1. О‘quv maqsadiga muvofiqligi. Test topshiriqlarining mazmuni aniqlashtirilgan (identifikatsiyalangan) о‘quv maqsadlariga muvofiq b о‘lishi lozim. О‘quv maqsadlari majmui Blum taksonomiyasi bо‘yicha ierarxik tuzilishiga ega. SHuning uchun nisbatan yaqin maqsadni amalga oshirmay turib, umumiy (nisbatan olis) maqsadga erishib bо‘lmaydi. Har bir test savoli ma’lum bir о‘quv maqsadining rо‘yobga chiqishini ta’minlashi zarur.
2. Materialning ahamiyatliligi. Test savollariga о‘quv materialining eng muhim, asosiy qismlarini kiritish lozim. Testda topshiriqlar soni, odatda, cheklangan bо‘ladi. Binobarin, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri qо‘yilayotgan masalada barcha mavzular tо‘liq qamrab olinmagan bо‘lishi mumkin. О‘quvchining umumiy holatdan xususiy xulosaga kelishi (deduktiv) va aksincha, ayrim dalillardan umumiy xulosalar (induktiv) chiqara olishi, uning nazariy qoidalarni alohida holatlarda q о‘llashni necho g‘lik о‘zlashtirib olganini, tafsilotlarni bilishi esa nazariy asoslarni tushuntira olish qobiliyatlarini k о‘rsatadi.
3. Ilmiy aniqlik.Testga mushohada, bilim orqali asoslash mumkin b о‘lgan haqqoniy ma’lumotlar kiritiladi. Fandagi munozarali qarashlarni test savollariga kiritish tavsiya etilmaydi. Test topshiriqlari tabiati, avvaldan ma’lum, aniq javob berishni taqozo etadi.
4. Izchillik. Testdagi topshiriqlar ma’lum bir fanga taaluqli, umumiy bilim mohiyatiga k о‘ra о‘zaro bo g‘liq b о‘lishi lozim. Izchillik ayni bir topshiriq javobini umumiy test natijalariga nisbatan munosabatida (korrelyativ) k о‘rinadi.
5. Tо‘kislik va uyg‘unlik. Testdagi topshiriqlarning umumiy soni mavzu va qismlarga nisbatan muvofiq taqsimlanishi ahamiyatli. Bu talab test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim.
6. О‘zlashtirish darajasiga kо‘ra tabaqalanganligi. О‘quv materialining ma’lum bir tarkibiy qismiga oid о‘zlashtirish darajasi turlicha (bilish, eslab qolganini tasvirlash, samarador bilimlar va ijodiy fikrlash) bо‘lgan test topshiriqlarini tuzish lozim. Bu talab ham test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim.
Bilish darajasidagi test topshiriqlari avval о‘zlashtirib olingan ma’lumotlarni qayta tiklashga asoslanadi. Bunda xotira quvvati katta ahamiyatga ega b о‘ladi.
Reproduktiv darajadagi testlarda esa, о‘quvchi oldin о‘zlashtirilgan ma’lumotlar asosida mustaqil fikrlaydi, topshiriq bajarganda esa, fanda avvaldan ma’lum b о‘lgan qoida va algoritmlarga (yо‘llanmalarga) suyanadi. Bunday holda u, esda qolganni tasvirlash, qayta tiklash y о‘lidan boradi.
Samarador mustahkam bilimlar va ijodiy fikrlashga oid test topshiriqlari esa sinalayotgan shaxsning ma’lum umumiy uslublarni topshiriqda kо‘rsatilgan aniq shart-sharoitlarga mustaqil qо‘llash layoqatini sinaydi. Samarador bilimlar va ijodiy fikrlash faoliyati tayyor qoidalar va algoritmlar asosida emas, ma’lum qoidalarga kо‘ra yaratilgan yoki yangi sharoitdagi faoliyat jarayonida qayta yaratilgan qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
Ijodiy fikrlash darajasiga oid tuzilgan testlarda topshiriq umumiy holda bayon etiladi, maqsadga erishish uchun zarur bо‘lgan xatti-harakatlar va vaziyatlarni о‘quvchi ijodiy fikrlash natijasida aniqlaydi. Bunday test topshiriqlarni echish jarayonida butunlay yangi axborot (qoida, xulosa, shakl va h.k.) yaratiladi.