2012-YIL “MUSTAXKAM OILA YILI” 2012-yil Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tarafidan "Mustahkam oila" yili deb e'lon qilindi. Buning ostida ulkan ma'no va maqsadlar yotganini endi anglab yetmoqdamiz. Chunki oilalar mustahkam bo'lsagina hayotimiz farovon bo'ladi. Bizga har qanday ne'mat berilsa ham, agar oilamiz mustahkam bo'lmasa hech qachon o'zimizni baxtli xis qilolmaymiz. Oilalarimiz mustahkam bo'lmog'i kelajak avlodimiz tarbiyasiga ham juda katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Har taraflama mustahkam bo'lgan oiladan, eng aqlli, vatanparvar, jasur va xusnixulq soxiblari yetishib chiqishi shubxasizdir.
Yurtimizda “sog’lom ona – sog’lom bola” aqidasiga amal qilgan holda ayollarning sog’lig’iga katta e’tibor berilmoqda. Bu e’tiborning en yirik na’munasi sifatifa “hayot uchun” marafoni ya’ni ko’krak bezi bilan kasallangan ayollarga ma’naviy va moddiy ko’mak sifatida o’tkaziladi. Shuningdek, oilalar o’rtasida o’tkaziladigan musobaqalar, "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan o’tkazilgan Mustahkam oila yiliga bag‘ishlangan "Sog‘lom oila — jamiyat tayanchi" oilaviy musobaqasi, “Barchinoy” sport musobaqalari, “umid nihollari”, “universida” o’yin musobaqalari yurtimizda “mustahkam Oila” ga bizning yurtimizda nafaqat 2012 – yilda balki mustaqillikka erishgan ilk kunlarimidan boshlaganimizni bildiradi.
Oila degan maskanimizni mustahkamlashga kirishamiz. Bunda har bir kasb egasi, yoshu qari, erkagu ayol birdek harakat qilmoq lozim. Biz shunday oila quraylikki, vatanimiz dovrug'ini ko'klarga ko'taradigan allomalar aynan bizning oilamizda tarbiyalanib chiqsinlar. Oilalarimiz shunday mustahkam bo'lsinki, bu oiladagi mehr tuyg'ular zarracha kamchilikka uchramasin. Doimo mustahkam tutmoqqa chaqirgan yurtboshimiz baxtimizga sog'-omon bo'lsinlar. Biz esa bunga munosib holda harakat qilishimizda kuch va g'ayratni Allohdan tilab qolamiz. Xaqiqiy baxtiyorlik mustahkam va farovon oila ekanini barcha yoshlarimiz tushunib yetsinlar!”
Hozirgi kunda mamlakatimizda oila salomatligi, tinchligi va uning mustahkamligini ta'minlashda bir qator islohotlar olib borilmoqda. Uning mustahkamligi va daxlsizligi barchamizning asosiy vazifamiz ekanligi, “Mahalla” jamg’armasi tomonidan olib borilayotgan izchil harakatlar o’z natijasini byermoqda.
Joylarda o’tkaziladigan qator tadbirlar ham oila mustahkamligiga bag’ishlanadi. Bundan ko’zlangan maqsad esa jamiyatni tashkil etgan oilani davlat nazoratidan chyetda qoldirmaslik va eng asosiysi uning buzilib kyetishiga yo’l qo’ymaslikdir. Oila mustahkam ekan, jamiyat taraqqiy etadi hamda davlat rivojlanadi.
Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining yorqin namunasi“Avesto” muqaddas kitobida keltirilgan. 2001 yilda millat ma’naviy madaniyatining eng qadimgi manbasi “Avesto”ning 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov: “ ... bu noyob asar bebaho tarixiy xujjat bo’lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o’zining madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo’lgan buyuk davlat bo’lganligidan, ajdodlarimizga, asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat beradi” deb alohida e’tirof etgan. Darhaqiqat, “Avesto”ning bosh g’oyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir.
Kitobning aksariyat qismi yo’qolib ketgan va to’la matni hozirga qadar topilmagan. Bugungi kunda uning «Yasht», «Videvdat», «Visperat», «Yasna», "Xordo Avesto" («Kichik Avesto») nomli bo’laklarigina saqlanib qolgan bo’lib, ular olimlar tomonidan har taraflama o’rganilmoqda.
«Avesto»da huquqiy, axloqiy me’yorlar o’z ifodasini topishi bilan birgalikda oila va jamoada berilgan so’zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o’rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh ekanligi o’z ifodasini topgan. Oila va jamoada berilgan so‘zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh hisoblangan: “O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi, Shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur etkazadi. O Spitama, ahdingni buzma...” (“Yasht”, X bob.) g’oyalari davlatlar siyosiy tizimining huquqiy asosi, adolat manbai bo’lib, ular Rim huquqidan ham qadimiyroqdir.. Unga binoan, olam nur va zulmat, hayot va o’lim, tana va jon, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va tobelik singari hodisalarning azaliy va abadiy kurashidan iborat. Shunga ko’ra, hayotning kechishi tabiatda (nur va zulmat), borliqda (hayot va o’lim), ijtimoiy hayotda (yaxshilik va yomonlik), nafosat olamida (go’zallik va xunuklik), dinda (Axura Mazda bilan Ahrimanning azaliy va abadiy kelishmasligi) turli xil kuchlar o’rtasidagi kurash shakllari sifatida namoyon bo’ladi.
