Fanning predmeti va vazifalari “Oila er-xotin, farzandlar, ota-onalar va boshqa oila a’zolaridan tashkil topgan jamiyat davomiyligini ta’minlaydigan tabiiy-biologik ehtiyojlar birligiga kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy ehtiyoji va hamkorligiga asoslangan barqaror ijtimoiy birlik hamda jamiyatning muhim negizidir”.
Oila ma’naviyati esa, undan tarbiya usulida qo’llaniladigan ma’naviy-axloqiy mezon va qarashlar-yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi tushunchalarga asoslanadi. oilaviy munosabatlar qanchalik yaxshi yo’liga qo’yilgan bo’lsa, Shunchalik oila ma’naviyati yuksala boradi.
Fanning vazifasi: oila institutining tarixiy va zamonaviy shakllari haqida ilmiy asoslangan fikr va xulosalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning amaliy ahamiyati: talaba-yoshlar ongida umuman oila mazmun-mohiyati, xususan mustaqil O’zbekistonda oilaviy munosabatlar madaniyati, oila huquqi va mas’uliyati haqida ilmiy asosli tasahur hosil qilish bilan birga, uni amaliy hayotga tadbiq etishga o’rgatish.
“Aql-idrok egalarining nafi har doim barchaga tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo’ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar uquh-idrok bilan val etiladi. barcha murakkab ishlar bilim orqali o’z echimini topadi”1.
Bu fikrlardan inson qadr-qimmati, ahvalo, ahloq-odobda, keyin bilimda ekani ko’rinadi. Ammo ota-ona oilaviy munosabatlarda farzandiga bilim va tarbiyani etkazib bergandagina bunga erishish mumkin. Aks holda farzand tarbiyasiz bo’lib qolishi mumkin. Alloma Jomiy bilim va tarbiyada kitobning o’rni va ahamiyatiga e’tibor qaratadi.
Oila ma’naviyati va madaniyatini rihojlantirishda kitob asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Oila munosabatlari madaniyatida o’sib kelayotgan yoshlar uchun hayot mas’uliyatini his qilishi, nikoh yoshiga etganda muhabbat asosida oila qurishdan boshlanadi. Odamzod eng murakkab hayot falsafasini Shu erda to’laroq anglab etadi. Oila qurish, farzand ko’rish, ularni tarbiyalash mas’uliyatini ham ota-ona bergan tarbiya asosida shakllanadi. Bir-biri bilan munosabati yomon bo’lgan ota-ona o’z farzandlarini ahil, baxtli oila qurib, tinch yashashga o’rgata olmasligini hayot tajribasi ko’rsatmoqda.