irlik va chuhurlashgan darajani tashkil etadi.
Ruhiy faoliyatning to‘liq shakillanmaganligi, mikrotsefallarni ikki guruhga bo‘linishini talab etadi. Birinchi guruhdagilar bo‘shashgan, apatik, va lanj. Ulardagi harakatlar o‘zining kambag‘alligi va cheklanganligi bilan ajralib turadi.
Ikkinchi turdagi bolalar uchun, o‘ta qo‘zg‘aluvchan impulsiv agressiv harakatlari doimiy va maqsadsiz. Imo-ishora harakatlari o‘ta rivojlangan.
Tashqi taassurotga beriluchan va xuddi shu o‘rinda chalg‘uvchan.
Barcha mikrotsefal bolalarda xotira va tasavvur faoliyati cheklanganligi bilan ajralib turadi.
Kuzatuvdan namunalar...
N.Zebo, 14yoshda
Muruvvat uyiga jismoniy va ruhiy tomondan orqada qolish bilan shikoyat qilib tushgan.
Anamnez та'lumotlari.
Onasi 30 yoshda, hech qaerda ishlamaydi. Otasi 32 yoshda bo‘lib epilipsiya bilan og‘riydi.
Uy sharoiti tinch bo‘ lib oilada 6 ta farzand bo‘lib, tekshiruvchi 5chi homiladorlikdan bo‘lib, budan tashqari barcha farzandlar sog‘lom.
Zeboga bo‘lgan xomiladorlikda onada hech qanday toksikozlar bo‘lmagan. Tug'ruq oz vaqtida bo‘lib tug‘ilgan zahoti bola darhol qichqirgan, tug‘ruq xonadan 7 chi kuni qoniqarli holatda chiqarilgan 10 oylik bo'lgunicha ona suti bilan boqilgan. So‘ng qo‘shimcha ovqatlantirilgan. Ilk rivojlanishi ancha orqada qolgan: gu-gulash davri kechiqqan, uzoq vaqtgacha onasini tanimadi, o‘yinchoqlar bilan qiziqmadi.
2 oyligida qattiq tovush ta’sirida ko‘karish paydo bo'ldi. Ko‘karish doimiy holatga aylandi.
4 yoshda yurishni boshladi, nutqi kech rivojlandi.
Jismoniy holati
Tana tuzilishi astenik. Ovqatlanishi sust. Kalla suyagi normaga nisbatan juda ham kichik. Quloq suprasi deformatsiyalangan.
Nerv sistemasi holati
Ko‘z qorachigMari yaqin joylashgan, yuz mushaklari assemetrik joylashgan. Harakatlari beo'hshov va qo‘pol.
Ruhiy holati
Muloqotga kam kirishuvchan, tashqi taassurotga kam beriluvehan hech narsaga qiziqish bildirmaydi. Ba’zan emotsional ko‘zg‘aluvchan va shilqim. Nutqi yo‘q.
Xulosa
Jismoniy holati, harakat hamda aqliy faoliyat kamchiliklarini inobatga olib mikrotsefaliyaning chuqur darajasidagi aqli zaiflik deb hulosaladik.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin