Nazorat uchun savollar: Qiyin hayotiy vaziyat tushunchasiga izoh bering.
Ijtimoiy huquq tushunchasiga izoh bering.
“Turtki” konsepsiyasi nima?
Oilada “orqaga ketish” tushunchasiga izoh bering.
Oila ilmiy alaliy markazining ajrim uzasidan olib borayotgan faoliyatini ta`riflang.
Ijtimoiy regrezga tushgan oilaga psixologik pedagogik yordam necha yo`nalishda ko`rsatiladi?
Rus olimi V.Stolinning tadqiqotlariga izoh bering.
Ijtimoiy psixologik yordam ko`rsatish markazlari kimlarga yordam ko`rsatadi?
9-mavzu. Notinch oilalardagi bolalarga yordam berish texnologiyalari. Reja: Oila notinchligi tushunchasi. Oila notinchligi mezonlari. Notinch oilalar turlari.
Qiyin hayotiy vaziyatdagi bolalarga yordam berish turlari.
Notinch oilalardagi bolalar xulq-atvorida tajovuzkorlik (agressiv) xulq muammolari.
Notinch oilalar bilan faoliyat yuritadigan xizmat va mansabdor shaxslar.
Tayanch iboralar: detronizatsiya, sibling, avtonomiya fenomeni, agressiya
O‘zbekistondagi oilalarning notinchlik sabablari aniqlandi. Unga ko‘ra, eng ko‘p havotirli va notinchlikni keltirib chiqarayotgan omil moddiy yetishmovchilik ekani ma'lum qilindi. Bu haqda «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hisobotida ma'lum qilingan.
2021 yil 24 dekabr kuni «Poytaxt» ishbilarmonlar markazida Press-klubning navbatdagi press-qahva formatidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlar bilan ochiq muloqot tashkil etgan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari Dilorom Toshmuhammedova oila masalalari bo‘yicha ayrim raqamlarni oshkor etdi.
«Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani va Toshkent shahrining Olmazor tumanida oila masalasiga oid ilmiy-amaliy tadqiqot o‘tkazildi. Tajriba-sinov tariqasida tanlab olingan tumanlarda olib borilgan ishlar natijalari bo‘yicha yo‘l xarita ishlab chiqildi. Shuningdek, 15730dan ortiq notinch oila aniqlanib, har bir oila bilan alohida ish olib borilishi nazarda tutilgan», – deydi markaz rahbari.
Ma'lum qilinishicha, oilalarning notinchlik sabablari orasida moddiy yetishmovchilik (39,3 foiz) yetakchi bo‘lmoqda. Bundan tashqari notinchlikni keltirib chiqaruvchi omillar sirasiga spirtli ichimlik yoki giyohvandlikka ruju qo‘yish (14,5 foiz), doimiy oilaviy janjallar (25,9 foiz), muqim turar joy yo‘qligi (5,7 foiz) kirgan. Boshqa sabablar tufayli oilaning notinch ekanligi (14,5 foiz) ham aniqlangan.
Markaz tarqatgan xabarga ko‘ra, 3 mingga yaqin notinch oilalarning muammolari hamkor tashkilotlarga yo‘naltirish orqali yechimi topildi. Jumladan, ularning 23 foiziga moddiy yordam, 8,8 foizini uy-joyini ta'mirlash, 15,1 foizini ishga joylashtirish, 9,9 foiziga davolanish, 6,1 foiziga davolanishga order olishi, 3,8 foizi chorva mollari, 7,6 foiziga hujjatlari (pasport, guvohnoma, uy hujjatlari) masalasida, 5,5 foiziga homiylar mablag‘i yo‘naltirish, 11,9 foiz oilalarga boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatildi.
2018 yil davomida 23554 nafar ajralish arafasida turgan juftliklar yarashtirilgani aytildi.
Ma'lumot uchun, 2018 yil 2 fevralda qabul qilingan «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmonida oila instituti sohasida ustuvor yo‘nalishlar va muhim vazifalar belgilab berilgandi.
Shunga ko‘ra, «Oila» markazi jamiyatda oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish, jamiyatda zamonaviy namunali oila mezonlarini joriy etish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasida respublikaning yetakchi ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi sifatida tashkil etildi.
Hozirda respublikada qariyb 9 millionga yaqin oiladan 308 875tasi kam ta'minlangan oila hisoblanadi. Shulardan 12 mingdan ortig‘i notinch, 5 mingga yaqini noqobil oilani tashkil etadi. 50 mingga yaqin yoshlar esa IIV nazoratida turadi.
Ota-ona va bola munosabatlari demokratik tamoyillarda amalga oshadigan oilada bolada o’zi va ota-onasi to’g’risida quyidagicha tasavvur shakllaandi: “Meni sevishadi va men kerakman, shuning uchun men ham ularni juda sevaman”. Bunday bola psixologiyasi va xarakterida ustuvor fazilatlar sifatida adekvat o’z-o’zini baholash va insonlarga ishonch, har qanday yaxshi narsalardan, jumladan, ota-ona bilan yaqin, samimiy munosabatlar quvonish, o’ziga ishonch, xatoliklardan cho’chimaslik, ayb ish qilib qo’yganda ham unchalik qayg’urmaslik, zaruratga qarab iltimoslar qilish va bunda real ko’mak olishga umidvorlik, ota-onaning hayotdagi o’rni va ishonchlarini, umid va istaklari bilan hisoblashish kabilarni sanash mumkin.
Bolaga nisbatan haddan ziyod mehribonlik (giperprotektsiya), e’tibor ko’rsatilgan oilada bola “Meni sevishadi va men kerakman, ular meni deb yashashadi”, degan tasavvur mavjud bo’ladi. Bunday oilada bolalar o’zining borligidan, tug’ilganligidan mag’rurlanib yashaydi va shuning uchun har qanday tilak va xohish amalga oshishiga ishonadi. Odatda bunday bolaning tug’ilishini ota-ona uzoq vaqt kutgan bo’ladi va buni ular hadeb bolaga eslataveradi, shuning uchun ham bola juda egoist bo’lib ulg’ayadi, ota-onasining nochorligi to’g’risidagi tasavvur o’zining ko’p narsalarga qodirligi bilan uyg’unlashadi. Tantiq bolada o’zi to’g’risida go’yoki o’ta iqtidorli ekanligi fikri ustuvor bo’ladi, chunki ota-ona uning ayrim, ahamiyatsiz yutuqlarini ham osmonga ko’taradi.
Yuqoridagi holatning aksi, ya’ni, bolaga nisbatan e’tiborsizlik, mehrsizlik bo’lgan oilada bolaning tasavvuri quyidagicha bo’ladi: “Meni yoqtirishmaydi, lekin men o’zim harakat qilib, ularga yaqinlashishim kerak”. “Men yaxshi bola emasman”, degan tasavvur odatda bolada qator jiddiy salbiy sifatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Masalan, o’ziga bo’lgan bahoning pastligi, o’zini aybdor deb hisoblashning yuqoriligi, ko’p narsalardan hadiksirash, ayb ish qilib qo’yishdan cho’chish, kayfiyatning beqarorligi va shunga o’xshash. Bunday oilada ma’naviy muhit yaxshi bo’lmaganligi sababli bola salga yig’laydigan, “qo’rqqan oldin musht ko’taradi”, deganlariday, har bir yaxshi yoki yomon ishni qilib qo’yib, o’zini oqlashga intilish psixologiyasi paydo bo’ladi. Aslida bola o’zining kutilmagan ekanligini, ota-onalari uni vaziyat taqozosi, tasodif tufayli dunyoga keltirishganligini yaxshi biladi. Chunki bu haqda ota-onalar uning oldida gapiraveradilar.
Ota-ona mehriga to’ymagan, unga erisholmagan bola salbiy hissiy kechinmalarning keyingi bosqichiga o’tadi: “Sizlar meni xafa qilyapsizlar, men ham shunga munosib javob beraman”. Bunday sharoitda bola ataylab, ota-onasiga yoqmaydigan qiliqlar qiladi, aytganlarining teskarisini bajaradi, tobora ota-ona uchun ham u bilan bo’ladigan muloqotlar og’ir botadigan bo’lib boradi. Qasoskor bola ko’pincha ota-ona talablarining teskarini qilib, ularning asabiga tegadigan, boshqarib bo’lmaydigan qaysar va ko’pincha jinoyat yo’liga ham kirib ketadigan insonga aylanadi.
Ba’zan ota-ona mehrsizligidan aziyat chekkan bola kurashib charchaydi: “Meni sevishmaydi, kerak emasman, meni tinch qo’yinglar”, degan ma’noda bola o’z nochorligini ifodalay boshlaydi. Bunday oiladagi vaziyat juda og’ir bo’lib, bola o’zini yolg’izlikka mahkum etadi, hammadan qochadi, o’smirlar o’rtasida sodir bo’ladigan suitsid holatlarining aksariyati ana shu psixologik vaziyatdan kelib chiqadi.
.Adler oilashunoslik fanida ilk marotaba bola shaxsining shakllanishi va rivojlanishi uning oilasidagi aka-ukalar va opa-singillarning borligiga bog’liqligi g’oyasini ilgari surgan. Afsuski, bu omil Sharq xalqlari, xususan, O’zbekiston uchun o’ta muhim bo’lishiga qaramay, bizda ham, kichik oilalar xos bo’lgan G’arbda ham juda kam o’rganilgan.
Psixologik adabiyotda sibling maqomi aslida (inglizcha sibling, sibs – bir oiladagi akalar va opalar ma’nosini bildiradi) – muayyan insonning muayyan oilada tug’ilishi, jinsi va tug’ruqlar orasidagi rasmiy farqni ifodalovchi tushunchani bildiradi. Bolaning sibling maqomi va uning shaxsiy ko’rsatkichlar bilan bog’liqligi masalasiga xali aniqlik kiritilmagan, ya’ni aniq ilmiy dalillar etarli emas. Shunga qaramay, ko’pgina tadqiqotchilar (Richardson R., 1994; Driskoll R., Iksteyn D., 2003; Brazington R., 2003 va boshqalar) shaxsning sibling maqomi uning shaxsiga, er-xotinlik va ota-onalik maqomlariga, do’stlar bilan muomalasiga, ishda rahbariyat va hamkasblar bilan o’rnatadigan muloqotlarining xarakteriga ta’sir etishini o’rganishgan. Empirik ma’lumotlar bunday bog’liqliklarning to’rt turi mavjudligini ta’kidlaydi.