1-mavzu: Ona tili darslarida о‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini nazorat qilishning kognitiv shakllari (2-qism) REJA:
Sintaktik tahlil tartibi.
Boshlangich sinf ona tili darslarida nostandart testlardan foydalanish va ularga qо‘yiladigan didaktik talablar.
Tayanch s о‘zlar:sintaktik, ijodiy, nostandart test, kumulyativlik, reproduktiv.
Sintaktik tahlil tartibi:
3-sinf о‘quvchisi “Chiroyli gullar adirlarni bezadi” gapini quyidagicha tahlil qiladi:
Gap gullar haqida aytilgan. Nimalar? – gullar – ega (tagiga bir chiziq chizadi).
Gullar haqida nima deyilgan? Bezadi– nima qildi? – kesim (tagiga ikki tо‘ g‘ri chiziq chizadi).
Qayerlarni? (bezadi) – adirlarni – ikkinchi darajali bо‘lak, gapni tо‘ldirayapti (tagiga tо‘lqinli chiziq chizadi).
Qanday? (gullar) – chiroyli (gullar) ikkinchi darajali bо‘lak, egani izohlayapti. (tagiga tо‘lqinli chiziq chizadi). Gullar bezadi – gapning asosi.
Ijodiy mashqlar.Ijodiy mashqlarda о‘quvchilar о‘zlari erkin ravishda gap tuzadilar. Boshlan g‘ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Gap tuzish uchun mavzu beriladi, о‘quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar: «Quyoshli kunda», «Bizning uy» yoki «Quyon va tipratikan» kabi.
2. Narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, о‘quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar.
3. Ikki-uchta «tayanch» sо‘z beriladi, о‘quvchilar shu sо‘zlarni qatnashtirib gap tuzadilar. Tayanch sо‘z sifatida bolalarning faol lu g‘atiga aylantirish zarur bо‘lgan sо‘zlar olinadi.
3. Boshlangich sinf ona tili darslarida nostandart testlardan foydalanish va ularga qо‘yiladigan didaktik talablar.
Tuzilgan test topshiriqlarining hammasini ham birdek qо‘llashga yaroqli deb bо‘lmaydi. Test savollari mukammal bо‘lishi uchun ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat:
test topshiriqlari mazmunining о‘quv maqsadiga muvofiqligi;