OILA TO’G’RISIDA SO’Z… Oila deganda har birimiz ko'z o'ngimizda, o'z xonadonimiz va undagi boshqa joyda topilmaydigan boshqacha bir fayz gavdalanadi. Undagi mehr-muhabbat tuyg'ulari til bilan ta'riflashga ojizdek tuyuladi. Oila – bu azal azaldan xalqimiz muqaddas sanab kelgan dargohdir. Bu oila ikki jins vakilining nikoh qurishi bilan barpo bo'ladi. Yangi qurilgan oilalarga hamma xavas qiladi. Momolarimiz duolar qilib, qobil farzandlar so'raydilar. Bobolarimiz oila degan maskanni ham moddiy ham ma'naviy tarafdan ximoya qilishni o'zlarining muqaddas burchlari deb bilganlar va bizlarga buni meros qilib qoldirganlar.
Oila – baxt maskanidir. Har qanday baxt u bilan mustahkam bo'ladi.
Biz hali tug'ulmasimizdan oila degan maskan bizga intizor bo'ladi. Bizni mavjud ekanimizdan xabar topgan zaxoti, bizning bo'lajak oila a'zolarimiz benixoya xursand bo'lib ketadilar. Hayajon bilan bizni kuta boshlaydilar. Bizni kutayotgan bu maskan, biz uchun g'amxo'rlik va chin mexr-muruvvat makoni bo'lib xizmat qiladi. Intizor kutilgan tong, bizning tavalludimiz oilamiz osmonida porloq quyoshdek charaqlaydi. Bizni judayam katta bir xursandchilik bilan o'z quchog'iga oladi. Bu tuganmas baxtiyorlikning zarrin nurlaridan ko'zimizni anchagacha ocha olmaymiz. Nigohlarimiz bu maskan nurlariga ko'nika boshlagach, asta ko'zlarimizni ochamiz. Hamma bizga kulib qarab turardi. Agar bir kulib qo'ysak bormi shu vaqt, ular yanada quvonib ketadilar. Biz sezmaymiz, ammo ular bizni kelajagimizdan katta umidlar qilmoqda. Bir inson, negadir u hammadan boshqacha. Uning mehridan shu qadar rohatlanamizki... Keyin bilsak u Onamiz ekan. Onalar oilaning kelajagi poydevori va chin muhabbat qiyosidir. Yana bir inson, negadir u xaybatliroq. Ko'zlaridan faxr tuyg'ular chaqnab turibti. Keyin bilsak u Otamiz ekan. Otalar oilaning bosh ustuni va ximochisidir.
Oila haqida Islom Karimov fikrlarini keltirish o’rinli deb hisoblayman. Masalan, yuksak ma’naviyat – engilmas kuch asarida quyidagi fikrlarni o’qiymiz:
“Insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari, ilk xayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida svaklllanadi” (52-bet).
“Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mexr-oqibat, or-nomus va andisva kabi muqaddas tushunc valarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir” (53-bet).
“Inson o’z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha olar ekan” (53-bet).
“Bu yorug’ dunyoda xayot bor ekan oila bor, oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan odamzod hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi” (56-bet). Bu teran g’oyat nazariy fikrlarda oila ma’naviyatiga xos muhim masalalar o’z ifodasini topgan.
Mustaqillik dahrida oila, fuqarolik, uy-joy kodekslari va boshqa zarur qonun xujjatlar qabul qilindi.
1998-yil oila yili deb e’lon qilindi!
XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida jahon makonida davlatlar kechirayotgan iqtisodiy inqiroz oila munosabatlari madaniyatiga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Rossiya olimlari: Makimenkoh H.I., Popov A.A., chet el olimlari E.Bek, M.Bauen, X.Bridjer, E.Keyn, E.Ketcher va boshqalar xozirgi vaqtda Yoshlar oila qurishdan ko’ra oiladan tashqari qadriyatlarni ko’proq qo’llaganligiga e’tibor qaratmoqdalar1. Agar bu tendentsiya davom etadigan bo’lsa, jamiyatdagi demografik vaziyatga nafaqat salbiy ta’sir qiladi, balki sotsial muammo sifatida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy xayotiga ham putr etkazadi. Yoshlarning oila qurmay oiladan tashqari qadriyatlar bilan vaqtlarini o’tkazishi farzandli bo’lib, uning tarbiyasi bilan Shug’ullanmasligi jamiyat oldida turgan va uni oldini olish muxim bo’lgan ijtimoiy masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunining besh yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishda 1998-yil “Oila yili” deb e’lon qilindi.
- 1999 yil - “Ayollar yili”;
- 2000 yil - “Sog’lom ahlod yili”;
- 2001 yil - “Onalar va bolalar yili”;
- 2002 yil - “Qariyalarni qadrlash yili”;
- 2003 yil - “Obod maxalla yili”;
- 2004 yil - “Mexr muruvat yili”;
- 2005 yil - “Sixat-salomatlik yili”;
- 2006 yil - “Xomiylar va shifokorlar yili”;
- 2007 yil - “Ijtimoiy himoya yili”;
- 2008 yil - “Yoshlar yili”;
- 2009 yil - “Qishloq taraqqiyoti va farohonligi yili”;
- 2010 yil - “Barkamol avlod yili”;
Oliy Majlis Senatining 2007 yil 1 dekabrda “Bola xuquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonun ma’qullandi.
“Sog’lom avlodl uchun” ordeni ta’sis qilindi. Shu yillari “Maxalla jamg’armasi” xamda “Oila” ilmiy–amaliy markazi tashkil etildi. “Oila” markazi faoliyatining asosiy yo’nalishlari:
- “Oila” va jamiyat, oila va maxalla munosabatlari bilan bog’liq milliy an’analar, sermazmun milliy qadriyatlarning ildizlarini, ajdodlarimiz merosini o’rganish va ommalashtirish,
- Milliy oilaviy tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning o’rnini yuksaltirish va uning oilada uyg’unlashuvini ta’minlash;
- Oilaning pedagogik, psixologik, ijtiomiy-psixologik, etnopedagogik, etnopsixologik muammolarini o’rganish hamda rihojlanish istiqbollari bo’yicha taklif va tavsiyalar tayyorlash;
- Oilaning ijtiomiy-iqtisodiy holati demografik xususiyatlarini ilmiy asosda tadqiq etish;
- oila, ayol va bolalrni ijtimoiy-iqtisodiy mavzularni aks ettiruvchi statistik axborotlarni to’plash va umumlashtirish;
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni yaxshilash maqsadida nikoh uylari va salomatlik markazlari huzurida maxsus o’quv-tarbiyahiy kurslarni tashkil etish;
- oilani huquqiy sahoxonligini tubdan yaxshilash va bo’yicha ilmiy-amaliy faoliyat ko’rsatish;
- oilalada bolaning qonuniy huquqiy huquq va manfaatlarini himoya qilish;
- yosh avlodda ma’naviyat, madaniyat, ma’rifatni yanada yuksaltirish orqali oilada barkamol ahlodni tarbiyalashning eng samarali, maqbul usullarini izlash va ishlab chiqish;
- oila va jamiyat muammolariga va ularning echimiga oid o’quv-uslubiy qo’llanma, ilmiy-ommabop risolalar yaratish va boshqalar.