1-mavzu: Ona tili darslarida о‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini nazorat qilishning kognitiv shakllari (2-qism) reja


Tо‘g‘ri javobda qо‘shimcha belgilarning mavjud bо‘lmasligi



Yüklə 31,35 Kb.
səhifə4/5
tarix19.10.2023
ölçüsü31,35 Kb.
#157300
1   2   3   4   5
SPt1jphEpXAM4B0Hp3NuUgPRoKMc1cB3D0KyJC4x (1)

12. Tо‘g‘ri javobda qо‘shimcha belgilarning mavjud bо‘lmasligi. Test tuzishda tajribasiz kishi tushunarli bо‘lsin, degan maqsadda tо‘g‘ri javobni boshqa javoblarga nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi. О‘quvchilar bu farqni tez anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab aniqlashadi. Bunga aslo yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi.
13. Variativlik. О‘quv materialidagi ma’lum bir mavzuni о‘zlashtirishni nazorat qilish uchun mantiqiy fikr bayoni, sintaktik tuzilishi, morfologik belgilari yoki murakkablik darajasiga kо‘ra turlicha bо‘lgan, lekin bitta о‘quv materialiga tegishli test savollari tuzish mumkin. Bu bir о‘quv maqsadiga erishish y о‘lida topshiriqlar turkumini yaratish imkonini beradi (invariant testlar). SHu bois komp’yuter test tizimi topshiriqlarning variativlik xususiyatiga asoslangan. Bunda komp’yuter navbatlagi topshiriqni avvalgi savolga berilgan javobga k о‘ra tanlaydi.
14. Shaklan va mazmunan о‘zaro bog‘liqlik. Bu talab falsafadan, uning qoidalarini san’at asarlarini о‘rganishga qiyoslashdan olingan. Gegel fikricha, haqiqiy san’at asari shaklan va mazmunan yaxlit asardir. Binobarin, test topshiriqlari ham shaklan va mazmunan uyg‘un bо‘lishi lozim. Test topshiriqlarini yuqoridagi talablar asosida tuzish, о‘qituvchilarning test tuzish nazariyasi bо‘yicha ma’lumotga ega bо‘lishlarini talab qiladi. Buning uchun testshunoslik kurslarida о‘qish va tegishli adabiyotlarni mustaqil о‘zlashtirib borish zarur.
Test topshiriqlari tuzishga oid yuqoridagi talablarga rioya qilish, ularning о‘quvchilar bilimini haqqoniy va aniq о‘lchash xususiyatlarini ta’minlaydi. Buning uchun test topshiriqlari tuzishda mutaxassis olimlar, fan о‘qituvchisi, uslubchi, tilshunos, pedagog va psixologlarning hamkorlikdagi faoliyatini ta’minlash zarur.
Oquvchilarning Blum taksonomiyasi bо‘yicha bilishga oid о‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda 3-sinf ona tili darslarida foydalaniladigan nostandart test topshiriqlari



Yüklə 31,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin