1-Mavzu: Oila ma’naviyati kursining predmeti va vazifalari


OILA JAMIYAT BARQARORLIGI ASOSI



Yüklə 61,39 Kb.
səhifə4/6
tarix14.12.2023
ölçüsü61,39 Kb.
#177630
1   2   3   4   5   6
1-mavzu

OILA JAMIYAT BARQARORLIGI ASOSI
Xalqimiz azaldan oilaning sha’ni, obro’sini ezgu qadriyat sifatida e’zozlab kyeladi. Zyero, millatning o’zligini anglashida, shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri byeqiyos.
«Mustahkam oila» g’oyasining amaliy ifodasi, birinchi galda, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idorasi, dyeb nom qozongan mahalla tizimida yanada oydinroq, yorqinroq ko’rinadi. Zotan, mahalla mustaqillik yillarida noyob ijtimoiy tuzilma sifatida shakllanib, «xalq vijdoni» dyegan yuksak ta’rif oldi. Xususan, yosh oilalarni hayot sinovlaridan olib o’tishda, jamiyatimizda insoniy fazilatlarni qaror toptirishda, milliy urf-odatlarimizga yot bo’lgan buzg’unchi g’oyalarga qarshi kurashda, azaliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda, yoshlarimizni turli zararli oqimlar ta’siridan saqlashda, odamlarga yelkadosh bo’lish, ko’mak, maslahat byerishda mahallalar o’rni va ahamiyatini hyech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Kam ta’minlangan oilalarga har tomonlama yordamlashish, ijtimoiy, moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ham el-ulus vijdoni mahalla e’tibori hamda g’amxo’rligida bo’ladi.
Mahalla institutining nufuzini oshirish yo’lida oldimizda turgan oliyjanob maqsad hamda vazifalar ijrosi, shaksiz, ularning faollari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Deylik, yosh oilalarning oyoqqa mustahkam turib olishlari, o’sib kelayotgan avlodning ham jismoniy, ham ma’naviy yetuk bo’lib kamol topishi, ularning mustaqil hayotga dadil qadam qo’yishi — hammasi mahalla hamda oiladagi tarbiyadan boshlanadi.
Bir so’z bilan aytganda, oilaga va uning a’zolariga ko’rsatiladigan har qanday ko’mak, g’amxo’rlik jamiyat rivoji, mamlakat taraqqiyoti va milliy manfaatlarimiz uchun xizmat qiladi. Yangidan qabul qilinadigan qonun, qoida va normalarda bugungi va ertangi kunimiz talablari to’la aks etib, amaldagi qonun hujjatlarimizga kiritiladigan zarur o’zgartish hamda ko’shimchalar oilaning ma’naviy hayotimizda mustahkam tayanch bo’lishida yyetakchi omilga aylanishi, shubhasiz.

Yüklə 61,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin