1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja


Ijtimoiy yordam turlari. Sotsial xizmat turlari



Yüklə 281,36 Kb.
səhifə40/57
tarix30.11.2023
ölçüsü281,36 Kb.
#170077
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
OBBII 1-qism

2. Ijtimoiy yordam turlari. Sotsial xizmat turlari.
Ijtimoiy yordam - davlat va jamiyatning qariligi, sogʻligʻi, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik uchun vositalar bilan yetarli taʼminlanmagani tufayli yordamga muhtoj fuqarolar toʻgʻrisida gʻamxoʻrligi. Ijtimoiy yordam. (ijtimoiy himoya, ijtimoiy taʼminot) pensiyalar, nafaqalar toʻlash, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish, 16 yoshgacha farzandi boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga oylik nafaqa toʻlash, bemorlar va keksalarga xizmat koʻrsatish, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish koʻrinishida amalga oshiriladi. Mehnatga layoqatsizlarni moddiy taʼminlashning qat’iy kafolatli tizimi ijtimoiy sugʻurta deb ataladi.
Ijtimoiy ta’minot - davlat ijtimoiy siyosatining namoyon bo‘lish shakli bo‘lib, aholining alohida toifalarini moddiy ta’minlashga qaratilgan, rivojlanishning muayyan bosqichida davlat tomonidan ijtimoiy ahamiyatli deb topilgan holatlarda ularning ijtimoiy holatini jamiyatning boshqa a’zolariga nisbatan tenglashtirishga yo‘naltirilgan, davlat byudjeti va boshqa maxsus maqsadli jamg‘armalar hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimidir.
Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda bugungi kunda ijtimoiy ta’minot tizimiga quyidagilar kiradi:

  • barcha turdagi pensiyalar;

  • ijtimoiy nafaqalar;

  • turli kompensatsion to‘lovlar;

  • fuqarolarning alohida toifalariga tibbiy yordam va davolash xizmatlari;

  • fuqarolarning alohida toifalariga imtiyozlar;

  • uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat ko‘rsatish;

  • nogironlarni ortopediya-protez buyumlar va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash;

  • bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va ularni tarbiyalash;

  • nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;

  • aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‘rsatish;

  • imtiyozli aholi qatlamlarini dori-darmonlar bilan ta’minlash;

  • uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.

Bu xizmatlarning ayrimlari budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilsa (masalan: yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalari, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn marosimlari uchun nafaqa kabi), ayrimlari (masalan: qariyalar va nogironlar uylarini saqlash, bepul ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi) davlat byudjeti (respublika budjeti va mahalliy budjetlar) hisobidan, boshqa birlari (masalan, aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‘rsatish) kasaba uyushmalari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Ijtimoiy ta’minot tushunchasini yoritishga bag‘ishlangan fikrlarimizni nihoyasiga yetkazib shuni ta’kidlaymizki, bepul ta’lim, uy-joy bilan bepul ta’minlash kabi ijtimoiy yordam turlari, garchi aholining ijtimoiy ahvolini yengillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar sirasiga kirsa-da, ijtimoiy ta’minot tarkibiga kirmaydi, balki davlatning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash chora-tadbirlari qatorida davlat byudjeti va boshqa davlat mablag‘laridan moliyalashtiriladi.







  1. Yüklə 281,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin