1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə92/109
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#184527
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109
1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasinin-fayllar.org (1)

Uyg‘unsiz rivojlanish (ba 'zi bir malakani eplay olmaslik).
Maktab o‘quvchilari orasida yozish-chizishni, kitob o‘qishni yoki hisoblashni eplay olmaydiganlari ham uchrab turadi. (vaholanki ularni aql-idroki to‘la-to‘kis bo‘lishiga qaramay) Bunday bolalar qobiliyatini maktab metodtkais bilan tezatib bo‘lmaydi. Albatta, bunday holatlarni o‘qishga tirishqoqligi yo‘qligidan o‘zlashtira olmayotgan bolalar bilan adashtirish mumkin emas. Kasallikni paydo bo‘lish sabablari har turli bo‘lishi mumkin. Markazi asab sistemasining organik buzilishi natijasida bosh miya po‘stloqlarining qaysi bir sohada lokal buzilishdan, ilgariroq nutq buzilishi bo‘lganligidan, xuddi shunday nuqsonlar oila a’zolarida yoki irsiy bo‘lishi ehtimoli ham bor. Lokal buzilishlar, albatta, miya po‘stlog‘i markazi buzilgan deb tushinilmaydi, chunki fuksional sistemalarni ma’lum bir idrok bilan bajariladigan jarayonlarigina zaifligidan dalolatdir. Bunday nuqsonlar pedagogikada ma’lum bo'lgan maxsus ta’lim vositalari bilan bartaraf etiladi. Ammo umumiy maktablarda bunday ishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Bolaning jismoniy-ruhiy holati ko’riladi, qanday maxsus tibbiy-pedagogik choralar ko’rish zarurligi aniqlanadi. (ya’ni maktab-sanatoriy, sog’lomlashtirish oromgoxlari, davolash fizkulturasi va x.k). Bunday bolalar uchun ham maktablarda maxsus sinflar tashkil qilish ham maqsadga muvofiqdir.
29-mavzu. Psihogeniyalar, Nevrosteniya, Isteriya.
Reja:
1. psihogeniya haqida tushuncha.
2. Nevrosteniya haqida tushuncha.
3. Isteriya haqida tushuncha.
Tayanch sozlar, atamalar: Psihogeniya, nevrosteniya, isteriya, nevrotik sindromlar, ipohondrik sindrom, epilepsiya.
Nevrotik sindromlar. Nevrotik sindromlarga nevrastenik (astenik), isterik va absessiv (ѐpishqoq, holatlar) sindromlar ta'luqlidir. Nevrastenik (astenik) sindromlar-o‘ta charchash holatidir, tez jahli chiqish va beqaror kayfiyat vegetativ alomatlar bilan qo‘shiladi va uyqusi buziladi. O‘ta charchash holati asteniyada ishning mahsuldorligini kamayishi bilan, ayniqsa aqliy mehnatni va hofizot kuchini eslash qobiliyatini pasayishi kuzatiladi, o‘z-o‘zini oson qo‘lga olishi susayadi, ta'sirchan, sabrsiz: tutoquvchan bo‘lib qoladi, kayfiyat ezilganlik holatidan – havotir, yig‘i-sig‘igacha o‘zgarib turadi. Uyqusi yuzaki, havotirli tushlar ko‘radi, tez-tez uyg‘onadi, kunduzi mudrab yuradi. Ko‘pincha giperesteziya kuzatiladi - ѐrug‘ chiroqni, o‘tkir hid, baland tovushlarni ko‘tara olmaydi. Bemorlar bosh og‘rigadan, haѐtiy jaraѐnlarda va aqliy mehnatda uning kuchayishidan shikoyat qiladilar. Nevrasteniyaga hamma vaqt vegetativ o‘zgarishlar hamrox bo‘ladi. Ko‘pincha yurak-qon tomirlar tizimi tomonidan faoliyat o‘zgarishlari (qon bosimining tebranishi, taxikardiya, pul'sning o‘ynovchanligi, yurak sohasida nohush sezgilar, badani me'ѐr haroratda bo‘lsa ham isib ѐki sovib ketishi, kuchli ter ajratishi va boshqalar) kuzatiladi. Dispepsiya holatlari ham (ich surishi, kabziyat, yel hosil bo‘lishining ko‘payishi, ishtahaning pasayishi, vaznini yo‘qotishi, tushlarining o‘zgarishi) kuzatiladi. Erkaklarda ko‘pincha jinsiy mayl susayadi, aѐllarda hayz buzilib,jinsiy sovuqlik paydo bo‘ladi. Agar nevrasteniya ko‘rinishida tutoqib ketish, ta'sirchanlik, sabrsizlik, ichki kuchlanish, o‘zini tutib turolmaslik g‘olib kelsa, giperstenik nevrastenik deyiladi. Boshqa holatda ko‘p charchashlik, yalqovlanish, ish qobiliyatining pasayishi, ish mahsuldorligini kamayishi kuzatilsa, gipostenik nevrasteniya deyiladi. Nevrastenik (astenik) sindromda ko‘pincha ruxiyati o‘zgaradi. Psixogen hosil bo‘lgan nevrasteniyalarda zaharlanishlardan, bosh miyaning organik kasalliklaridan tuzalaѐtganida uchraydi.

Isterik sindrom. Ruhiy, vegetativ harakat va sezgi buzilishlarining alomatlari majmuasidan iboratdir.


Hissiѐtlarni kuchli namoѐn qiluvchi, tez o‘zgaruvchan simpatiya va__ antipatiya, mimika, namoyishkorona harakatlar, sun'iylik kuzatiladi. Nutq obrazli, aytilaѐtgan faktlar oshirib ko‘rsatiladi, ko‘pincha o‘ylab chiqarilgan bo‘ladi (hoxish hakikatga aylantirib gapiriladi). Bemorlar ishonuvchan va o‘z-o‘zini ishontiruvchan bo‘ladi. Ko‘pincha ko‘zg‘aluvchanlik qichqirik, yig‘i- sig‘i, qo‘llarini shaqillatish, yuzni u ѐki bu guruh mushaklari qichishi va butun tananing diffuz titrashi, kiyimlarni yirtishi, sochlarini yulishi, o‘zidan ketishi, tutqanoqlar kuzatiladi. Shu bilan birga shunday ruhiy alohidaliklar bilan birga turlicha tabiati bo‘yicha faoliyat buzilishlari: harakat parezi, oѐq- qo‘llarning falaji, giperkinez, anesteziyalar, giperesteziyalar, ko‘rlik, karlik, soqovlik, mutizm va boshqalar aniqlanishi mumkin. Isterik sindrom isterik nevrozda, shaxsning isterik taraqqiѐtida isterik psixopatiyalar, ba'zan endogen psixozlarda
(shizofreniyada), ekzogen organik kasalliklarda kuzatiladi.
Ipoxondrik sindrom. Kasal bo‘lib qolish haqida qattiq havotirlanish bilan namoѐn bo‘ladi. Bemor har xil hissiѐtlarga o‘z haѐlini jalb etadi (senestopatiya). Bemorlarning fe'l-atvorida o‘z sog‘lig‘iga o‘ta diqqat-e'tibor qilishi ko‘zga tashlanadi, bemorlar tushkunlikka tushgan, havotirlanadigan bo‘lib qoladi, turli mutaxassislarga murojaat qiladi, o‘zini ko‘p tekshirtiradi. Shunga o‘xshash sindrom og‘ir kasalliklardan tuzalish davrida, xususan shizofreniyada, sirkulyar depressiyada, bosh miyaning ekzogen organik shikastlanishlarida bo‘lishi mumkin. Ipoxondrik sindrom paydo bo‘lishi ruhiy tabiatga bog‘liq bo‘lib, ruhiy kechinmalardan natijasida bo‘lishi mumkin.
Psixopatiya sindromi. Hayajon – iroda, xohish doirasida ruhiy disgarmoniya sifatida namoѐn bo‘ladi. Intellektual- mnestik faoliyat saqlangan holda shaxsiyatning patologiyasi bo‘lib tashqi taassurotga muvofiq bo‘lmagan reaksiyalardir. Psixopatik sindromlar irsiy kelib chiqqan bo‘lib, tug‘ma ѐki ruhiy ta'ssurot va shunga o‘xshash holatlarda (psixopatizasiya) shizofreniyada, bosh miyaning somatik kasalliklarida paydo bo‘lishi mumkin. Psixopatik sindrom ko‘rinishlari psixopatiyalarning klinik shakllariga astenik, psixoastenik, shizoid, yengil ko‘zg‘aluvchan, paronoyal, isterik va hokazolarga mos ko‘rinishda bo‘ladi.
Affektiv sindrom. Affektiv (emosional) sindromlar –kayfiyat muallaq shaklda depressiya va maniakal sindromlar__ko‘rinishida namoѐn bo‘ladi. Ularning har biri o‘ziga xos uchta simptomlar yig‘indisidan iborat. Depressiv sindrom (depressiya, melanxoliya). Tushkunlik kayfiyatidan, tafakkur susayishidan va harakatning sekinlashuvidan iborat (depressiv uchlik). Bemorlar ezilib, qiynalib g‘am chekadilar, ularda ko‘pincha ruhiy ezilish bilan birga yurak sohasida og‘irlik ham seziladi. Oshqozon-ichak yo‘llari faoliyatining buzilishi – ishtahaning susayishi, qabziyat, og‘riqlar, meteorizm hamda diensefal sindrom va bronxial spazmlar, badanning turli xil qismlarida og‘riklar (tish og‘riga, bosh og‘riga, bel og‘riga va xokazolar). Juda ko‘p hollarda uyqu buzilishi, uyqusizlik, endokrin buzilishlar, erkaklarda impotensiya kuzatiladi. Shunday bemorlar tekshirilganda organik o‘zgarishlar kuzatilmaydi, xatto ular o‘zlarini uzoq vaqt somatik va nevrologik kasal deb yuradilar va ularga karshi uzoq vaqt natijasiz davolanadilar. Depressiv holatlar o‘ziga xos shaklda maniakal-depressiv psixozlarda kuzatiladi hamda ular nevrozlar, barcha ruhiy kasalliklar uchun xos bo‘lib, ruhiy bemorlik belgilari shakllanishida ishtirok etadi. Maniakal sindrom (maniya) psixopatologik jihatdan uchta
alomat bilan namoѐn bo‘ladi. Yuqori ko‘tarinki kayfiyat. Fikrlashning tezlashuvi.
Harakat faolligi.Maniakal bemorlar quvnoq bo‘ladilar, g‘am-tashvish qilmaydilar, tez aloqaga kirishadilar, ular tez-tez, qattiq, ko‘pincha to‘xtamasdan gapiradilar. Har qanday tashqi ta'sirlarga beriladi. Bemorlar ortiqcha quvvat sezadilar, doimiy nima bilandir band bo‘lishni hoxlaydilar, faoliyat ko‘rsatishga harakat qiladilar, eslash o‘tkirlashgan (gipermneziya simptomi), she'r o‘qiydilar, ko‘pincha o‘zlari she'r to‘qiydilar, ashula aytadilar, raqsga tushadilar, seksual tormozlangan bo‘ladilar, ishtahalari juda ochilgan bo‘ladi. Maniakal sindrom uchun o‘z shaxsiyatini ortiqcha baholash, imkoniga ortiqcha baho berish, manmanlik, boylik vasvasasigacha borish, bemor o‘zlarini mashhur qo‘mondon, aktѐr, shoir, badavlat odamlar deb hisoblaydilar. Maniakal holat bir qator hollarda ta'sirchanlik, g‘azab bilan kuzatiladi – g‘azabli maniya yanada murakkab maniyalar ko‘rinishida qayd kilinadi: maniakal affekt o‘tkir hissiy kuzatish vasvasasi bilan qo‘shiladi
maniakal vasvasa sindromiga gallyusinasiyalar qo‘shilganda maniakal gallyusinator vasvasa sindromi paydo buladi. Maniakal
sindrom maniakal depressiv psixoz uchun xos bo‘lib, yana shizofreniyada, bosh miyaning organik o‘zgarishlarida, yuqumli kasalliklarda uchraydi.
Gallyusinator-vasvasa (paranoe) sindromlar. Gallyusinoz- shunday holatning klinik ko‘rinishida to‘xtovsiz, ya'ni ketma-ket gallyusinasiyalardan iborat bo‘lib, bemorlarning aqli va ongi aniq bo‘lib, o‘ziga-o‘zi tanqidiy qarashi saqlangan bo‘ladi. Bu sindromni birinchi marta 1885 y. V.X.Kandinskiy ѐzgan. Klerambo (1920, 1926) ishlarida bu sindrom tasniflanadi. Ruhiy avtomatizmning uch turi farqlanadi. Assosiativ avtomatizm (ideator) fikrlarning nasliy tezlashuvi ѐki sekinlashuvidan iborat bo‘lib, tasodifan bemor tafakkuri to‘xtab boshiga begona fikrlarning kirishi, uning fikrlarini o‘qishi, boshqarishi, ihtiѐrsiz obrazlarning toshib kelishi-mentizm, o‘zgalarning yasalgan, tuzilgan fikrlarini olib ko‘yish, zo‘rlab bemorni ko‘pincha eng intim (ochiqlik belgisi) fikrlarini o‘qish, xususiyѐki yasalgan fikrlarning jaranglashi (fikrlar aks-sadosi)kuzatiladi. Haѐliy, tovushsiz gaplashishlar, telepatik fikran aloqalar, fikrlarni uzatish, bemorning o‘zini kuzatib yurganlar bilan dialog sifatida muloqoti, assosiativ avtomatizm murakkablashuvi: ko‘pincha bunday gaplashish nohush va bemor uchun qiynoqlidir, ular depressiv affekt bilan kuzatiladi. Bunday buzilish, akustik (tovush) komponentidan ajralgan bo‘lib, ruhiy gallyusinasiya atamasi bilan belgilanadi. Ruhiy gallyusinasiyalar akustik komponent bilan murakkablashuvi, tovush hosil bo‘lishi «ichki» hissiѐtga aylanishi, eshituv psevdogallyusinasiyasi paydo bo‘lganligi hakida darak beradi. Eshituv bilan birga ko‘ruv va boshqa psevdogal-lyusinasiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Psevdogallyusinasiyalar Kandinskiy – Klerambo sindromining asosiy buzilishlaridir.
Sensor avtomatizm (senestopatik). Ayni maqsadda, tashqi ta'sirdan bo‘layapti deb bemorlar o‘ylaydigan jismoniy ta'sir, vasvasa deb nomlanuvchi, asosan ichki a'zolarda turli-tuman noxush, og‘ir og‘riqlardan iborat holat namoѐn bo‘ladi. Bemorlar ularning orqasidan kuzatib yuruvchilar maxsus ravishda ularda bosish, cho‘zish, kuydirish, sovuq jinsiy kuzalish, ishtahani buzish deb bo‘lmaydigan narsalarni yedirish, kabziyat ѐki ich surishini chaqirish, zahar tanglik holatini chaqirish hollarini bajaradilar.
Motor (harakat, kinerpik) avtomatizma. Bemorda shunday ishonch hosil bo‘ladiki, u «tashqi kuch» ta'sirida harakati va faoliyatining boshqarishini yo‘qotib qo‘yaѐtganidek tuyuladi. Ular tashqi ta'sir ostida, boshqaning hoxishiga ko‘ra qo‘llari ko‘tariladi, kallalari buriladi, chopishga majbur bo‘ladi ѐki ba'zida teskarisini, harakatsiz jim turishga va hokazolarga majbur qilinadi deb ishonadilar. Bunga, nutq harakati psevdogallyusinasiyasi, yasalgan nutq akti, lab va tillarning buyurilgan harakati, majburlab, zo‘rlab, eshitarli qilib so‘z va gapni gapirish (boshida-haѐlan) ham kiradi (Segla, 1895, 1914). Ruhiy avtomatizmning barcha turlari tizimlashgan kuzatib yurish va ta'ssurot vasvasalari bilan birga kuzatiladi. Ruhiy avtomatizm sindromi shizofreniyada, epidemik ensefalitda, ruhiy tutkanoqda uchraydi. Uning o‘tkir shakli jarohat, alkogol, tomirli va boshka psixozlar uchun xosdir.
Harakat buzilishi sindromlari. Harakat sindromlari stupor (harakatsizlik) quzg‘alish ѐki ularning almashinishi bilan namoѐn bo‘ladi. Stupor-psixomotor faoliyatning turli tomonlarini motorikasi (harakatini), fikrlashni va nutqning tormozlanish shaklidagi ruhiy patologik buzilishlaridir. Bemorlar stupor holatida uzoq vaqt o‘tirgan, ѐtgan ѐki turgan holda harakatsiz qoladilar.
Savollarga javob bermaydi-mutizm, atrofda bo‘laѐtganlarga e'tibor bermaydi, hech narsa so‘ramaydi, ovqat yemaydi, yuvintirish,
kiyintirish, ovqatlantirishlarga qarshilik ko‘rsatadi, tibbiy muolaja ishlariga ѐmon nazar bilan qaraydi.
Ruhiy patologik buzilishlarga bog‘liq bo‘lgan holda stuporga va nozologik mansubligiga, stuporning hosil bo‘lishiga qarab uning quyidagi shakllari farqlanadi:
Katatonik
Psixogen
Depressiv
Gallyusinator
Alkogolli
Apatik
Epileptik
Maniakal
Ko‘pincha katatonik va psixogen stupor uchraydi. Nutq harakati psixomotor) qo‘zg‘alishi ruhiy xastalik holati bo‘lib, ruhiy faoliyatning turli tomonlarini, birinchi navbatda nutqni: fikrlash, motorika (harakat)ning tezlashuvi va kuchayishidan iboratdir.
Nutq harakati ko‘zg‘alganda bemorlarning nutqi, harakati va faoliyati tezlashadi, mimikasi va ifodasi jonlanadi, turli harakatlarni bajaradi. Bemorlar nafakat qattiq gapiradi, balki qichqiradi, harakatlari bo‘linuvchan va tez-tez bo‘ladi, faoliyati va
ahloq-odobi 329.09betartib va mazmunsiz bo‘ladi. Qo‘zg‘alish kuchaygan sari-nutqi bog‘liqsiz, alohida-alohida so‘zlardan, oddiy
tovushlardan iborat bo‘lib qoladi. Harakat qo‘zg‘alishi impul'siv, betartib, mazmunsiz bo‘ladi, ba'zida ular hayvonlarga taqlid qilib qichqiradilar, akillaydilar, to‘rt oѐqlab yuradilar va hokazo (regress belgilari paydo bo‘ladi).
Psixomotor qo‘zg‘alish nisbatan kamroq, hollarda bir o‘zi klinik ko‘rinishni tashkil etadi. Odatda u turli ruhiy patologik buzilishlar: affektiv, vasvasa, gallyusinator, onganing xiralashuv holatlari, aqlsizlik bilan qo‘shiladi. Shuning uchun ruhiy motor qo‘zg‘alishning tavsifini aniqlaganda qaysi bir ruhiy patologik holat tarkibida paydo bo‘lishiga qarab ixtisoslashtiriladi.
Katatonik sindrom (katatoniya). Ikki qarama-qarshi buzilishlardan-katatonik stupor va katatonik ko‘zg‘alishdan iborat. «Katatoniya» atamasi va uning klinik ko‘rinishi Kal'baum (1863, 1874) tomonidan tasvirlangan. Katatonik stupor- harakatsizlik va mutizm (jimlik) bilan namoѐn bo‘ladi. Bemorlar stupor holatda harakatsizdirlar, uzoq vaqt (soatlar, kunlar) o‘tiradilar, ѐtadilar ѐki holatini o‘zgartirmasdan turadilar.
Savollarga javob bermaydilar (mutizm). Ko‘pincha, ular mustaqil ovqatlanmaydilar, ularni kiyintirishda, ovqatlantirganda qarshilik ko‘rsatadilar, tibbiy muolaja tadbirlariga salbiy nuqtai nazardan qaraydilar. Bunday kasallar shifokorning murojatiga yuzini qarama-qarshi tomonga burib oladi, ko‘zingni
ko‘ray desa qovog‘ini yumib oladi. Bunday salbiy harakat faol bo‘lib, passiv negativizmga qarama-qarshidir. Passiv salbiy negativizmda bemorlar qarshilik ko‘rsatmasalarda qilgin degan taklifni bajarmaydilar. Katatonik stupor ko‘rinishida mushak
tonusining oshishi kuzatiladi. Stuporda bemorlar doimo, hamisha
embrional holatda ѐtadilar, ѐnboshlagan holda, tik turgan bo‘lsa,
boshi egilgan holda, qo‘llari ѐnida bo‘ladi, o‘tirgan bo‘lsa oѐg‘i bukilgan holda va ba'zan bemorlar ustilariga xalat ѐki choyshabni
ѐpib yuzlarini ochib o‘tiradilar kapushon simptomi (1936).
Ko‘pincha ―xartum‖ simptomi bo‘ladi-lablarini chuchchaytirib, xavo ѐstig‘ida (Dyure simptomi), boshi ѐstiqdan ko‘tarilgan holda soatlab va undan uzoqroq ham ѐtadi. Katatonik stupor undan tashqari katalepsiya bilan kuzatiladi. Mum egiluvchanligi bilan, bemorga qimirlamay ѐtgan holatiga qanday holat bersangiz qo‘lini
ko‘tarib, oѐg‘ini ko‘tarib, boshini boshqa tomonga bursangiz o‘shanday holda uzoq, vaqt qoladi. Substupor holat harakat tormozlanishi bilan kuzatilsada, stupor darajasiga yetib bormaydi. Katatonik qo‘zg‘alish stuporni almashtirishi mumkin ѐki stuporsiz o‘zi rivojlanishi mumkin. Katatonik qo‘zg‘alishda bemor sergap bo‘lib ketadi, doimo bir xil stereotip uzluksiz harakat qiladi – qiliqlari tabiiy emas, ma'nosiz, ketma-ket emas, birdan ѐki ko‘pincha o‘xshash harakat, atrofdagalarning harakat holatlarini qaytaradi, exopraksiya. Qo‘zg‘alish kuchaygan sari nutq
bog‘lanmagan, bemorlar bir so‘zni va so‘zlar yig‘indisini qaytaraveradi-exolaliya, nutq sirpanishi, sirpanchiq nutq.
Qo‘zg‘alishning cho‘qqisida bemorlar negativ holatga moyil bo‘ladilar, impul'siv holatda bo‘ladilar-birdan chala boshlaydilar, qo‘lga tushganini sindira boshlaydilar, odamlarga hujum qiladilar, kiyimlarini yirta boshlaydilar, o‘zini-o‘zi jarohatlaydi, hamma narsaga qarshilik ko‘rsatadilar. Katatonik qo‘zg‘alish turli affektiv qo‘zg‘alishlar – ekstaz, jahl, g‘azab, vaqti-
vaqti bilan sukut va befarqlik bilan kuzatiladi.
Katatonik sindrom ko‘pgina ruhiy kasalliklardan shizofreniyaga, ekzogen - organik psixozlarga va tutqanoqqa xosdir.
Geberfrenik sindrom-harakat va nutq qo‘zg‘alishlari esa pastlik va o‘zgaruvchan affekta bilan qo‘shiladi. Quvonch, masharabozlik va noo‘rin, ko‘pincha qo‘pol, erotik mazmundagi kasallarning hazillariga hech kim atrofda kulmaydi. Bemorlar aniqlashga harakat qilib so‘roqlaydilar, aftini burishtiradilar, qiyshanglaydilar, umboloq oshadilar, so‘kinadilar, o‘zini ahmoqona tutishi, hulq odobi – impul'siv antisosial ishlar bilan kuzatiladi. Geberfrenik sindrom tarkibida katatonik simptomlar (katatonik-geberfrenik sindrom) hosil bo‘lishi mumkin, kamroq holda – muallaq bo‘lmagan gallyusinator va vasvasa
buzilishlar uchraydi. Geberfrenik sindrom ko‘pincha ѐshlarda shizofreniyada, kamroq, ѐshlarda shizofreniyada, kamroq holda ekzogen organik psixozlarda (jarohat, zaharlanish) uchraydi.
Ong buzilishi sindromlari. Ong buzilishining boshlanishida quyidagi sindromlar farqlanadi. Ongning garang bo‘lish holatini uch darajasi farqlanadi. Qisqa vaqt davom etuvchi ongning garangligi obnubulyasiya (yunoncha nubis - bulut) deyiladi. Bunda tashqi taassurotni qabul kilish bir oz qiyinlashadi, ong xuddi bulut ѐki tugun bilan o‘ralgandek bo‘lib turadi.
Garanglik-ongning sezilarli darajada buzilishi tashqi taassurot-larni qabul qilish chegarasi qisqaradi. Bemorlar savollarga qiyinchilik bilan javob beradi, qiynaladi, to‘xtab-to‘xtab gapiradi, ko‘pincha gapirmay jim o‘tiradi, o‘rnida ѐtadi, bo‘shashgan bo‘ladi, harakatlari sekinlashgan, atrofdagi voqealarga farqsiz bo‘lib qoladi. Og‘riq taassurotiga javob reaksiyasi susaygandir. Ongning buzilishi yanada rivojlansa garanglik–soporoz ѐki komatoz holatga o‘tadi.
Sopor – ong (es-xushni) buzilishining chukurroq darajasi bo‘lib, bemor atrofga va o‘z shaxsiga mo‘ljali to‘la yo‘qoladi. Bemorlar go‘ѐki uxlaѐtgandek ko‘zini yumib ѐtadi, shartsiz (qorachik, korneal paylar, yutish) reflekslari saqlanib qoladi.
Koma (komatoz holat)-ongning (es-xushning) to‘la yo‘qolishi, xar kanday muljalning to‘la yo‘qligi bilan, ichki a'zolar faoliyatining buzilishi bilan tavsiflanadi. Sopordan farqli ularoq komada tashqi taassurotga javob to‘la yo‘qoladi. Organizm barcha faoliyatlarining keskin susayishi fonida yutish, kichik chanoq a'zolarining faoliyati buziladi, nafas aritmiyasi, kollaptoid holat, ruhiy motor qo‘zg‘alish, tutqanoqsimon harakatlar, stuporlar paydo bo‘ladi. Sopor va koma organizmning nerv ѐki somatik kasalligidan darak beradi. Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar (alkogol, narkomanlik, toksikomaniya, sanoatda, qishloq xo‘jalik va boshqa zaharlanishlarda), modda almashinuvining buzilishlarida (uremiya, diabet), jigar yetishmovchiligida, bosh-miya jarohatlarida, miya o‘smalarida bosh miya tomirlarining boshqa organik kasalliklarida uchraydi.
Delirioz holat (deliriy). (yunoncha delirium - aqlsiz, ongning qorong‘ilashuvi ko‘p uchraydigan shakldir.
Deliriy – ongning o‘tkir paydo bo‘ladigan buzilishi bo‘lib, sahnalashtirilgan, aniq, ko‘pincha qo‘rqituvchi, asosan ko‘ruv hamda eshituv va sezuv gallyusinasiyalari bo‘lib, sezilarli qo‘zg‘alish va qo‘rquv sezgilari bilan davom etadi. Bemorning ong, es-hushi buzilgan, o‘z shaxsini to‘g‘ri anglasada makon va zamonga mo‘ljali to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bemorlar gallyusinator obrazlariga faol javob beradi. Ular qo‘rqinchliklardan, hujum qilaѐtgan ajoyibotlardan o‘zlarini himoya qiladilar, ba'zan ko‘ringan narsalarga hujum qiladilar, ba'zan qo‘rqib bezorilardan qochib ketadilar, hayvon, hasharotlardan himoyalanish uchun ham qochadilar ѐki quloqlarini berkitib oladilar. Buyruqona qo‘rqituv qat'iyligi doimiy emas. Deliriy odatda aniq ongli, es-hushli kunlar bilan bo‘linib turadi. Kechga yaqin va kechasi deliriy kuchayadi. Yozilgan tipik deliriydan tashqari, ongning atipik delirioz buzilishlari ham uchrashi mumkin: deliriy-sezilarli harakat qo‘zg‘alishlarisiz kechadi; ular doimo nimalarnidir pichirlaydilar, atrofga mo‘ljal olishi yaxshi emas, bir xil ma'nosiz harakat qiladilar, o‘rindiqda ѐtganida xotirjam ѐtolmaydilar. Deliriyning bu ko‘rinishlarisurunkali kechuvchi og‘ir somatik kasalliklar uchun (o‘smalar,surunkali yurak, buyrak, jigar yetishmovchiliklarining dekompensasiya davrlari uchun) xosdir. Bir qator deliriy holatlarda gallyusinator obrazlar predmeti bo‘lib, kasbga taalluqli voqealar xizmat qiladi, bu kasb deliriysi deyiladi. Qo‘zg‘alish odatdagi kasb harakatlari bilan boshlanadi, mashinistka mashinkada chop etish harakatlarini qiladi, ovqat tarqatuvchi ovqat tarqataѐtgandek tuyuladi, oshpaz bo‘lsa narsalarni qirqaѐtgandek bo‘ladi. Deliriyning davomiyliga bir necha minutdan soatlar, haftalargacha davom etadi. Deliriy tamom bo‘lgach qisman amneziya bo‘ladi. Ongning oneyroid buzilishi (yunoncha - oneiros tush ko‘rish), oneyroid tush ko‘rish, fantastik qorong‘ilashish vasvasasi. Tush kabi aniq, sahnalashtirilgan fantastik gallyusinasiyalarni tashib kelishi, huddi bemor sog‘lom odam tush ko‘rganidek ko‘radi, ongni to‘ldiradi. Bemorning nigohi oldida paydo bo‘lgan suratlar tushga o‘xshaydi, bir-birini ketidan kela boshlaydi, xuddi voqealar bir-biridan chiqaѐtgandek, sahnalashtirilgandek tuyuladi va shu bilan ajralib turadi. Bemorlar ko‘pincha atrofdan to‘la ajralganlarida, atrofdagilarga mo‘ljallari buzilgan vao‘zini kasallik dunѐsiga cho‘mgan, ѐxud mo‘ljali ikkilangan holdadir, ya'ni ham real, ham patologik holatlarni aks ettiradi. Bemorlar shu holda planetalararo saѐhatlar qiladilar. Mars aholisini ichida bo‘ladilar, ular bilan kurashish haqida kelishuvlar olib boradilar, tarixiy borlik ichida sangib yuradilar, jannat ѐki jahannamga tushadilar, oneyroiddan chiqqandan so‘ng boshidan kechganlarini ikir-chikirlarigacha to‘la ѐzadilar. Oneyroidda yuz ifodasi ko‘pincha bir xil bo‘ladi, qotib qoladi, ba'zan ruhlangan holatda bo‘ladi.
Ongning oneyroid buzilishi endogen-shizofreniyada, o‘tkir metalkogol simptomatik tomirli psixozlarda, tutqanoqda, ekzogen
organik kasallik va boshqa holatlarda uchraydi. Ongning amentiv buzilishi – amensiya (yunoncha amentia - kuchsizlik) –klinik jihatdan barcha turdagi mo‘ljalning buzilishi bilan tavsiflanadi. Atrof muhit-bemor tomonidan bo‘lingan holda, bo‘lak-bo‘lak holda qabul qilinadi. Ular bir butun qilib tafakkur qila olmaydilar. Ya'ni nisbiy mushohada saqlangan holda, sintez qilish qobiliyati yo‘qoladi, bemorlarning ѐtgan o‘rni miqѐsidagi harakat besaranjomligi, ma'nosiz nutq (alohida so‘z ѐki tovushlar talaffuzi) va harakatsizlik davrlari bilan almashinadi, kayfiyati beqaror, o‘zgarib turuvchi, ilojsiz holatda bo‘ladi. Uzuq-yuluq gallyusinasiyalar bo‘lishi mumkin. Haftalab davom etuvchi amensiya to‘la amneziya bilan tugaydi. Amensiya og‘ir, yuqumli somatik kasalliklar uchun xosdir, xususan tug‘rukdan keyingi sepsis rivojlanishida uchraydi. Ongning xiralashuvi (kirarli-chiqarli bo‘lishi). «Sumer» boshlanishi va tugashi to‘satdan bo‘ladi. Mo‘ljalning chuqur buzilishi kuzataladi, atrof muhit xaqiqatini qisman to‘g‘ri qabul qilishi saqlanadi. Bunda odatdagi avtomatik harakatlar, xatto o‘zini tutishining anchagina murakkab shakllari saqlanib qolishi mumkin. Ko‘pincha bemorlarning tashqi qiѐfasi tartibli bo‘lishi mumkin. Ular uylaridan chiqadilar, adashib yuradilar, shahar transportidan foydalangan holda uyidan uzoqqa ketib qolishi mumkin. Atrofdagalarga huddi sog‘lom odamdek tuyulishi mumkin. Bunday holatning davom etishi mumkin va to‘la amneziya bilan kuzataladi. Es-xushi onganing bunday kirarli-chiqarli bo‘lishini shizofreniyaning oddiy shakli deb, gallyusinasiya, vasvasa bilan kuzatiluvchi g‘azab, g‘am-qayg‘u va qo‘rquv affekti qo‘zg‘alishi bilan kechuvchi «psixotik» shaklidan farqlanadi. Psixopatologik buzilish (gallyusinasiya, vasvasa, kuchli g‘azab affekti) va ongning chuqur o‘zgarishi ta'sirida bemor birdan o‘ta havfli ishlar, dahshatli ravishda dushman deb qabul qilgan qarindosh-urug‘larini ѐki begona odamlarni o‘ldirishi ѐki jarohatlashi mumkin, qo‘liga tushgan hamma narsani ma'nosiz buzishi mumkin. Esini kirdi-chiqdi bo‘lib buzilish huruji ko‘pincha birdan to‘xtaydi, so‘ngra chuqur uyqu va to‘la amneziya kuzataladi. Ongning kirarli-chiqarli buzilishi turlariga ambulator avtomatizm kiradi. Bunda birdan ongini, es-hushini yo‘qotadi va bemor tashqi ko‘rinishidan maqsadga muvofiq harakat va ishlar qila boshlaydi. Ambulator avtomatizm davomiyligi soat, kun, haftalab davom etib, o‘zga shaharlarga tashqi ko‘rinishidan qoidadek odob bilan borib kelishi va buni mutlaqo unutishi – trans deyiladi. Yosh va o‘smirlarning uyqusida paydo bo‘luvchi ambulator avtomatizm – somnambulizm uyquda yurish – lunatizm deyiladi. Ongning kirarli-chiqarli buzilishlari epilepsiyada: bosh miyaning organik kasalliklarida (miya o‘smasi, meningo-ensefalitlarda, miya jarohatlarida va b.) uchraydi. Tutqanoqlar (paroksizmlar, qaltirash holatlari).
Tutqanoqlar ongning birdan boshlanuvchi qisqa vaqt buzilishi bo‘lib, to‘la ongsizlanishgacha boruvchi badan qaltirashi; titrash bilan kuzatiluvchi holatdir. Tutqanoqlarning quyidagi shakllari
farqlanadi. Katta epileptik tutqanoq. Generallashgan: toniko- klonik, titrash tutqanog‘i. Ko‘p holatlarda aura (buron) boshlanadi. Bemor to‘satdan ongni yo‘qotadi, xuddi chalib yuborilgandek birdan yiqiladi, bunda noaniq g‘ayriohangli qichqiriq bo‘ladi. Ko‘pincha bemor yiqilaѐtganda jiddiy jarohat (eti uzilishi, suyak sinishi, kuyish) olishi mumkin. Tutqanoq barcha
mushaklarning qisqarish fazasi bilan boshlanadi, qo‘l-oѐqlari cho‘zila boshlaydi, jag‘lar yumiladi, siqiladi. Tishlarini gajirlatadi, tili va lunjini tishlab olishi mumkin. Nafasi to‘xtaydi, yuzi oqaradi, keyin qo‘qaradi, ko‘zlari orqaga tortib ketadi, qorachig‘i kengayadi, ѐrug‘ga reaksiya bermaydi. Ixtiѐrsiz siydik ajrashi, ixtiѐrsiz defikasiya akti bo‘lishi mumkin.Tutqanoqning tipik qisqarish bosqichi 30-40 sekund davom etadi.
Tonik qisqarish klonik fazaga o‘tadi, ko‘ndalang-targ‘il mushaklar tez qisqarib bo‘shasha boshlaydi, og‘zidan ko‘piksimon so‘lak chiqadi, tilini tishlab olgan bo‘lsa ko‘pik qizaradi. Klonik titrash 2-3 minut davom etadi. Titroq asta-sekin so‘nadi, komatoz holati asta-
sekin soporoz holatiga va uyquga o‘tib ketadi. Tutqanoqning barcha
davri (auradan tashqari) to‘la esdan chiqadi.
Kichik epileptik tutqanoq (Petit mal) xuddi kattasidek, ongining to‘satdan buzilishi, esi yo‘qolishi bilan boshlanadi. Ammo katta tutqanoqdan farqli o‘laroq yiqilmaydi, davomiyligi juda qisqa (sekundlar). Yengil klonik qisqarishlar ba'zi yuz va yelka mushaklar guruhlaridagina bo‘ladi. Tutqanoq esdan chiqadi, Jekson tutqanoqlari (qisman epileptik tutqanoqlar) ko‘z soqqasini bir tomonlama, boshi, tanani bir tomonga qarab tonik va klonik titrashlar xurujidir. Xuruj ko‘pincha aniq ongli holatda rivojlanadi, ong faqat titroqning cho‘qqisida butun tanaga tarqalaѐttanidagina yo‘qoladi. Narkoleptik tutqanoq birdan boshlanadi, bemor to‘xtatib bo‘lmaydigan uyquga tushadi. U birdan eng noqulay joyda bo‘lsa ham, noqulay holatda ham uxlab qoladi. Uning uyqusi joy tanlamaydi. Yurib turib, ovqat vaqtida, ishlab turib qotib uxlab qoladi.
Kataplektik tutqanoq - bemor birdan huddi bir qancha suyak singanda ag‘anagandek, kutilmagan bir taassurot (qo‘rqitish, to‘satdan ѐrug‘ nur, tovush) natijasida mushak tonusining to‘satdansusayishi natijasida ag‘anab tushadi. Ongi saqlanadi, amneziya bo‘lmaydi. Affektiv buzilishlar labilligi bilan tavsiflanadi, ko‘pincha g‘azabini bosa olmaydi, ammo u tez o‘tib ketadi. Qiziqish chegarasi torayadi, nozik his-hayajoni (yaqinlarga iliq munosabat va rahm, qondoshlik hissiѐtlari) buziladi. Xissiy befarqlik va boshqalar paydo bo‘ladi. Nutqida so‘zlar kambag‘alligi kuzatiladi, ko‘pincha ѐrdamchi so‘zlardan foydalanadi, tayѐr so‘zlar yig‘indisidan foydalanadi, bemorlar gaplashganda asosiy bosh mavzuni ajrata olmaydilar va mohiyatsiz masalalarga ko‘p e'tibor berib qoladilar.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin