1. Mavzu. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi


Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlari



Yüklə 130,92 Kb.
səhifə4/22
tarix01.01.2022
ölçüsü130,92 Kb.
#50317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1. Mavzu. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi. Pedagogika sha

Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlari.

Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta'lim-tarbiya jarayoninigina qamrab olmay, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o'z ichiga oladi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o'zaro hamkorligi, ular o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi. Milliy modelning o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishda to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'liminining joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o'z navbatida umumiy ta'lim dasturlaridan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi dasturlariga o'tilishiga zamin yaratadi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:

1. Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.

Shaxs uzluksiz ta'lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o'zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o'zida ijtimoiy ta'sirlar yordamida ma'naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. Shaxsda o'zlashtirilgan bilim, faoliyat ko'nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo'1 ish uchun shaxs o'z oldiga muayyan maqsadni qo'ya olishi hamda unga erishish yo'lida tinimsiz izlanishi, o'qib-o'rganishi lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo'lib shakllanadi.

O'z-o'zini anglash tuyg'usiga ega bo'lish, ta'lim sohasidagi xizmatlardan to'laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta o'zlashtirishga erishish shaxsga yetuk mutaxassis bo'la olishi uchun poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o'ziga bog'liqdir. Shu bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan.

«Ta'lim xizmatlarining iste'molchisi sifatida shaxsga davlat ta'limini olish va kasb-hunar tayyorgarligidan o'tish kafolatlanadi. Ta'lim olish jarayonida shaxs davlat ta'lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.

Shaxs ta'lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta'lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat ko'rsatadi va o'z bilimi hamda tajribasini o'rgatishda ishtirok etadi».


Yüklə 130,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin