1
O'zbekiston respublikasi agrar siyosatining o'ziga hos hususiyatlari
“Siyosat” termini (grek
tilidan
politika-davlat
va jamiyat ishlari) aholi turli
guruhlari o’rtasidagi munosabatlar sohasidagi faoliyat, shuningdek davlat
ishlaridagi ishtirok, uning faoliyati mazmuni, shakl va vazifalarining
aniqlanishi tushuniladi.
Davlatning iqtisodiy siyosati uning strategik vazifalaridan kelib chiqib
jamiyatda ishlab chiqarish, daromad va ne’matlarni
taqsimlash jarayonlarini
tartiblash uchun davlat tomonidan joriy davr ichida qo’llaniladigan chora-
tadbirlar tizimini ifodalaydi.
Davlatning iqtisodiy siyosati o’z ichiga tashqi iqtisodiy, tarkibiy-
investisiyaviy, institusional, agrar, sanoat, ijtimoiy, narx, moliyaviy, soliq-
byudjet, pul-kredit, hududiy (mintaqaviy) siyosatlarni oladi.
1
Agrar siyosat - iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, u
qishloq xo’jaligi va unga bog’liq xo’jalik sohalarini qamrab oladi, mamlakat
oziq-ovqat xavfsizligini va aholini oziqovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni
yaxshilash, agrar sektor ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish,
qishloqlarni obod etish asosida qishloq aholisining daromadlari va turmush
darajasini yuksaltirish vazifalarining amalga oshirilishini ko’zda tutadi. Uni
davlatning agrar iqtisodiyot doirasida harakatga keltiriladigan jarayonlar shakli
va metodlari ko’rinishidagi faoliyati deb ham tushunish mumkin. Agrar
siyosatni agrar iqtisodiyot sohasida eng ta’sirchan shakl va usullar orqali yuz
beradigan iqtisodiy jarayonlarning o’zaro ta’siri orqali amalga oshuvchi agrar
sektorda xo’jalik-moliyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni
yaratishga
qaratilgan davlatning faoliyati sifatida belgilash mumkin.
Davlatning agrar siyosati qishloq xo’jaligi va hududlarini barqaror
rivojlantirishga qaratilgan davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi
bo’lib hisoblanadi.
Qishloq hududlarining barqaror rivojlanishi deganda ularning barqaror
ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarishning o’sishi, qishloq xo’jaligi samaradorligining oshishi, qishloq
aholisi to’liq bandligiga erishish va turmush darajasining oshishi, yerlardan
oqilona foydalanish tushuniladi.
Agrar siyosat o’zida
qishloq aholisining moddiy, ijtimoiy, huquqiy va
iqtisodiy shartsharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyatini qamrab oladi.
Agrar bozor, investisiya, kredit, moliya, ilmiy texnikaviy va texnologik
faoliyat, soliqlar va soliqqa tortish, ijtimoiy muhit, maqsadli va tarkibiy qayta
shakllanish agrar siyosatning asosiy sohalaridir.
Agrar siyosatning umumiy maqsadi muayyan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy,
hududiy, tarmoq, ekologik maqsadlar bilan tavsiflanadi. Davlat rivojlanishi
bosqichlari va tabiiy-tarixiy sharoitlarga bog’liq ravishda aniq maqsadlar o’zaro
nisbati o’zgaradi.
Davlat agrar siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilar:
•
qishloq
xo’jaligi
mahsulotlari
va
tovar
ishlab
chiqaruvchilar
raqobatbardoshligini oshirish, oziq- ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash;
•
qishloq hududlari barqaror rivojlanishini, qishloq aholisi bandligini ta’minlash,
ularning
turmush darajasini, shuningdek qishloq xo’jaligida band
bo’lganlarning ish haqini oshirish;
•
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun qo’llaniluvchi tabiiy
1
Саидова Д.Н., Рустамова И.Б., Турсунов Ш.А. “Аграр сиёсат ва озик-овкат хавфсизлиги”. Укув кулланма. Т.:
“УзР Фанлар Академияси Асосий кутубхонаси” босмахонаси нашриёти, 2016. - 257 б.
resurslarni takror ishlab chiqarish va asrab-avaylash;
•
qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari daromadliligi oshishini va shu
bozorlar infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlovchi xomashyo, qishloq xo’jaligi
va oziq-ovqat mahsulotlari samarali faoliyat yurituvchi bozorlarini
shakllantirish;
•
qishloq xo’jaligi sohasida investisiyalar hajmini oshirish va qulay investision
muhitni yaratish;
•
qishloq xo’jaligi
mahsulotlari, xomashyo va qishloq xo’jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilari qo’llovchi sanoat mahsulotlariga narx indeksini kuzatish va bu
narxlar indeksi o’zaro nisbatiparitetini ushlab turish.
Davlatning agrar siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
•
qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlaning manzilliligi va hammabopligi;
•
davlat agrar siyosati holati to’g’risida axborotning mavjudligi;
•
qishloq xo’jaligi mahsulotlari, xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlari
bozorining yagonaligi va bu bozorda raqobat teng shartlarining ta’minlanishi;
•
davlat agrar siyosati chora-tadbirlarini amalga oshirishning ketma-ketligi va
uning barqaror rivojlanishi;
•
davlat agrar siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qishloq xo’jaligi
tovar ishlab chiqaruvchilarining ishtiroki.
Davlat agrar siyosatining asosiy yo’nalishlari:
•
oziq-ovqat tovarlari bilan aholini barqaror ta’minlash;
•
qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyo bozorlarini
shakllantirish va tartibga solish, uning infratuzilmasini rivojlantirish;
•
qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat qo’llab-quvvatlashi;
•
ichki va tashqi bozorda qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlarini ishlab
chiqaruvchilar iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish;
•
agrosanoat majmuasi sohasida fanni va innovasion faoliyatni rivojlantirish;
•
qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish;
•
qishloq xo’jaligi uchun mutaxassislarni o’qitish,
tayyorlash va qayta
tayyorlash tizimini takomillashtirish.
Agrar siyosat negizida agrar qonunchilik va agrar tarkib shakllanadi. Agrar
qonunchilik - qishloq xo’jaligida va qishloq aholisi hayoti bilan bog’liq holda
amalga oshayotgan jarayonlarga ta’sir o’tkazuvchi huquqiy me’yorlardir. Yerga
egalik munosabatlari, kredit va soliqqa tortish, mehnat munosabatlari, mulkiy
munosabatlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish,
taqsimlash,
ayirboshlash va iste’moli yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar,
ijtimoiy ta’minot va boshqalar agrar qonunchilikning muhim sohalariga kiradi:
Agrar tarkib - agrar qonunchilikka asoslangan, qishloq xo’jaligi rivojlanishi,
aholining yashash va ishlash sharoiti xususiyatlari hisobga olingan, ishlab
chiqarish omillariga bog’liq agrar sohaning iqtisodiy, texnik va ijtimoiy unsurlari
yig’indisidir. U mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarda ifodalanadi.
Agrar siyosatning negizida agrar bozor yotadi. Agrar bozor agrar siyosatni
ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchi manfaatlariga mos amalga oshirilishiga
yordam qiladi.
Agrar siyosatning asosiy vazifasi - agrar sohadagi jarayon va qarashlarni aks
ettiribgina qolmasdan, balki kishilarning
shu sohadagi qarashlari, jarayonlari va
qonunlari tizimidagi faoliyatini ochib berishdir. Uning vazifalariga quyidagilar
kiradi:
•
mamlakat aholisini iqtisodiy asoslangan baholardagi sifatli oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlash;
•
qishloq xo’jaligining umumiy daromad yaratish sohasidagi ishtirokini
ta’minlash, agrar sektorni rivojlantirish;
•
agrar tashqi savdo siyosatini olib borish, qishloq xo’jaligi infratuzilmasini
yaratish;
•
atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish.
Agrar siyosatning tamoyillarini ko’rib chiqib uning muhim oziq-ovqat,
qishloq xo’jaligi, agrosanoat va tashqi savdo jihatlariga, shuningdek uni
tavsiflovchi ko’rsatkichlariga e’tiborni qaratish lozim:
Dostları ilə paylaş: