7. Samaradorlik (kumulyativlik). Samaradorlik test topshiriqlarining borgan sari murakkablashib borishini nazarda tutadi. Bu qat’iy talab emas. Chunki zamonaviy kompyuter test tizimida о‘quvchiga navbatdagi test topshiri g‘i, avvalgisini qanday echganiga qarab beriladi. Ya’ni avvalgi savolga notо‘g‘ri javobdan sо‘ng unga nisbatan murakkab bо‘lmagan test topshiriqlari berilishi mumkin.
8. Vaqtning qat’iy belgilanganligi. Bu shartning mohiyati shundan iboratki, о‘ylash uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bо‘lmasligi lozim. Birqancha xorijiy test topshiriqlarini tahlil etilganda, matematika b о‘yicha 65 sekund, til va adabiyot bо‘yicha 32 sekund, ijtimoiy va tabiiy fanlar bо‘yicha 41 sekund, dalillar va iboralar uchun 20-25 sekund, chizmalar uchun 90 sekund, shakllarni aniqlash uchun 90-120 sekund vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq deb topilgan.
9. Ixchamlik. Test topshiriqlarining matni chо‘zilib ketmasligi, qalashtirib tashlanmasligi lozim. Murakkab kо‘lamli о‘quv savolini о‘zlashtirishni aniqlash zarur bо‘lgan hollarda, uni bir qancha ixcham test topshiriqlariga bо‘lib tuzilgani ma’qul.
10. Til ravonligi, aniqligi va bir ma’noliligi. Test topshiriqlarida kо‘p ma’nolilik va noaniqlikka yо‘l qо‘yib bо‘lmaydi. AQSHda test topshiriqlarini tuzuvchilar guruhiga muayyan bir о‘quv fani bо‘yicha tajribali pedagog va ruhshunosdan tashqari adabiy muharrir ham kiritilishi an’anaga aylangan.
11. Murakkablik me’yori (yaroqliligi). Test topshiriqlari pedagogik jihatdan samarali bо‘lishi uchun ular oddiy axborot berib qolmasligi, javobi ochiqdan-ochiq ayon bо‘lmasligi lozim. Natijasi yarmiga teng (Pq0,5) bо‘lgan test topshiriqlari nisbatan samarali hisoblanadi. Bunday natija о‘quv materialini yaxshi о‘zlashtirgan yoki chuqur tayyorgarlik kо‘rmagan о‘quvchini aniqlashni osonlashtiradi. SHuning uchun ham abiturientlarni tanlash, bitiruv imtihonlari kabi muhim tadbirlar uchun test topshiriqlari о‘quv dasturini tо‘liq о‘rgangan о‘quvchilarning 50 foizi bajara olishi mumkin bо‘lgan darajada tayyorlanadi. Demak, ma’lum bir y о‘nalishdagi testlar uchun 50 foizlik natija yaxshi kо‘rsatkichdir. SHuni unutmaslik kerakki, о‘z sinfi uchun muallimlar tomonidan tayyorlangan test topshiriqlari boshqacharoq mezon bilan baholanadi. Bunda 50 emas, balki 85 foiz kо‘rsatkich maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu haqda oldingi mavzuda bayon etilgan.