Bu ta’limotda ezgulik sari qadam qo’ygan odam uch asosiy tamoyil, ya’ni niyatning ezguligi, so’z va shartlarning butunligi, amallarning insoniyligiga asoslansagina maqsadga yetishi ta’kidlanadi. Demak, «Avesto» dagi asosiy falsafiy g’oya «ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal» dan iborat bo’lib, unga og’ishmay amal qilish jamiyat va inson uchun o’ta muhim bo’lgan qadriyat hisoblangan.
«Avesto» ta’limotiga ko’ra, olov — olamni nurafshon qiluvchi, odamlarni gunohlardan poklovchi sehrli kuch, yer va suv — rizq, hayot manbai sifatida talqin qilinadi. Shu bilan bir qatorda shuni alohida e’tirof etish kerakki, «Avesto»dagi tibbiyot haqidagi g’oyalar va uni tasdiqlovchi dalillar ota-bobolarimizning tabobatga doir qarashlari rim, yunon va arab tabobatlaridan ko’hna va uzoq tarixga ega ekanligini ko’rsatadi. Undagi tibbiy ma’lumotlar ko’proq «Vendidod»ning turli boblarida jamlangan. Mazkur yodgorlikdagi tibbiy fikrlarni taxminan quyidagicha tasnif etish mumkin:
Avestodagi fuqarolik jamiyatini qurishning birlamchi omili erkak va ayolning teng huquqliligi, oilaning barqarorligini ta’minlash g’oyasi bugungi kunda ham muhim ahamiyatga bo’lib,bugun O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ayollarning teng imkoniyati va keng huquqlari ta’minlangan. XXI asrda ba’zi mamlakatlarda ayollarning saylash va saylanish huquqi umuman inkor qilinayotgan bir davrda,O’zbekiston Oliy majlis qonunchilik palatasiga ayollarning saylanishi uchun 30% kvotaning ajratilishi, 1995 yilda “Oila” kodeksining qabul qilinishi, bir tomondan yurtimizda ayollarga munosabat va oilaviy qadriyatlar qadimiy ildizlarga egaligini ifodalasa, ikkinchi tomondan fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidagi oqilona siyosatning yorqin ifodasidir.
Birinchi Prezident I.A.Karimov tarixchi olim va jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda - “Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yitishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana Shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan” deydi. Darhaqiqat, Movarounnahr oralig‘ida paydo bo‘lgan ulkan davlatchilik madaniy merosi insoniyat tarixi ibtidosida eng dastlabki hamda qadimiy davlatchilik madaniyati sifatida ma’lum. Mustaqilligimiz sharofati bilan bunday merosni milliy, demokratik qadriyatlarimizning muhim zamini sifatida o‘rganish imkoniyatlari ochiladi.
Sinergetik nuqtai-nazarga ko’ra har qanday ochiq tizim o’z rivojlanishi, taraqqiyoti jarayonida tashqi muhitdan modda, energiya, axborot oladi va o’z-o’zini tashkillashtiradi. Tadqiqotimiz mazmunidan kelib chiqib biz insonni ham ochiq tizim deb aytishimiz mumkin. Sinergetik kategoriyalar asosida tahlil etadigan bo’lsak muqaddas "Avesto" kitobi g’oyalari necha mingyillar oldin ham, asrlar davomida ham, bugungi kunda ham insoniyatga o’z-o’zini ma’naviy-ruhiy tashkillashi uchun eng muhim energiya va axborotni bera oladigan manba bo’lib xizmat qilmoqda. Bizga ma’lumki, inson o’z-o’zini tashkillashi jarayonida o’zi yashab turgan tabiatdan, jamiyatdan, turli ijtimoiy institutlardan va boshqa xilma-xil omillardan ozuqa oladi. "Avesto" esa ana shunday ta’sir etuvchi vositalar ichida eng maqbuli, eng harakatga yo’naltiruvchi kuchi, o’z-o’zini tashkillash uchun eng qulay yo’lni topishga yordam beruvchi vositasi deb ayta olamiz. Aslida kishilarning ma’naviy-ruhiy o’z-o’zini tashkillashi sinergetika qonuniyatlari yuzaga kelguniga qadar biror bir faylasuf tomonidan o’rganilgani yo’q. O’z-o’zini tashkillashtirish sinergetik talqin etilgach, shaxsning ma’naviy-ruhiy shakllanishida o’z-o’zini tashkillashtirish qonuniyatlarining o’rni o’rganila boshlandi.
Biz odamlarning o’z-o’zini ma’naviy-ruhiy tashkiliashtirishida "Avesto"dagi ezgulik g’oyalarining o’ziga xos o’rni va ta’sirini ko’rib chiqamiz. Shuni inobatga olmog’imiz lozimki, "Avesto"dagi ezgulik g’oyalariga binoan har bir inson faqat o’zi to’g’ri deb bilgan g’oyaga ergashishi, o’zi uchun, o’zining hayoti, baxtli yashashi uchun, faqatgina o’zi-o’zini munosib tarzda tarbiyalashi, rivojlantirishi lozimligi uqtiriladi. Har bir shaxs o’z-o’zini tarbiyalashi, o’z-o’zini rivojlantirishi, o’z-o’zini boshqarishi, o’z-o’zini saqlashi, o’z-o’zidan harakat qilishi, o’z-o’zini nazorat qilishi, o’z-o’zini tanqid qilishi, o’z-o’zini bilishi va anglashi hamda o’zi-o’zini tartibga solishi turli ezgulik g’oyalari asosida e’tirof etiladiki, hatto bu g’oyalar bugungi kun kishilarining ham o’z-o’zini ma’naviy-ruhiy, axloqiy tashkillashi uchun muhim ko’mak bera oladi.
"Avesto"da o’qiymiz:
- Ey Axura Mazda! Ey go’zal Ardabihisht!
Buni o’zimizga munosib ko’rdik:
Ikki olamda ham eng go’zal bo’lgan fikr, kalom va amalni tanlaymiz"2.
Ushbu gohdan biz insonlarning o’z-o’ziga ezgulikni, yaxshilikni munosib ko’rgan holda faqat ezgu fikr, ezgu kalom ezgu amal orqali o’z-o’zini yetuk, barkamol etib tarbiyalashi lozimligini anglab olishimiz mumkin.
"Avesto" g’oyalarini tahlil etganimizda tabiatga, tabiat, ne’matlariga, suv, tuproq, olov, havoga, o’simliklar, hayvonot olamiga nisbatan juda ehtiyotkorona, oqilona munosabatda bo’lish kerakligi haqidagi mulohazalar e’liborimizni tortadi.
"Biz xonadonlar, qishloqlar, shaharlar, o’lka va zardushtumga mansub bo’lgan fravashiylarni olqishlaymiz.
Bor, bo’lgan va bundan keyin ham bo’lg’usi ashavanlar fravashiylarini olqishlaymiz.
Osmonni tutib turguvchi; suvni asraguvchi; zaminni saqlaguvchi; sigirni himoyat qilguvchi; hayot topgan farzandlarni nobud bo’lmasligi uchun ona qornida asragan va tug’ilmasidan burun suyaklar, sochlar, et va ichki a’zolar, oyoqlar, erlik va ayollik alomatlariga jon bag’ishlagan fravashiylardir"1.
Ushbu bitikni chuqurroq tahlil etsak, unga ko’ra har bir narsani, jumladan insonni ham o’z fravashiysi, ya’ni o’z-o’zini saqlaydigan, asraydigan qandaydir ichki kuchi, ruhiyati bor. Ana shu ichki ruhiy-ma’naviy dunyosi bilan inson o’z-o’zini himoya qiladi, saqlaydi, nazorat qiladi. Bundan tashqari "Avesto" g’oyalariga ko’ra insoniyat tabiatni asrash orqaligina o’z-o’zini saqlab qolishi mumkin.
Demak, muqaddas yodgorlik g’oyalariga binoan inson ham tashqi muhit bilan o’zaro ta’sirda, aloqada bo’ladigan ochiq tizimdir. Uning ochiqligi turli ijtimoiy aloqalarga kirishishishiga va undan o’zining yangi ichki ma’naviy-ruhiy tashkillashtirishiga hamda o’z o’rnini bilishiga imkon beradi. Ammo insonga ta’sir etadigan tashqi ta’sir darajalari va ichki tashkillashish sifatlari o’zgarishi mumkin, ya’ni uni har doim ham ijobiy baholab bo’lmaydi. Chunki tashqi ta’sirni har bir shaxs o’zicha qabul qiladi, o’zicha tahlil etadi va o’zining ichki mezoni asosida o’z-o’zini tashkillashtiradi. Demak insonni o’z-o’zini tashkillashida erkinlik asosiy rol o’ynaydi. Inson ma’lum maqsadi asosida turli axborotlarni, g’oyalarni qabul qiladi va boshqa bir subyektning ta’sirisiz o’z erkin fikri asosida uni o’zining ichki tashkillashida qo’llaydi, foydalanadi. "Avesto"dagi ezgulik g’oyalari asosida kishilarning o’z-o’zini ma’naviy-ruhiy tashkillashi haqida fikr yuritar ekanmiz, inson rivojlanishida sinergetik qonuniyatlar amal qilishini yana bir bor e’tirof etamiz:
Birinchidan, inson o’z-o’zini tashkillashtiruvchi beqaror va ochiq tizimdir. Bu xossalar bevosita sinergetikaning tadqiqot bazasini tashkil etadi.
Ikkinchidan, insonda ham yaxlit tizim sifatida tartibsizlik, evolyusiya, tartibot, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini yaratish, xaosdan tartibotga o’tish, o’z-o’zini asrash, o’z-o’zini nazorat qilish, barqarorlik va beqarorlik kabi jarayonlar kuzatiladi.