Oligojreniyani tasniflash. Bolalar aqli zaifligini ko'p yillar davomida o’rganib olingan ma’lumotlardan sistemalashtirishga o‘ziga xos sabablarda guruhlashga urindilar. Lekin oligofreniyani tasviflashda yangi muammolar to'sqinlik qilaveradi.
Shuni qayd etishimiz kerakki, bolalar aqli zaifligi sohasidagi muvafaqqiyatlar ko‘p hollarda boshqa fanlarning rivojlanish darajasi bu aniqlaniladi. Hozirgi paytda boshqa fanlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilgan bo‘lsa, hali ham aniq javoblar topilgani yo‘q. Bu aqli zaiflikning etiologiyasi. patagenezi, klinikasiga bog'liq.
Dastawal bolalar aqli zaifligini o'rganish bu shifokorlar shug‘ullanishgan klinik sharoitda ruhiy faoliyatning zararlanishi og‘ir darajadagi buzilishlarga ega bo‘lgan bolalar o‘ziga xos xususiyatlari haqida ayrim fikrlar bildirishga imkon yaratildi (Eskirol, Vuazen va boshqalar).
Tarixdan olingan ayrim ma’limotlarga qaraganda aqli zaiflik namoyon bo‘lgan. Birinchi kasallik kretinizm termini bilan ifodalangan. Bu kasallikni sinchiklab tekshirishlar o‘tkazildi. Keyinchalik bu kasallik endokrin sistemasining buzilishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Keyinchalik bolalar aqli zaifligining boshqa shakllarida ta’riflash boshlandi.
Eskirol intelektining zararlanishning og‘ir shakllaridan tasviflab berdi. Ularning orasidan idiotlik va intelektning kamroq namoyon bo'ladigan aqli zaiflikka ajratib berdi. Eskirol bolalar aqli zaifligini yorqin ta’riflab berdi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib berdi. U miyaning zararlanishi tug‘ma va keyinchalik hayot davomida orttirilgan holatlarni ajratib berdi. Muallifning ta’kidlashicha, tug‘ma va orttirilgan aqli zaiflik o‘rtasida farqlar juda katta bo‘ladi. Shu tariqa Eskirol aqli zaiflikning oligofreniya va demensiya kabilami ajratib berdi.
Aqli zaif bolalar bolalarni o'rganish jarayonida Eskirol ularda nutq rivojlanish darajasini o'ziga xosligiga ahamiyat bergan. Uning fikricha, nutqiy nuqson bolaning ruhiy rivojlanish jarayoniga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Eskirol ikkita omilni o‘z tasnifiga asos qilib oladi: ruhiy faoliyatning o‘z tasnifiga asos qilib oladi: ruhiy faoliyatning zararlanish darajasi va nutq funksiyasining holati.
Ruhiy faoliyatning zararlanishini Eskirol ikkita kategoriyasini ajratib berdi: idiotizm va aqli zaiflik, har bir kategoriyaning nutq holatiga qarab quyidagilarga bo‘Idi: idiotizmda nutq yo‘q, faqat shovqin, boshqa holatlarda alohida bo‘g‘in so‘z va iboralatdan iborat bo’libadi, aqli zaiflikda esa nutq bor, lug'ati chegarlangan bo‘ladi.
Burnevill idiot bolalarni o'rganib, bu bolalarda ruhiyati zararlanishining o‘rta darajaga ega ekanligini aniqladi. Bu bolalar bilan maxsus ishlarni olib borish jarayonida ularning rivojlanishida sezilarli darajadagi o’zgarishlarni ko‘rish mumkin. Burnevill XIX asr boshlarida bu guruh bolalaridan imbesillik terminini qo‘llashni taqlif qiladi.
XIX asrning o‘rtalarida Leyzaj intellektning yengil zararlanish holatini “debillik” terminini ishlatdi. Aqliy faoliyati buzilgan bolalarning klinik ma’lumotlar asta-sekinlik bilan to‘plangan. Nuqsonlarni o‘rganish II bosqichida har bir tadqiqotchi o‘z tasnifini ishlab chiqishda nuqsonning kelib chiqishida 1-2 ta sabablarni hisobga olgan ho Ida tuzish mumkin deb hisoblashgan. Vuazen bu bolalarning asosiy buzilishlarini instruktiv faoliyatining namoyon bo'lish darajasiga bog‘liq bo‘ladi deb hisoblaydi.
Keyinchalik Segen, Geller, Solelar aqli zaiflikda iroda, diqqat xohishlarning zaifligiga katta ahamiyat bera boshladilar. Masalan, Sole idiotlarda diqqat bo'lmaydi. imbesillarda diqqat boshlang‘ich holatda, debillarda diqqat kuchsiz bo‘ladi.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida sanoat sohasi rivojlanishi munosabati bilan aholining savodini oshirish masalasi yuzasidan savollar tug‘ ildi. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqsadida maktab tarmoqlari kengaytirildi, umumtalim dasturlari ishlab chiqildi. Ta’lim jarayonida qo‘yilgan talablarni uddalay olmayotgan bolalar aniqlanib ularni ulgurmovchi o‘quvchilar qatoriga qo‘shib qo‘yildi. Bu bolalarni o‘rganishda psihologlar faol ishtirok etishdi. Bine va Simonlar turli xil yoshdagi bolalarning intellektual darajasini turli xil tekshirish metodlarini ishlab chiqildi. Ulgurmovchi bolalar tekshirilib intellektning rivojlanish koeffitsenti aniqlangan va bolalar maktabda o‘qishda yuzaga kelayotgan muammmolarni yechishga oid ishlar amalga oshirilgan.
Bolalar tekshirishning bu metodikasini o‘zini oqlamadi. Chunki bu metod bolalarning intellektiga ob’ektiv baho berish ishonchini bermaydi.
Krepelin bolalarni ta’lim olish imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘z tasnifini ishlab chiqdi. Uning xizmati shundan iborat bo‘ldiki, u o'sha davrda ma’lum bo‘lgan simptomlar tug‘ma va orttirilgan aqli zaiflikni oligofreniya nomi ostida bitta guruhga birlashtirdi. '‘Idiotlik”, “Imbesillik”, ‘‘debillik” terminlarini intellektual faoliyatning zararlanish darajalari sifatida ishlatdi.
Shu tariqa oligofreniya bolalari maxsus maktabda yengillashtirilgan dastur asosida ta’lim olishlari mumkin. Imbesil bolalar esa ta’limda kam qobiliyatlar, lekin ularning ayrimlari maxsus sinfda boshlang‘ich savodni egallashlari mumkin. Shu bilan birga ular unchalik murakkab bo‘lmagan, mehnat jarayonlarini egallashlari mumkin. Idiot darajasidagi oligofren bolalar umuman mehnat va ta’limni egallay olmaydilar. Ular uchun maxsus internatlarda davolovchi tarbiyalovchi tadbirlar amalga oshiriladi.
Bolalar aqli zaifligining boshqa turdagi tasniflar ham bo‘lgan. Ayrim olimlar o‘z tasniflarining asosiga anatomik tamoyilini qo‘yadilar. (Tomashevskiy, Ayrlend, Grizenger, Burnevil va boshqalar)
Masalan, Burnevill klassifikasiyasiga ko'ra idiotlar miyasining tuzilishini patalogik o‘zgarishi xarakteriga ko‘ra quyidagi shakllarni ajratgan:
gidrotsefaliya.
mikrotsefaliya
c) miya burmalarining rivojlanishining to‘xtashidan kelib chiqqan idiotlik.
d) miya bo‘limlarining tug‘ma yo‘qligi bilan bog'liq bo‘lgan idiotlik.
e) miyaning gipertronik sklerozi natijasida yuzaga kelgan idiotlik.
f) bosh miyaning atrofik sklerozi natijasida yuzaga kelgan idiotlik.
g) meningit, yensifalitdan keyingi idiotlik.
j) miksedemadan keyingi idiotlik.
Lekin miya tuzilishining qo'pol o‘zgarishlari hamma vaqt ham patologiyani yuzaga keltirmaydi; aqli zaiflikning keyingi darajalari uchun spesifikdir.
Aqli zaif bolalarni keyingi kuzatishlari natijasida yig‘ilgan ma’lumotlarning ko'rsatishicha, ularda ayrim rivojlanishlar kuzatilishi mumkin. Keyinchalik aqli zaiflarning rivojlanish imkoniyatining “chegarasi’'ni aniqlashga doir ishlar paydo bo‘ldi (Demor, Kreplin, A.S.Griboedov va boshqalar) ayrim mualliflar aqli zaiflarning rivojlanish imkoniyatlarini normal aspektlarda qiyoslashgan. Masalan, Damorning fikricha, idiot bolalar o'zlarining rivojlanish jarayonida 2 yoshli normal bolaning rivojlanish darajasiga erishishi mumkin, imbesil 6 yoshli, debil esa 12 yoshli bolaning rivojlanish darajasiga teng bo'ladi. Krepelin esa aqli zaiflikni bu kategoriyalari yana ham yuqori darajada rivojlanishi mumkin. Bunday tasniflashlar ilmiy jihatdan to‘g‘ri kelmagan, yuzaki va amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan.
Oligofreniya muammolariga oid yangi axborotlarni to‘planishi natijasida, bir necha belgilarga asoslangan tasniflar yuzaga kela boshladi. Tredgold o‘z tasnifini etiopatogenik va klinik ma’ lumotlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqdi, shu bilan birga u etiologik omillarni birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘linadi. Oligofreniyaning klinik normalarining, birlamchi oligofreniyada endogen nasliy etiologiyali bo‘lsa ikkilamchi oligofreniya esa, endokrin buzilishlar ovqatlanishning buzilishlaridan kelib chiqadi degan hulosa keldi. Djervis etiologik omillardan kelib chiqqan holda oligofreniyani endogen ya’ni nasliy omillar bilan bog‘liq bo‘lgan va ekzogen infeksiya, intoksikasiya jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan turlarini ajratgan. Key in esa oligofreniyaning har bir turiga tavsif berishgan.
Ayrim olimlar oligofreniyaning patogenezida ichki sekresiya bezlarining buzilishlariga katta ahamiyat berishgan. Sante de Sanktis oligofreniyaning hamma holatlarini 2 guruhga ajratadi: birinchisiga MNS ning zararlanishi bilan bog‘liq boigan, ikkinchisiga endokrin sistemaning zararlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan guruhlar. Bu tasnifni S.Sandi, D.A.Azbukin va boshqalar qo‘llab-quvvatlashgan.
Professor D.A.Azbukinning fikricha, oligofreniya guruhidan bir qator o‘xshash holatlarni chiqarib tashlash kerak. Bu holatlar quyidagilardan iborat: pedogogik qarovsiz bolalar, somatik zaiflashuv, psixologik rivojlanishning vaqtinchalik sekinlashishi (imbesil bolalar), ma’lum bir qobiliyatlarning lokal buzilishlari (aritmosteniya. Grafosteniya, legastaniya), demensiya (shizofreniyaning oddiy holati, Epilipsiyaning yashirin shakllari).
Oligofrenlarni ijtimoiy jihatdan ya’ni o‘z-o’zlarini ta’minlay olish layoqatiga qarab ham tasniflashga urinishlar bo‘lgan. Bleyoler oligofrenlarning ijtimoiy jihatdan foydaliligi darajasini ham hisobga olish zarurligini ta’kidlab o‘tgan. Hozirgi kunda ayrim keltirilgan klassifikasiyalar eskirib qoldi va ilmning zamonaviy rivojlanish darajasiga mos kelmaydi, lekin o‘z davrida bu tasniflar oligofreniyani o‘rganishda ma’lum bir ahamiyatga ega bo‘lgan, shuni hisobga olishimiz kerakki, fiziologiya, bioximiya, biologiya, genetika va boshqa sohalardagi bir qator erishilgan yutuqlar oligofreniyaning etiologiya va patogenezi haqida ayrim ma'lumotlarni aniqlashga yordam beradi. Bu ma’lumotlar oligofreniyada miyaning anomal rivojlanishi va miyaning tuzilishining shakllanishi buzilishi kuzatilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Nevrofiziologiyaning rivojlanishi natijasida oligofrenlarning oliy nerv faoliyatini ob’ektiv o‘rganishga zamin yaratib beradi.
M.S.Pevzner tomonidan ko‘rsatilgan tasnifda etiologik, fiziologik, klinik ma’lumotlar hisobga olingan. M.S.Pevzner oligofren bolalarni qo'zg‘alish yoki tormozlanish jarayonlarning patologik jihatdan ustunlik qilishga qarab ajratgan, bu esa ularning shaxs hususiyatlari va o‘zini tutishida namoyon bo‘ladi. Oligofrenlarda asosiy nerv jarayonlarining sustligi xos bo‘lib, miyaning murakkab funksional sistemalarini shakllanishida qiyinchilik tug‘diradi, shunga ko‘ra ularda bilish faoliyatida nuqsonlar aniqlanadi.
M.S.Pevzner oligoffenlar orasidan patologik holatlarning markazida turuvchi bilish faoliyatlarining murakkab jarayonlarining nuqsonlari mavjud bo‘lgan, lekin ruhiy-iroda sohasida hech qanday nuqsonli yo'q ma’lum bir analizatorlardagi sohalar defektga ega bo‘lgan bolalarni ajratib berdi (engil shakl). M.S.Pevzner boshqa shaklga quyidagi holatlarni kiritdi, ruhiy nuqsonlar bilan birgalikda keluvchi o‘zini tuta bilish kamchiliklari, ruhiy iroda sihasidagi og‘ir nuqsonlar ma’lum bir analizatorlar sohasidagi lokal defektlar (nutq nuqsonlari, eshitish nuqsonlari, mayda qo‘l motorikalarining rivojlanmaganligi va boshqalar). Muallif oligofreniyaning maxsus variantini ajratadi, ularga xos hususiyat shuki, bilish faoliyati bilan birgalikda
bosh miyaning peshona bo’libimining buzilishi bilan bog’liq bo‘lgan murakkab shaxs nuqsonlari ham qo‘shiladi.
O.E.Freyerovning, ayrim chet el olimlarining oligofrenlarni ruhiy ma’ lumotlarga asoslanib tasniflash g'ova lari xato ekanligini ta'kidlaydi. Masalan, oligofrenlarni jinsiy tomondan o‘ziga tormaydigan, urishqoq, o‘ziga ishongan, tirishqoq va boshqa shakllariga bo‘lish mumkin deb K.Shneyder hisoblagan. Bunday bo‘lish noto‘g‘ri, chunki, sogMom bolalarni ham shunday guruhlarga bo‘lish mumkin.
O.E.Freyerov klinik tasnif tuzish uchun oligofrenlarning patofiziologik hususiyatlarini bilish kerak. Psixiatriyada oligofrenlarni qo'zg'aluvchan va tormozlangan tiplarga bo‘lgan, bunday bo‘lish klinik tasnifni tuzishda asos bo‘ladi. Freyerov oligofrenlarning bir necha guruhini ajratadi: birinchi guruhni giperdinamik oligofreniya deb ataydi. Bu guruh bolalariga aqliy nuqson bilan bir qatorda, iroda buzilishlari, tormozlanish jarayonlarining sustligi. Bu guruhni 2 guruhchaga bo’libadi:
guruhga eksploziv distimik sindromli oligofrenlarni kiritdi. Bu guruhdagi oligofrenlarda intellektual nuqsonlar, tormozlanish, impulsivlik turg‘un emas, qayfiyatning tez tez o‘zgarib turishi, ishtiyoqning pastligi ustunlik qiladi. Janjal va bahslarga tez kirishadilar.
guruhga kiritilgan oligofrenlarda ko‘tarinki qayfiyat, tormozlanish holati, bolalarga xos jinnilik holatlari kuzatiladi. Ular ko‘pincha ko‘p va qattiq kuladilar, o‘rinsiz masharabozlik va hazil qiladilar. Ko‘pincha ularning harakatlarida masharabozlik elementlari va bu harakatlarni atrofdagilarga ko‘rsatish holatlari kuzatiladi.
2-guruhdagilar adinamikdirlar klinik simptomlari jihatdan 1-guruhga qaramaqarshidir. Bu guruhdagi oligofrenlarda umumiy harakat va ruhiy tormozlanish xosdir. Вu guruh ham 2 ta guruhga bo‘linadi:
1-guruh uchun xos bo‘lgan belgilar: sustlik. Lanjlik, atrof olamga e’tiborsizlik. Ruhiy jarayonlar sur’ati sekinlashgan, iroda impulsi sezilarli darajada zaiflashgan. 2guruhdagi oligofrenlarda adinamik holat yaqqol ko‘zga tashlanadi.
D.E.Melexov ruhiy iroda sohasidagi siljishlarga katta ahamiyat bergan, lokal deffektlarning rolini ham hisobga olgan. Chet el tadqiqotchilari tomonidan tuzilgan bir qator tasniflar (Tredlogt, Xoler, Djervis) bir-biridan bir umumiy belgi bilan farq qilgan. G.E.Suxaryovaning fikricha, bu tasniflar mualliflari dalillarsiz “oligofreniya” tushunchasini kengaytirishgan. Ular oligofreniya guruhiga neyropsixik kasalliklar va vaqtinchalik rivojlanishdan orqada qolishni kiritadilar.
Sovet psixonevrologiyasi “oligofreniya” terminini tor ma’noda tushunishgan. Ular tomondan faqatgina hayotning boshlang‘ich rivojlanish davrida biror-bir kasallik asorati natijasida kelib chiqqan aqliy nuqsonlarni ko‘rsatib o'tganlar.
G.E.Suxaryova o‘zining tasnifida 3 ta mezonni hisobga oladi: sabablar, zararlanish vaqti (ya’ni, miyaning rivojlanishining qaysi davrida patogen omilning ta’siri), harakatning klinik hususiyatlari, bu uchta mezonga asoslanib, oligofreniyaning klinik holatlari 3 ta guruhga bo’libinadi. 1-guruhga irsiyatga yomon faktorlarning ta’siri natijasida kelib chiqqan kasalliklarning Daun kasalligi, mikrotsefaliya, moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqqan oligofreniya (galoktosemiya) teri va suyak kasalliklari bilan birga keladigan aqli zaiflik.
guruhga homilaga turli xil faktorlarning ta’siri natijasida kelib chiqqan oligofreniya. Qizilcha, gripp, sifilis, toksoplazmos kabi turli xil infeksiyalar patogen faktor bo‘lishi mumkin. Ona organizmidagi toksoplazmos va garmonlarning ta’siri, chaqaloqlarning gemolitik kasalliklari ham oligofreniyaga sabab bo’ladi.
guruhga tug‘ruqning og‘ir kechishi va neyroinfeksiyalar (meningit, meningoensifalit) bolalik davrida bosh miya suyaqlarining jarohatlanishi natijasida kelib chiqqan oligofreniyani kiritganlar. Keltirilgan tasniflar bu murakkab muammoni ishlab chiqishda boshlang‘ich bosqich hisoblanib, bu kelajakda yanada o’rganishga muhtoj. Oligofreniyaning ayrim shakllari kamdan-kam kuzatiladi. Ayniqsa, yordamchi maktablarda bunday oligofreniyaning shakllari kam uchraydi. Oligofreniyaning ayrim shakllariga klinik tasnif berish kerak chunki ular pedogogdefektolog amaliyotida ko‘p uchraydi. Bu shakllarni tasniflashda G.E.Suxaryovaning tasnifiga tayanamiz.
Aqlizaiflik alomatlari ko‘rinmasa ham, maktab dasturini o‘zlashtira olmaydigan bolalarni yordamchi maktabga o‘tkazib yuborish hollari uchrab turadi.
Davomati yomon, bo‘shang (passiv), o‘qish, yozish. hisoblash kabi malakalarni o‘zlashtirishga xafsalasi kamroq bo‘lishga qaramay, ularda aqli zaiflik alomatlari bo‘lmaydi. Bunday bolalar yoshi kattalasha borib va ulg’aya boshlagan sari psixik faoliyati ham rivojlanadi va tez kunlarda o‘z tengdoshlariga yetib oladi. Ko‘p hollarda bunday bolalar aqli zaiflikni yetarlicha namoyon qila olmasligi dars jarayonida bilinadi. Yangi mavzularni boshqa o‘z oiladagi ijtimoiy omillar katta ta’sir ko‘rsatadi ya’ni oiladagi to's-to'palon. baqir-chaqirlar, janjallar, ota-onaning ajralishi, qarovsiz qolib ketish bola psixikasiga salbiy ta’sir etadi.
Hozirgi kunda ham avqtincha yoki sekinroq psixik rivoj topgan bolalarni xaqiqiy aqli zaif bolalardan farq qila olish muhim . Ko‘pgina maktablarda davomati qoniqarsiz bo'lgan bolalarni aqli zaifga chiqarib. yordamchi maktablarga o‘tkazib yuborish hollari uchrab turadi. Bunday masalalarni malakali shifokorlar va pedagoglar yordami bilangina to‘g‘ri xal qilish lozim.
О‘zlashtira olmaslik va aqtizaiflik.
Albatta, ilm asoslarini chuqur egallayotgan o'quvchilarni aql-zakovati ham yuqori darajada deb baholashga to‘la xaqqimiz bor. Lekin, davomati qoniqarsiz bo‘lgan bolalarni idrok, aql-zakovati past deb baholash to‘g‘rimikan? So‘zsiz bunday fikrlash juda noto‘g‘ri! Aqlizaiflik (klinik ma’noda) juda qoniqarsiz o‘zlashtirishning bir ko‘rinishi, holos. Ko‘pgina olimlar ma’lumotiga qaraganda bolaning qoniqarsiz bilim o‘zlashtirishiga ko‘p omillar sabab bo‘larkan. Ulardan birinchisi nobop oilaviy sharoit. Chunki, endi bola kattalar yordamiga, ayniqsa ota-ona yordamiga muhtoj. Afsuski, ba’zi bir oilalarda bola nazoratsiz qoladi,ba’zi oilalarda janjal, ichkilikbozlik, to‘palon kabi illatlarga guvoh bo‘lib boradi. Oqibatda bunday bola ko‘chada daydib yuradi, o‘z tengqurlari bilan janjal chiqaradi va oxiri ko‘cha “tarbiyasini” olaboshlaydi. Natijada o‘zi beparvolik, ma’sulyatsizlik, dangasalik kabi sifatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Asta sekin darsga qatnashishga, maktabga borishga ham beparvo boiib qoladi, ko‘p darslarga kelmay qoladi. Natijada darslarni o‘zlashtirish og‘irlashadi. Davomat sustligini boshqa sabablari ham bor. Masalan, yashash joylarini tez-tez o‘zgarib turishi. Bunday ko‘chib o‘tishlarda, so‘zsiz, bola ko‘p darslarga qatnasha olmaydi, o‘qituvchilari ham o‘zgargan. Shu davrda o'zlashtira olmagan darslar asorati (o‘sha mavzularni bilmasligi) bir umrga ham qolishi mumkin. Ana shu sabablarga ko‘ra o‘zlashtirish qoniqarsiz bo‘lgan bolalarni aqlizaiflik deyish mumkinmi? Albatta, yo'q! Bu holatlar, bolalar tarbiyasidagi ijtimoiy va pedogogik kamchiliklar hisoblanadi.
O‘zlashtirishi qoniqarsiz bo‘!gan bolalar orasida shundaylari ham bo‘ladiki, ular fanni yoki san’atni ma’lum sohalariga shta ishtiyoq bilan qiziqib (masalan, radio, foto, televizor, rasm, ganch, elektronika va x.k.) o'sha sohada qobiliyatli faoliyat ko‘rsatadilar. Bular orasida umumiy intizomga bo‘ysunmaydigan, o‘quvchilar bilan chiqisha olmaydiganlari ham bo‘ladi. Umumiy dasturini qoniqarsiz o‘zlashtirgani va xulqi pastligi bois uning qobiliyat va mahorat bilan qilgan ijodiy ishlari ko‘pincha yetarli darajada qo‘llab-quvvatlanmaydi va qadriga yetishmaydi.
Qoniqarsiz o'zlashtirishda yana bir sabab ko‘p hollarda bolaning jismonan nosog‘lom bo‘lishidir. Masalan, ko‘rish, eshitish qobiliyati past bo‘lgan, ayniqsa nutq rivoji past bo‘lgan bolalarda o‘zlashtirish past bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rib o'tilgan misollarga ko‘ra maktablarda o‘zlashtirishni qoniqarsiz bo‘ lishi sabablari ham har xil. o’zlashtira olmayotgan bola bilan aqli zaif bolani tarqlay olish lozim.
Dostları ilə paylaş: |