1 Mavzu: O’zbekiston Raspublikasi agrar siyosatining mazmuni, maqsadi va asosiy yo’nalishlari. Reja



Yüklə 427,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix20.11.2023
ölçüsü427,65 Kb.
#162120
1   2   3   4   5
Lecture-1

3
 
Agrar siyosatning tarixiy, huquqiy va institutsional asoslari 
Zamonaviy agrar iqtisodiyot mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim o’rin 
tutadi. Uning rivojlanish holati doimiy e’tiborga molikdir. Mustaqillikning 
dastlabki yillarida O’zbekiston qishloq xo’jaligining iqtisodiy inqirozga yuz 
tutganligining bir qator sabablari mavjud edi: 

birinchidan, ko’p yillar davomida yerga nisbatan davlat mulki 
munosabatlari hukmronlik qilgani va kishilarda sosializmga xos 
fikrlashning hukmronlik qilishi iqtisodiy islohotlarni amalga oshishiga 
salbiy ta’sir ko’rsatdi; 

ikkinchidan, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga fan-texnika yutuqlarini 
qo’llash va uni amalga oshirishning qiyinlashib qolganligi; 

uchinchidan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida keragidan ortiqcha 


mehnat resurslarining yig’ilib qolganligi, ularni bo’shatish va boshqa ish 
bilan ta’minlash hukumat oldiga yana bir ulkan muammoni qo’yganligi; 

to’rtinchidan, qishloq xo’jaligi texnikalarining eskiligi va tarmoqda 
mexanizasiyalashtirish darajasining pasayib ketganligi, yangi texnika 
sotib olish va ishlab chiqarishga jalb qilish qimmatligi va ishlab 
chiqaruvchilarda buning uchun kerakli mablag’ning yo’qligi; 

beshinchidan, qishloq xo’jaligi korxonalarini rivojlantirish uchun kerakli 
miqdordagi ssuda va kreditlarning yetishmasligi yoki ularni olishning 
haddan tashqari qiyinligi. 
Agrar siyosatning asosiy vazifasi bu kabi muammolarga imkon qadar tezroq 
barham berish va iqtisodiy islohotlarning samarali amalga oshirilishiga erishishdir. 
Shu maqsadda keyingi yillarda mamlakat agrar tarmog’ini rivojlantirish uchun bir 
qator tadbirlar amalga oshirildi. 
Ular ichida eng muhimlaridan biri mamlakat agrar siyosatining huquqiy 
asoslari yaratildi. 
O’zbekiston agrar siyosatining huquqiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi: 
-
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi; 
-
Yer Kodeksi; 
-
Mehnat Kodeksi; 
-
Fermer xo’jaligi to’g’risidagi qonun; 
-
Dehqon xo’jaligi to’g’risidagi qonun; 
-
Qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaligi) to’g’risidagi qonun; 
-
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish, undagi ishlab chiqarish, moliya, soliq, 
kredit va boshqa munosabatlarni takomillashtirish borasidagi qonunlar, farmonlar, 
qarorlar, me’yoriy hujjatlar va boshqa qonunosti hujjatlari. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida institusional o’zgarishlarni amalga oshirishda, 
avvalambor, amaliy tajribaning yetishmasligi natijasida qator muammolar, 
kamchiliklar hamda nomutanosibliklar mavjud bo’lib, ular bevosita chuqur ilmiy 
tadqiqotlar olib borishni va nazariy jihatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishni 
taqozo qiladi. Shu bois institusional muhitni faollashtirish, faoliyat ko’rsatayotgan 
iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini bilish, uni modernizasiya qilish 
mexanizmlarini tanlash va xavf-xatarning oldini olishning samarali vositasi zarur. 
Rasmiy qoidalar bir kechadayoq siyosiy qarorlar yordamida o’zgartirilishi 
mumkin bo’lgani holda, norasmiy me’yorlar juda sekin o’zgaradi. Norasmiy 
qoidalar asrlar davomida qaror topgan urf-odatlar, hatti- harakatlar me’yorlari, 
milliy mentalitetdan tashkil topgan. Ular vaqti kelib ushbu jamiyat uchun majburiy 
bo’lgan rasmiy qoidalar darajasiga ko’tarilishi yoki ularni qaror topishiga ta’sir 
ko’rsatgan shart-sharoitlarning o’zgarishi natijasida yo’q bo’lib ketishi mumkin. 
Masalan, O’zbekiston qishloq xo’jaligida tarixan mayda oilaviy ishlab chiqarish 
keng tarqalgan va bu ko’nikma hosil etgan shaxsiy tomorqa xo’jaliklarining 
dehqon xo’jaliklariga aylantirilishi. Qonun rasmiy qoidalar sifatida asta- sekin urf-
odat va an’analardan vujudga keladi. Bunga teskari jarayon qonunlar urf-odat va 
an’analarga ta’sir ko’rsatgan chog’da yuz berishi mumkinki, buni ko’proq 
iqtisodiyot sohasida kuzatish mumkin. Ammo yangi qonunlarning bunday ta’siri 
jamiyatda ularga ehtiyoj yetilgan bo’lishini yoki ularni ijtimoiy ongga singdirish 
bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan mafkuraviy ishlarning olib borilishini taqozo 
etadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida institusional o’zgarishlarni amalga oshirishda, 
avvalambor, amaliy tajribaning yetishmasligi natijasida qator muammolar, 


kamchiliklar hamda nomutanosibliklar mavjud bo’lib, ular bevosita chuqur ilmiy 
tadqiqotlar olib borishni va nazariy jihatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishni 
taqozo qiladi. Shu bois institusional muhitni faollashtirish, faoliyat ko’rsatayotgan 
iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini bilish, uni modernizasiya qilish 
mexanizmlarini tanlash va xavf-xatarning oldini olishning samarali vositasi zarur. 
Rasmiy qoidalar bir kechadayoq siyosiy qarorlar yordamida o’zgartirilishi 
mumkin bo’lgani holda, norasmiy me’yorlar juda sekin o’zgaradi. Norasmiy 
qoidalar asrlar davomida qaror topgan urf-odatlar, hatti- harakatlar me’yorlari, 
milliy mentalitetdan tashkil topgan. Ular vaqti kelib ushbu jamiyat uchun majburiy 
bo’lgan rasmiy qoidalar darajasiga ko’tarilishi yoki ularni qaror topishiga ta’sir 
ko’rsatgan shart-sharoitlarning o’zgarishi natijasida yo’q bo’lib ketishi mumkin. 
Masalan, O’zbekiston qishloq xo’jaligida tarixan mayda oilaviy ishlab chiqarish 
keng tarqalgan va bu ko’nikma hosil etgan shaxsiy tomorqa xo’jaliklarining 
dehqon xo’jaliklariga aylantirilishi. Qonun rasmiy qoidalar sifatida asta- sekin urf-
odat va an’analardan vujudga keladi. Bunga teskari jarayon qonunlar urf-odat va 
an’analarga ta’sir ko’rsatgan chog’da yuz berishi mumkinki, buni ko’proq 
iqtisodiyot sohasida kuzatish mumkin. Ammo yangi qonunlarning bunday ta’siri 
jamiyatda ularga ehtiyoj yetilgan bo’lishini yoki ularni ijtimoiy ongga singdirish 
bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan mafkuraviy ishlarning olib borilishini taqozo 
etadi. 
Rasmiy (qonunlar) va norasmiy (urf-odatlar) institutlarning iqtisodiy tizim 
rivojiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatishini tan olish institusional iqtisodiyotning 
asosiy qoidasi hisoblanadi. 
Bozor islohotlarini o’tkazish va samarali bozorning yuzaga kelishiga to’siq 
bo’luvchi omillar juda ko’p, lekin eng asosiysi - institusional o’zgarishlarning 
yetarli darajada emasligidir. Institusional sohadagi o’zgarishlar jamiyatning 
taraqqiyot yo’lini belgilab beradi, iqtisodiyotning samaradorligiga ta’sir etadi. 
Bozor iqtisodiyotida davlatning asosiy vazifasi kuchli raqobatni tashkil etish, 
daromad va resurslarni taqsimlashda davlatning aralashuvi darajasini pasaytirish, 
bozorga kirish va resurslarga egalikdagi tengsizlikni bartaraf etish, hamda 
transaksion xarajatlarni pasaytirishga erishish lozim. Faqat shu yo’l bilan xususiy 
tadbirkorlik va bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga erishish mumkin. 
Institusional o’zgarishlar - texnika taraqqiyoti, mulkchilik munosabatlarining 
o’zgarishi, milliy iqtisodiyotni boshqarishning tashkiliy tuzilishini ya’ni, bozorga 
xos yangi muassasalarni yaratish va rasmiy normalarning qabul qilinishidir. Shu 
nuqtai nazardan, agrar islohotlarning institusional asosi yangi iqtisodiy 
institutlarning-mulk, ishlab chiqarish va boshqarishning iqtisodiy 
-
huquqiy shakllarining, moliyaviy institutlar va bozor infratuzilmasining qaror 
topishi hisoblanadi. 
Tanlangan yo’l asosida O’zbekistonda agrar sohani rivojlantirishning asosiy 
vazifalari belgilab olindi va qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish, sohani barqaror rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Davlat dasturlarida belgilangan 
tadbirlarning ijrosini tashkil etish, ularning o’z muddatlarida va to’laqonli 
bajarilishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv 
xo’jaligi vazirligining Hay’at qarori bilan quyidagi maxsus ishchi guruhlari tashkil 
etildi: 
1.
Tizimdagi korxonalarni modernizasiyalash va mahalliylashtirish, sifat va 
narxlar borasida raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 
kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan ularning barqaror ishlashini 
ta’minlash masalalari bo’yicha; 
2.
Eksport mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni xorijga sotish ko’lamini 


oshirish, import hajmini optimallashtirish masalalari bo’yicha; 
3.
Xorijiy investisiyalarni jalb etish, ulardan maqsadli foydalanish va 
loyihalar monitoringini tashkil etish masalalari bo’yicha; 
4.
Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar 
jarayonida Qoraqalpog’iston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, 
viloyatlar Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmalari hamda tumanlar Qishloq va suv 
xo’jaligi bo’limlari faoliyatini takomillashtirish masalalari bo’yicha; 
5.
Qishloq infratuzilma obyektlari faoliyatini rivojlantirish hamda fermer 
xo’jaliklari Bilan ta’minotchi, xizmat ko’rsatuvchi, tayyorlov idoralari o’rtasida 
shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ustidan monitoring yuritish masalalari 
bo’yicha; 
6.
Suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, suv resurslarini oqilona 
boshqarish va suvdan samarali foydalanish hamda tomchilatib sug’orish tizimini 
tashkil qilish masalalari bo’yicha; 
7.
Paxtachilik, g’allachilik va moyli ekinlar masalalari bo’yicha; 
8.
Sabzavot, poliz, kartoshka, meva va uzum mahsulotlarini yetishtirish, 
qayta ishlash, ichki iste’mol bozorini to’ldirish hamda eksport qilish hajmlarini 
kuchaytirish masalalari bo’yicha; 
9.
O’simliklarni himoya qilish, biolaboratoriyalar va agrokimyo- stansiyalar 
faoliyatini takomillashtirish masalalari bo’yicha; 
10.
Chorvachilik va qorako’lchilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha; 
11.
Parrandachilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha; 
12.
Baliqchilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha; 
13.
Asalarichilikni rivojlantirish masalalari bo’yicha; 
14.
Pillachilik masalalari bo’yicha. 
Mazkur ishchi guruhlariga hududlarda yuqorida qayd etilgan yo’nalishlar 
bo’yicha 
belgilangan 
chora-tadbirlarning 
bajarilishi 
borasida 
amalga 
oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, joylarda aniqlangan xato-kamchiliklarni 
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari rahbarlari bilan birgalikda 
bartaraf etish va muammolarni hal qilish vazifalari yuklatildi. 
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklari hamda tegishli korxona 
va tashkilotlar rahbarlari o’zlaridagi mavjud muammolar hamda ushbu 
yo’nalishlar bo’yicha vazirlik va uning tizim tashkilotlari faoliyatini 
takomillashtirish bo’yicha takliflarini Ishchi guruhlariga taqdim qilishdi. 
Shunga ko’ra, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy 
va istiqboldagi chora- tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi 
oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish 
dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni 
izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. O’zbekiston uchun inqirozni bartaraf 
etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’li sifatida 
quyidagi eng muhim ustuvor yo’nalishlar belgilangan: 
1)
mamlakatimizda qabul qilingan jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining 
oldini olish va bartaraf qilish bo’yicha inqirozga qarshi dasturni amalga 
oshirish, shu asosda iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va 
iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash; 
2)
tarkibiy 
o’zgartirishlarni 
davom 
ettirish 
va 
iqtisodiyotni 
diversifikasiyalash, buni birinchi navbatda, xalqaro sifat standartlariga javob 
beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo’lgan raqobatbardoshli 
mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim 


tarmoqlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash 
yo’li bilan amalga oshirish; 
3)
qishloq turmushi sifatini va qiyofasini tubdan yaxshilashga, qishloq 
joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, 
mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi,o’rni va ahamiyatini 
tubdan qayta ko’rib chiqishga, fermer xo’jaligini rivojlantirishni har tomonlama 
qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan uzoq muddatli, o’zaro chuqur bog’langan 
chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish; 
4)
aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirishning eng 
muhim omili sifatida xizmatlar ko’rsatish sohasi va kichik biznesnijadal 
rivojlantirish; 
5)
mamlakatni modernizasiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng 
muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada 
rivojlantirish; 
6)
banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo’jalik yurituvchi 
subyektlarning bo’sh mablag’larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilishni 
rag’batlantirish. 
O’zbekiston agrar siyosatining huquqiy asoslari yaratilgan, faqat uni to’g’ri 
amalga oshirish muhim, shundagina olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar 
kerakli darajadagi samarani berishi mumkin. 
Mavzu bo'yicha savollar: 
1.
Agrar siyosatning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
2.
Agrar siyosatni amalga oshirishning vosita va mexanizmlari nimalardan iborat? 
3.
Davlatning agrar iqtisodiyotni tartibga solishdagi asosiy vazifalariga izoh 
bering. 
4.
O’zbekiston iqtisodiyotida agrar siyosatning rivojlanish tarixi bosqichlarini 
tavsiflang. 

Yüklə 427,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin